Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
441
Qayu shahki yo‘q adl ila dod anga
Ulus birla mulk o‘lmas obod anga. 
Chu shah zulm sori uzotti ilik, 
Ochildi uluq zulm uyiga eshik. 
Aning zulmi kishvarg‘a oncha emas 
Ki, zolim ne zulm aylasa, so‘z demas. 
Agar shahg‘a ish lutfu gar kin erur
Eliga hamul sheva oyin erur. 
Qachon javq-javq o‘lsa, avbosh mast, 
Tushar taqvo ahlig‘a ko‘p-ko‘p shikast. 
Chu yoshlarg‘a bog‘lansa maktab yo‘li, 
Bo‘lur gum ulug‘larg‘a mazhab yo‘li. 
Xalal yo‘l topar to‘g‘ri oying‘a ham, 
Tushar raxna islom ila ding‘a ham. 
Kerak shah adolat shior aylagay 
Ki, zulm ahlini xoksor aylagay. 
Xaloyiq topib adlidin intizom, 
Ishi iki dunyoda bo‘lg‘ay tamom». 
Yana Hurmus etti navosozliq
Bu nav’ ayladi nuktapardozliq 
Ki: «Shahg‘a saxovat erur noguzir, 
Bo‘lurg‘a ishi xalq aro dilpazir. 
Saxo ul emasturki, har bulhavas
Mubohot uchun sarf etar siymu bas. 
Ajab yo‘qki yormoq sochar bexirad, 
Kumush banddin ram qilur domu dad. 
Tilab, dog‘i bergan saxovat emas, 
Saxo ahli oni saxovat demas. 
Chu metin uzotib tilin un solur, 
Qatiq xoradin la’lu yoqut olur. 
Saxo uldururkim, shahi nomvar 
Basirat ko‘zi birla aylab nazar. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
442
Berur avval arzoqi xaylu sipoh 
Ki, qolmas anga da’voyi vomxoh. 
Chu daf’ etti muzdurning vomini, 
Qiyor ozu ko‘p elga in’omini. 
Berur luqma angakim, och erur, 
Olur ko‘nglin oningki – muhtoj erur. 
Mubohot ila o‘zin etmas aziz
Agar yuz tuman bersa, gar bir pashiz. 
Ne sarf aylar o‘lsang, bu nav’ ayla sarf 
Ki, bu sarf erur asramoqtin shigarf». 
Skandar so‘zidurki: «Har qaysi shoh 
Ki, bir mulk anga ro‘zi etgay Iloh, 
Agar fikri bo‘lsa jahongirlik, 
Jahon fathida pok tadbirlik. 
Yurush fikri bo‘lsa kerak anga ish 
Ki, bir mulk aro bo‘lmasa iki qish. 
Birovkim, jahondin kerak kom anga 
Yemas yaxshi bir yerda orom anga. 
Cherik chekmak archi ko‘runur irik, 
Iriklik emas raf’ chekmay cherik. 
Shahekim iriklikka ermas daler, 
Ishi nusrat o‘lmas aningdekki sher. 
Tuzuk istagan tobe’u xaylini, 
Siyosatqa tuz aylasun maylini. 
Agar tuzsa ovin saranjom ila, 
Urushda yasolin tuzar kom ila
6

Vale shah kerak bo‘lmasa bulhavas, 
Ishi bo‘lsa shahlig‘ xayoliyu bas». 
Skandar bila yeti andoq hakim 
Ki, vasf etsa ul elni tab’i salim. 
Demak yeti kavkab
7
erur nurluq, 
Va yo charxi a’zam bag‘oyat uluq. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin