www.ziyouz.com
kutubxonasi
449
bayoni va ham maxozin shuaroyi she’riy sarir muqaddasa arvohig‘a qabul tushganning tibyoni va
alardin bu zaifning podshohi islom duosi iltimosi va bu niyozmand iltimosi mujibibila alarning duosi
Manga davlat ilgi bo‘lub rahnamun,
Chu bu panjag‘a qildi zo‘r ozmun.
Dema panja oni, qatiq xora de,
Dema xora, po‘lodi yakpora de!
1
Solib panjakim, bo‘lg‘ali zo‘rsanj,
Topib panja ul panjada tobu ranj.
Chu zo‘r ortuq aylab tarozusidin,
Chiqib yo‘qki oranj bozusidin
2
.
Ne panja erur, «Xamsa»i ganjsanj
Ki, dono qo‘yubtur otin «Panj ganj»
3
.
Qayu «Xamsa»kim, maxzani durri nob,
Qayu panjakim, panjai oftob
Ki, har kim anga ko‘rguzub zo‘rdast,
Chu zo‘r aylabon, ilgi topib shikast.
Meningkim qo‘lum erdi behad zaif,
Emas erdi ul panja birla harif.
Solib panjavarliq zamirimg‘a sho‘r,
Ne ilgimda quvvat, ne panjamda zo‘r,
Desam tark etay, qo‘ymayin himmatim,
Desam zo‘r etay, yetmayin quvvatim.
Chu panjamg‘a hasrat bila boqibon,
Bu panjamg‘a ul panjani qoqibon.
Bu andisha mendin olib aqlu hush
Ki, nogah nido qildi farrux surush
Ki: «Yey g‘arqai bahri ajzu niyoz,
Bo‘la olmag‘on dardinga chorasoz!
Yetishgil qo‘pub pir
4
dargohig‘a,
Tavajjuh qilib joni ogohig‘a.
Aning botinidin tila yorliq,
Biyik himmatidin madadkorliq
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
450
Ki, har quflkim fathidur nopadid,
Anga bor eranlar duosi kalid»
5
.
Yeshitgach bu so‘z, boshtin aylab qadam,
Kishi, o‘ylakim qilsa azmi haram
6
.
Chu ul oston ma’man o‘ldi manga,
Bihishti barin maskan o‘ldi manga.
Qayu oston tavfgohi falak,
Qayu tavfgah, sajdagohi malak.
Ko‘zum ochib ul oston tufrog‘i,
Ko‘zum ham yorub, balki ko‘nglum dog‘i.
Tavajjuhg‘a chun xotirim qildi mayl,
Yeta boshladi fayz, andoqki sel.
Ne haddim eshikka urarg‘a ilik,
Ilik mayl qilmay ochildi eshik.
«Niyoz ahli kirsun!» debon chiqti roz,
Bu roz anglag‘ach kirdim aylab niyoz
7
.
Ne xilvat, namudori charxi barin,
Ne xilvatnishin, balki Ruhul-amin.
Ani aylabon ravshan anvori quds,
Munung nutqidin ravshan asrori quds.
Ul ul nav’kim fayz topqon ko‘ngul,
Bu ul nav’ maskan aro aqli kul.
Chu men bo‘ldum andoq haram mahrami,
Haram yo‘qki, nuru safo olami
8
.
Quyosh nurida mahv o‘lub zarravor,
Ko‘ngulni qila olmayin ustuvor.
O‘zum o‘zlugum mehnatidin orib,
Borib o‘zlugu men o‘zumdin borib.
Qila olmayin arz-holimni ham,
Xayol aylay olmay xayolimni ham.
Bu yanglig‘ meni aylabon gungu lol,
Ayon ayladi Isooso maqol.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: |