Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
408
Ki, olamg‘a tushsa biri nogahon,
Nazorasidin o‘lgay ahli jahon.
Bolig‘larki bo‘lg‘onda junbushnamoy,
O‘ta olmag‘ay sur’at etsa bir oy.
Vale ko‘p nahang o‘ylakim bo‘yla hut,
Muqarrar anga iki har kungi qut.
Yurub
egri xarchang loyiq munga,
Shinovar kashaf ham muvofiq munga.
Skandarg‘a nekim tamanno bo‘lub,
Yuz oncha g‘aroyib tamosho bo‘lub.
Bo‘lub bar ila bahrning shohi ul,
Nubuvvat ramuzining ogohi ul.
Yetib chun bu iqboli jovid anga,
Nimakim emas erdi ummid anga.
Berib xaylig‘a mujdae ul holdin,
Bo‘lub borcha muqbil ul iqboldin.
Bilib
xalq shohi muzaffar ani,
Hakimu valiyu payambar ani.
Haroson kelib, yonibon shodmon,
Kema sayridin tinmayin bir zamon.
Kema sur’ati ul sifat tez edi
Ki, janbida gardun garonxez edi.
Xirom ichra andoq bo‘lub
poyasi
Ki, hampoylig‘din qolib soyasi.
Iki yilchiliq yo‘lni bir yil surub,
Qo‘yub borg‘on elga o‘zin yetkurub.
Yetib chun elig‘a shahi arjumand,
Bo‘lub vasli birla bori bahramand.
Tutub
bir kun ul manzil ichra maqom,
Yana kun yururga qilib ehtimom.
Anga tegrukim aylabon suvni tay,
Saodat bila qo‘ydi sohilg‘a pay.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: