Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
458
Eshitgach bu so‘z, jismima tushti tob,
Sarosima ko‘nglumga ham iztirob.
Qo‘lub uzr, quchtum yana ustuvor,
Qadam qo‘ydum ul sori mushtoqvor.
Borurda Hasan aytib otin manga,
Qilib har
birin boshqa talqin manga
Ki, uch kimsadur sadri majlisnishin,
Qilib sharh bir-bir alarning ishin.
Ki: «O‘rtodag‘i piri farruxjamol
Ki, vasfida keldi xirad nutqi lol,
Erur
hazrati Shayx
24
, ogoh bo‘l!
Niyoz aylabon xoki dargoh bo‘l.
O‘ng ilgi sori anga payravdurur,
Jahon ofati – Mir Xusravdurur.
Yana bir yon ustodu piring
25
sening,
Raqamxoni lavhi zamiring sening
Ki,
bu xayl erur jismu ul jonlari,
Agar jon bular bo‘lsa, jononlari.
Yana iki yondin bu qavm-o‘qdurur,
Kishi yo‘qki, bu bazm aro yo‘qdurur.
Ko‘rushgil bori birla, hurmat bila,
Daler o‘lmag‘il so‘zda – jur’at bila».
Qabul aylabon men,
nekim aytib ul
Ki, qat’ o‘ldi ko‘prak bu majma’g‘a yo‘l.
Dog‘i yuz qaricha masofat qolib
Kim, ul bazm eli qo‘ptilar qo‘zg‘olib.
Manga o‘tru kelmakka aylab sitez,
Solib men alar sori gomimni tez.
Debon bir-bir ul xayl otin rahbarim
26
,
Ko‘rushmakka dog‘i bo‘lub yovarim.
Chu Sa’diyu, Firdavsiyu, Unsuriy,
Sanoiyu, Xoqoniyu, Anvariy
27
.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: