Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
426
Firoq ichra bizni bu motamkada.
Navoiy, jahondin vafo istama,
Tutub benavolig‘, navo istama!
Birovga
jahondin yetishmas ano
Kim, ul tutsa oyini faqru fano.
LXXXI
Yeti hakimning Iskandar onasig‘a azo tekurgali kelmaklari va har birining duo va sano gulruxlarig‘a
o‘zga iborat debolari libosi kiydurub jilva bergoni va tahsin va ofarin mahvashlarig‘a o‘zga alfoz
gavharlari zevarin toqqoni va ul dog‘i yeti falak qoshida dahr zolidek o‘zni past tutb, alarg‘a ma’zirat
oshkor qilg‘oni
Bu motamsaroy
1
ichragi navhagar,
Teshar
elga bu navha birla jigar
Ki, Iskandar etti chu qat’i hayot,
Anosig‘a bo‘ldi qaro koinot.
Nechukkim vasiyat yozib erdi shoh,
Amal qildi Bonuyi iffatpanoh
2
.
Ishe qildikim, hargiz ul nav’ ish,
Jahon ahlidin hech kim qilmamish.
Bo‘lub
voqif ul ishdin ahli yaqin,
Qilib har biri yuz tuman ofarin.
Bori keldilar motamin so‘rg‘ali,
Nihoyatdin afzun g‘amin so‘rg‘ali.
Hamul shohi mag‘furning madfani,
Bo‘lub erdi tun-kun aning maskani.
Chu Bonuyi dahr o‘ldi dono anga
Ki, yuz qo‘ydi ul yeti daryo anga.
Hamul qavm ihzorig‘a berdi bor,
Qilib yumni maqdamlarin e’tibor
3
.
Yeti bahr bo‘lg‘och
ayon nogahon,
Falakdek taharrukka tushti jahon.
Ayog‘ uzra hurmatlarig‘a turub,
Borin bir-bir o‘lturtubu o‘lturub.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: