LXXXVIII
Hokimsuratu darveshsiyrat, balki Darvesh ismi hukumat qism, ya’ni axaviy maobi davlat iyobqa
mavoizoso kalom va nasoyihi molokalom demak
Ayo gavharim konining gavhari,
Munir axtarim burjining axtari
1
.
Necha avji hashmat uza fosh sen,
Manga nisbat ichra qarindoshsen.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
447
Bu besh ganjdinkim ushottim tilism,
Necha gavhar aylay sanga dog‘i qism.
Manga chun nasib o‘ldi mayxonae,
Sumur sen dog‘i necha paymonae.
Hamul gavharim bordurur necha pand,
Bu paymona ham nuktai sudmand.
Eshitmakda qilma jadal zinhor,
Aning birla qilg‘il amal zinhor.
Seni qildi chun Xoliqi Korsoz,
O‘z abnoyi jinsing aro sarfaroz.
Bu shukronag‘a qil sarafkandalik,
Buyurg‘on kibi Tengriga bandalik.
Nekim amr etibdur rizo birla ko‘r,
Agar bilmasang bilguchi topu so‘r.
Chu bo‘ldung saromad Haq ehsonidin,
Bo‘yun to‘lg‘ama amru farmonidin
Ki, Haq bo‘lsa Vahhobu g‘affor ham,
Erur lek Jabboru Qahhor ham.
Chu qildi seni bas uluq rutbalik,
Uluq amrin oning chu tutsang kichik,
Agar g‘ayratu qahri tutsa vujud,
Xayol etki, ul dam nadomat ne sudg‘
Tutay der esang Tengri amrin qavi,
Bo‘l oxir nabi shar’ining payravi.
Erur jodai shar’ bir shohroh
Ki, ozmoqtin ul yo‘lda asrar Iloh.
Desang ozmayin chiqma ul jodadin,
Yurub kom top baxti ozodadin.
Xudou rasul amri topqach kamol,
Valine’mat amrig‘a qil ishtig‘ol.
Ne hukm aylasa qilmog‘in farz bil,
Agar shubhae bor esa arz qil.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
448
Vale arzida asra sharti adab
Ki, tarki adab bahra berur taab.
Manga so‘z yozardek anga yozmag‘il,
Nishoting binosi tubin qozmag‘il
Ki, Haq garchi qisming tarab aylamish,
Bu johingg‘a oni sabab aylamish.
Sabab qilmasa shoh lutfin Xudo,
Menu sen kim erduk – bir-iki gado.
Shah ar lutf qilsa inoyat chog‘i,
Vale aylay olur uqubat dog‘i.
Kerak shohdin elga xavfu rajo,
Tinor bu ikini keturgan bajo.
Rioyat chu qulluqqa qilding tamom,
Raiyat ishiga ham et ehtimom.
Adolat bila elni qil bahramand
Ki, yaxshig‘a ketsun yomondin gazand.
Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l,
Navoiy yomon bo‘lsa sen yaxshi bo‘l.
Sanga berdi Haq oncha lutfi mizoj
Ki, ermas bu so‘zlar demak ehtiyoj.
Vale har dam o‘lsa bayoni aning,
Bilurmenki, yo‘qtur ziyoni aning.
Chu davrong‘a yo‘qtur baqou sabot,
Ham andin erur bevaforoq hayot.
Men ar bo‘lsamu bo‘lmasam oshkor,
Bu so‘zlarni qo‘ydum sanga yodgor.
Kerak bo‘lsa bori shioring sening
Ki, kavnayn aro Tengri yoring sening.
LXXXIX
Bu maodin javohirin ehtimom bila nazm silkiga tortmoqning taqriri va bu maxozin tilismotini istehkom
bila itmomg‘a yetkurmakning tahriri va ham javohir piri daryozamir ravshan ko‘ngliga yer tutqonning
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |