Jigar kasalligi sabablari



Yüklə 16,28 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü16,28 Kb.
#132022

Jigar kasalligi sabablari
Jigar hujayralariga zarar yetishiga quyidagi omillar olib kelishi mumkin:

  • Lipid almashinuvi buzilishi. Natijada jigar hujayralarida yog’ to’planib qoladi. Buning oqibatida birinchi navbatda steatoz, so’ngra steatogepatit rivojlanadi;

  • Alkogol. Alkogol va uning qayta ishlangan mahsulotlari (atsetaldegid) jigar hujayralariga zarar yetkazadi. Alkogolli ichimliklarga nisbatan sezuvchanlik genetika va boshqa omillarning kombinatsiyasiga bog’liq. Kuniga 30 grammdan ortiq etanol iste’mol qilishda jigarning shikastlanish xavfi bir necha barobarga ortadi. Kuniga 120-160 gramm dozada etanol jigar uchun mutlaqo zaharli hisoblanadi;

  • Zaharlanish. Kimyoviy moddalarning jigar hujayralari faoliyatini buza olish qobiliyati gepatotoksiklik deb ataladi. Bularga dori-darmonlar, sanoat kimyoviy moddalari, zamburug’ va bakteriya zaharlari kiradi;

  • Viruslar. Gepatit A, B, C, D, E viruslari farqlanadi, ulardan eng keng tarqalgani — gepatit B va C viruslari sanaladi. Zararlanish jinsiy aloqa, in’yektsiya, tibbiy muolajalar paytida va onadan bolaga yuqadi. Kasallik o’zini hech qanday namoyon qilmasligi mumkin, shu bilan birga odam infektsiya manbai bo’lib qoladi.

E’tibor bering
JSST ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda 257 million kishi gepatit B bilan, 71 million odam gepatit C bilan yashaydi. Virusli gepatit siroz va jigar saratoni rivojlanishining asosiy sababchisi sanaladi.

  • Xoletsistit, pankreatit, o’t-tosh kasalligi natijasida safro dimlanishi va o’t yo’llarining yallig’lanishi;

  • Jigarning qon ta’minoti izdan chiqishi. Bu yurak va qon tomirlari kasalliklarida qonning dimlanishi, qon tomirlarning o’smalar tomonidan qisib qo’yilishi va boshqalar bo’lishi mumkin;

  • Atrofdagi to’qimalarni siqib qo’yadigan va ularning oziqlanishini buzadigan o’smalar;

  • Jigar hujayralariga qaratilgan immun reaktsiyalar, shuningdek biriktiruvchi to’qimaning tizimli kasalliklari.

Yüklə 16,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin