Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
423
Qaro ostig‘a qolibon dashtu ko‘h. 
Qo‘yub shah na’shin bo‘yunlarg‘a xayl, 
Qilib har qadam yo‘lda jonlar tufayl. 
Chu fahm etti ul ishni ismatpanoh, 
Ichi barqidin chekti bir o‘tluq oh. 
Aso tutti, dog‘i belin bog‘ladi, 
Tushub yo‘lga gardun ichin dog‘ladi. 
Sitamdidalardek qadam olibon, 
Uyotdin falak bosh quyi solibon. 
Alarkim ko‘rub ul qaro kun anga, 
Bori navha aylab, chekib un anga. 
Yiroqtin ko‘rub o‘g‘li tobutini, 
Uzub charx aning umrining qutini. 
Falakdin ko‘rub xalq ul nav’ rev, 
Malak zumrasi ichra solib g‘irev. 
Chu tobutqa yetti tojur-rijol, 
Dedi un chekib zoru oshuftahol 
Ki: «Xush kelding, ey mehmoni aziz 
Ki, qurboning ushbu qarig‘on kaniz! 
Sanga loyiq ermas edi bu saroy 
Ki, bo‘ldung qo‘yub bizni, g‘urbatgaroy. 
Ne loyiqki qilg‘ay makon nuri pok, 
Bu dayr ichrakim aslidur tiyra xok. 
Munavvar qilib ravza bo‘stonini, 
Yoruttung maloyik shabistonini. 
Xirad ollidakim muhosibdurur, 
Bu ish xud bu yanglig‘ munosibdurur. 
Sanga gar bu suratda erdi surur, 
Sururungg‘a bizdin rizodur zarur. 
Manga lek zulm o‘ldi aflokdin, 
Sari’anjumu dahri bebokdin 
Ki, azm etmadim yo‘lg‘a sendin burun, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
424
Yasarg‘a sanga jannat ichra o‘run
7

Ajab la’b ko‘rguzdi af’oli charx 
Ki, xurshid uyoqti, qolib zoli charx
8

Bu kunni agar qilsam erdi xayol, 
Meni ul dam o‘lturgay erdi malol. 
Bu ish tushta gar jilva qilg‘ay edi, 
Hamul lahza zahram yorilg‘ay edi. 
Qazodin bu ish keldi chun jonima, 
Bu seli balo jismi vayronima. 
Bu shiddat aro ham yo‘q erdi g‘amim, 
Agar bo‘lsa erdi ayon motamim. 
O‘kursam edi oq sochimni yoyib, 
Kelib goh o‘zumga, gahi sustoyib. 
Yuzumdin o‘yub toza pargolalar, 
Ochib za’faronzor aro lolalar. 
Yaqo chokiga dast topsam edi, 
Qaro kiz osib tanni yopsam edi, 
Chekib nola ul nav’kim nafxi sur, 
Falak javfig‘a solsam erdi futur. 
Berib na’shing ollinda joni zaif, 
Solib jisming ustiga jismi nahif. 
Falak zulmidin xoli aylab ko‘ngul, 
Ano borsa erdi nechukkim o‘g‘ul. 
Va lekin budur dardi joni manga, 
g‘amu mehnati jovidoni manga 
Ki, motam tutub shayn yeta olmadim, 
Berib jon, so‘ngungcha yeta olmadim 
Ki, sendin burun yetti nomang manga, 
Raqam aylagan naqshi xomang manga. 
Ne ishlarki aylab eding iltimos, 
Zarur erdi tutmoq hadisingni pos. 
Uqubat agar torttim beadad, 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin