Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
404
Vale shakllar jilva aylab muhib
Ki, el ko‘ngli topib alardin nahib.
Angachaki bu xayl yaksu bo‘lub,
Ulus bag‘ri ul vahmdin suv bo‘lub.
Bular chun bo‘lub
bartaraf, yona favj
Padidor o‘lub, solibon suvg‘a mavj.
Qolib kemalar yuz ming ofat aro,
Kema ahli bahri maxofat aro.
Yel og‘zig‘a
yuz ming karat jon yetib
Ki, bir bo‘yla oqshomga poyon etib.
Yana chun bihor uzra chiqti quyosh,
Buxor o‘ldi har yon bihor uzra fosh.
Nazardin tengiz anjumi gum bo‘lub,
Itarda ham, andoqki anjum bo‘lub
10
.
Suv tahrikidin goh girdoblar,
Inonig‘a yo‘lning berib toblar.
Ne girdobkim, jarf chohi amiq,
Quyosh Yusufin aylagudek g‘ariq
11
.
Ajab keldi chahg‘a havoli suvdin,
Suvda choh kim ko‘rdi xoli suvdin.
Musofirg‘a ne hol bo‘lg‘ay taboh
Ki, yo‘lida har yon bu nav’ o‘lsa chohg‘
Falak gunbazig‘aki kelmish nigun,
Suv har yon manore yasab bozgun.
Kema davrasig‘a
berib imtidod,
Aningdekki tol bargiga girdbod
12
.
Biridin qutulmoqqa chun xos o‘lub,
Yana bir samoig‘a raqqos o‘lub.
Gahekim bo‘lub raf’ sargashtalik,
Hamul davradin baxt bargashtalik.
Esib sarsaru bahr o‘lub mavjxez,
Falak birla suv mavji aylab sitez.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: