Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
461
Nechakim kelib rif’ating tog‘cha, 
Vale kelmay ollingda tufrog‘cha. 
Niyoz ashkidin lavhi xotirni yub, 
Fano harfin ul safha uzra yo‘yub. 
Topib pir farzona Jomiy kibi
Mumiddu muovin Nizomiy kibi. 
Sunub poklik birla bu ishga qo‘l, 
Ochib poklar ruhi ollingda yo‘l. 
Sahar vaqti harfe savod etmayin 
Ki, ruhum duo birla shod etmayin, 
Farah topmayin ma’niyi xos ila 
Ki, yod etmayin bizni ixlos ila. 
Ne menkim, bori nazm ahlini pok
Duo birla har subh etib zavqnok. 
Niyozing chu bu nav’ o‘lub beadad, 
Sanga biz ham aylab adadsiz madad. 
Yo‘q ersa erur asru savdoi xom, 
Iki yilda bir «Xamsa» qilmoq tamom, 
Qayu «Xamsa», besh gavhar omuda ganj, 
Tasarruf jafosidin osuda ganj
29

Duru la’l anga barcha ko‘zdin nuhuft, 
Ne durrida rishta, ne la’lida suft. 
Ne durkim berib Haq Taborak sanga, 
Umid ulki, bo‘lg‘ay muborak sanga. 
Kishi sen kibi ishga qilsa shuru’, 
Ajab yo‘q evaz bo‘yla topsa vuqu’. 
Vale muncha ganji maoniy sanga 
Ki, Haq ro‘zi etti nihoniy sanga. 
Qayu erdakim ayni binishdurur
Sababni bilurkim, iki ishdurur. 
Biri ulki tuttung tariqi niyoz, 
Qabul ayladilar seni ahli roz. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
462
Ishingga qilib sa’y rag‘bat bila, 
Madad qildilar borcha himmat bila. 
Yana ulki fazl ahli harne qilur
Urar lofu ishni murabbiy qilur. 
Erur gar murabbiy emas kordon, 
Muattal xiradmandi bisyordon. 
Hunarparvar – ishni buyurg‘uchidur. 
Hunarvar vale lof urg‘uchidur. 
Chu shohing sening erdi sohib kamol, 
Yana ollida qadrsiz mulku mol. 
Angakim bu iki ish o‘ldi nasib, 
g‘arib ish zamonida ermas g‘arib. 
Shahekim ulus chorasozidurur, 
Ulus fozili Shohi g‘oziydurur 
Ki, Tengri fuzun aylasun davlatin, 
Yeti charxdin ham biyik rif’atin 
Ki, keldi zamonida sendek kishi 
Ki, ermas ishing odamizod ishi». 
Chu so‘z yetti bu yerga, men beharos, 
Qo‘pub ayladim bir duo iltimos 
Ki: «Chun dedingiz shahg‘a hamdu sano
Duoe qiling davlatig‘a yano». 
Dedi Mir Xusravg‘a donoyi roz 
Ki: «Sen Shohi g‘oziyg‘asen madhsoz. 
So‘zungdin base bayt yodidadur, 
Asarlar muborak nihodidadur. 
So‘zungdin chu ko‘ngliga yetgay asar, 
Damingdin duo dog‘i etgay asar. 
Duo aylakim, fazlu donish eli 
Ham «omin» desun, biz ham «omin» deli». 
Boqib dedi fazl ahlig‘a piri roh: 
«Ki, siz shoir, ul dog‘i xush tab’ shoh. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin