Shifokor konsultatsiyasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/5
tarix23.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#62144
  1   2   3   4   5

Mavzu:Jigar serozi
Jigar sirrozi – bu a’zoda gepatotsitlar, ya’ni jigar hujayralarining o‘rniga biriktiruvchi to‘qima paydo bo‘lishi tufayli uning chandiqlanishi va natijada organizmdagi barcha a’zolar faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadigan xastalikdir.
Shifokor konsultatsiyasi

  • Gepatolog konsultatsiyasi

Diagnostika

  • Jigarni ultratovish (UZI) tekshiruvi

  • Jigar tomirlarining dopplerografiya tekshiruvi


Jigar sirrozi haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lish uchun avvalo bu a’zoning vazifalari haqida bilish zarur. Bu nozik a’zo organizmning markaziy biokimyoviy laboratoriyasi bo‘lib, u qonni tozalovchi filtr vazifasini bajaradi. U organizmda kechadigan barcha moddalar almashinuvlarida faol ishtirok etadi. Bu a’zoning diffuz (tarqoq) jarohatlanishlaridan biri jigar sirrozi kasalligi hisoblanadi.
Jigar sirrozi sabablari
Jigar sirrozi dunyo bo‘yicha erkaklarda ko‘proq uchrayotgan kasallik bo‘lib, u turli sabablar natijasida rivojlanishi mumkin.
Ushbu og‘ir xastalikning rivojlanishida asosiy omillardan biri sifatida gemokontakt yo‘l bilan (qon orqali) yuqadigan B, C va D virusli gepatitlarni ko‘rsatish zarur. Jigar sirrozi surunkali B, C va D virusli gepatitlarning oxirgi bosqichi sifatida rivojlanadi. Shuning uchun bugungi kungacha virus tabiatli gepatitlar yer yuzida keng tarqalganligi, surunkali kechishga moyilligi va jigar sirrozi hamda uning saratoni kabi asoratlar bilan yakunlanishi mumkinligi bois ular jahon tibbiyotining muhim muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bemor virusli gepatit bilan og‘rigan holda spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi ham ushbu kasallik sabablaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari zaharli kimyoviy moddalar bilan uzoq yillar davomida zaharlanish, gepatotoksik ya’ni, jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan dori moddalar ta’sirida jigarning zararlanishi, organizmdagi immunologik o‘zgarishlar bilan kechadigan autoimmun gepatit, moddalar almashinuvining buzilishi, steatoz (gepatoz – jigarning yog‘ qoplashi) va jigarga salbiy ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham sirroz rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi natijasida kuzatiladigan jigar sirrozlari ham mavjud. Yana ushbu kasallik kelib chiqishida (kam miqdorda) irsiy moyillik borligi ham ilmiy adabiyotlarda bayon etilgan.
Kasallikka sabab bo‘lgan omillar aniqlanmagan jigar sirrozlari «kriptogen» ya’ni, «sababi noma’lum jigar sirrozlari» deb yuritiladi. Kasallikning rivojlanish mexanizmini quyidagicha tushuntirish mumkin: jigar hujayralari zararlanganda ularning o‘rniga yangilari hosil bo‘ladi. Zararlangan hujayra qayta tiklana olmasa yoki uning o‘rniga yangi hujayralar hosil bo‘lmasa, shu a’zo o‘zidagi jarohatni boshqa sog‘lom hujayralarga tarqalmasligi ya’ni, shu kasal hujayrani boshqa sog‘lom hujayralardan ajratib qo‘yish uchun kollagen tolalar ishlab chiqaradi. Hujayra nobud bo‘lgan bo‘lsa, uning o‘rnini ham kollagen tolalar bilan to‘ldiradi. Bu organizmning o‘zini-o‘zi himoya qilish reaksiyasidir. Lekin bu tolalar vaqt o‘tib borishi bilan sekin-asta biriktiruvchi to‘qimalarga ya’ni, chandiqqa aylana boradi. Chandiqlar qanchalik ko‘p joyni egallasa, mazkur a’zo o‘z vazifalarini bajarishda shunchalik qiynaladi.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin