Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
455
O‘zung tinmayin xalq g‘avg‘osidin, 
Qulog‘ing xaloyiq alolosidin. 
Bu mehnatlar ichra chekib so‘zga til, 
Zamondin kamo besh o‘tub iki yil. 
Chekib xoma bu noma itmomig‘a, 
Yeturgaysen og‘ozin anjomig‘a 
Ki, aqli muhosib shitob aylasa
Deyilgan zamonin hisob aylasa. 
Yig‘ishtursa bo‘lmas bori olti oy 
Ki, bo‘ldung bu ra’nog‘a suratnamoy
14

Tuzaldi bu nazming base sarsari, 
Yana turki alfoz anga bir sari 
Ki, har nechakim diqqati bordur, 
Talaffuz aro laknati bordur. 
So‘zungniki yaxshi ko‘rarsen o‘zung, 
Ko‘runmas yomon, chun erur o‘z so‘zung. 
Qoshingda sening garchi ko‘p vazni bor, 
Chu bor o‘z so‘zung, yo‘q anga e’tibor 
Ki, so‘z zodai tab’u farzand erur
Chu farzand erur, jong‘a payvand erur, 
Necha zodai tab’ erur nopisand, 
Kishining o‘z ollida bor arjumand. 
Necha bum farzandi manhusdur, 
O‘z ollida xushjilva tovusdur. 
Kanab shoxi yo‘q garchi xoshokcha
Qalandarg‘adur sarvi cholokcha
15

So‘zungkim, sanga keldi holo pisand, 
Pisand erkin el ichra yo nopisand. 
Ne bo‘lg‘ay ko‘rub piri koshif
16
meni, 
Bu ahvoldin qilsa voqif menig‘ 
Burun aytqonlar dog‘i bu kitob 
Ki, chekmish ajal yuzlariga niqob 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
456
Ki, jannat riyozida har birga ruh, 
Umid ulki, har lahza topqay futuh. 
Alar ruhig‘a to ne surat ekin
Safo ravhimu yo kudurat eking‘ 
Bu ishtin dog‘i piri ravshanzamir
17

Meni barxabar qilsa, o‘zni xabir. 
Urub gom mundoq xayolot ila, 
Dimog‘imda savdo maholot ila. 
Ki, yettim angakim erur maqsadim 
Ki, har dam demakka otin yo‘q hadim. 
Niyoz aylayu ostonin o‘pub, 
Biyik suddai charxshonin o‘pub, 
Chekib «Xamsa»ni juzvdondin ravon, 
Qo‘yub xizmatida meni notavon. 
Necha ganjkim oshkor aylabon, 
Ayog‘ig‘a borin nisor aylabon. 
Safinam chu azm etti daryo sari, 
Uzatti kafin bah rul ajzo sari
18

Nazar soldi ochib varaq-barvaraq, 
Bo‘lub multafit, chun ochib har varaq. 
Qayu so‘zdakim bir savol aylabon, 
Javobin degach, zavqu hol aylabon. 
Qilib goh tahsinu gohi duo 
Ki, yuzdin biri yo‘q manga muddao. 
Etib har so‘zidin kushode manga, 
Bo‘lub hosil andin murode manga. 
Musalsal kalomimdin og‘zida so‘z, 
Men ollinda yerga tikib iki ko‘z. 
So‘zum ochibon bo‘stondek engin, 
Qilib lutf, egnimga soldi yengin. 
Qayu yengki, gardung‘a solsa ani, 
Muhaddab yuzin aylagay munhani
19



Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin