Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
460
Chu bo‘ldi manga hukmi birla nishast,
Niyoz etti jismimni tufroqqa past.
Talattuf
bila Shayxi oliy maqom,
Mening sori bunyod qildi kalom.
Burun so‘rdi holimni shafqat bila,
Yer o‘ptum javobida hurmat bila.
Yana dedi: «K-ey olam ahlida fard,
Falak tab’inga kelmayin hamnavard.
Sipehr
aylab el ichra nodir seni,
Jahon nazmi tavrida qodir seni.
G‘azal tavrida chunki qilding xirom,
So‘z ahlig‘a so‘z derni qilding harom.
Tutub erdi nazming jahon kishvarin,
Jahon kishvarin yo‘qki, jon kishvarin.
Bu dam masnaviyg‘akim aylab shitob,
To‘kaboshlading xomadin durri nob.
Ajab ish
bu ishda sanga berdi dast
Ki, el nazmig‘a berdi nazming shikast
Ki, qilding so‘z ichra tatabbu’ manga,
Ne istarda etting tazarru’ manga
Ki, men «Xamsa»da
aylab erdim vaid
Ki: «Har kimki, ayturg‘a tutsa umid,
Qilay tig‘i burron so‘zum dosidin,
Uray boshin ul tig‘ olmosidin».
Ko‘p el ochti da’vog‘a so‘z boshini,
Bu da’vo aro qo‘ydi o‘z boshini.
Chu ko‘rguzdi farzand Xusrav niyoz,
Niyozi bila topti ul ganji roz.
Yana bir, iki, uch gadolig‘ bila,
Nasib oldilar benavolig‘ bila.
Magar senki bu yo‘lg‘a qo‘yg‘och qadam,
Vujudung xayolini qilding adam.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: