Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an’anasi mavjud



Yüklə 83,79 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü83,79 Kb.
#109846
adabiyot 9 uzb








Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an’anasi mavjud. “Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy bosh- lab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida yaratmagan. Nizomiy 1173—1179- yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazi- nasi”) nomli pandnoma yozadi. 1180—1181- yillarda Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning iltimosiga ko‘ra “Xusrav va Shirin” dostonini yarata- di. 1188- yilda Shirvonshohlardan Axsatan I Nizomiyga “Layli va Majnun” dostonini yozishni buyuradi. 1196- yilda hukmdor Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan Bahrom haqida “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”) yoziladi. 1196—1201- yillarda “Iskandarnoma” yaratila- di. Shu tariqa 1173—1201- yillar oralig‘ida – 28 yil davomida muallif- ning besh dostoni dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng adibda turli yil- larda bitilgan bu dostonlarni jamlab, yagona bir nom bilan atash fikri tug‘ilgan va “Panj ganj” (“Besh xazina”) nomi bilan mashhur bo‘lgan birinchi “Xamsa” vujudga kelgan.


Nizomiydan yuz yildan so‘ng asli shahrisabzlik turkiy qavmlar

avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy (1253—1325) o‘zining “Xamsa”sini 1299—1301- yillarda yozib tugalladi. U “Matla ul-anvor” (“Nurlarning boshlanmasi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”), “Oyinayi Iskandariy” (“Iskandar oynasi”) dostonlari- ni yozib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotda xam- sachilik an’anasi paydo bo‘ldi.

Shunga ko‘ra har bir asar “Xamsa” deb atalmog‘i uchun:
a) besh dostondan tashkil topmog‘i; b) birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i; d) ikkinchi- si, Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanmog‘i; e) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i; f) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchisi Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi.
Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin ikki buyuk xamsanavis — Jomiy va Navoiy maydonga chiqdi. Jomiy avval quyidagi besh asarni yozdi: “Tuhfat ul-ahror” (“Erkinlar tuhfasi”), “Sabhat ul-abror” (“Yaxshilar tasbi- hi”), “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomayi Iskandariy”. Bu besh asarni 1485- yili yozib tugalladi. Keyin “Silsilat uz-zahab”, “Salomon va Absol” asarlarini qo‘shib, “Xamsa”sini yetti dostonga yet- kazdi va “Haft avrang” (“Yetti taxt”) deb atadi.
Alisher Navoiyning “Xamsa”si boshqalardan farqli ravishda ona tilida – turkiy tilda yozildi. Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan mas’uliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jur’at qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning o‘z tilida, unga manzur bo‘lgan asar yaratishi lozim. Shuning uchun “Layli va Majnun” dostoni xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni ta’riflar ekan, turkiy tilda “Xamsa” yozishning sababini shunday izohlaydi:
...Gar nuktalari1 jahonni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi.
Ul til bila nazm bo‘ldi malfuz2, Kim forsiy anglar o‘ldi mahzuz3. Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasona4ni hikoyat.

Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay, Turk eliga dog‘i5 bahra bo‘lg‘ay
1Nuktа so‘z, bu yеrdа ijоd, аsаrlаri mа’nоsidа qo‘llаngаn; 2Мisrаning mа’nоsi: Bu (fоrsiy) til bilаn nаzm (аsаr) yarаtilsа; 3Мisrа mа’nоsi: fоrslаrgаginа tushunаrli
edi; 4Fаsоnа аfsоnа, bu yеrdа dоstоn mа’nоsidа qo‘llаngаn; 5Dog‘i shuning- dek, yana.
Navoiy o‘z salaflarining yuksak san’atkorligini sharaflaydi, ular- ning adabiy tajribalaridan ta’lim olganligini e’tirof qiladi. Dostonlarning muqaddima qismida ustozlariga bag‘ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug‘laydi. Mas’uliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va
Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum, — deb madad tilaydi.
Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlab, ularga ko‘r- ko‘rona taqlid qilmaydi. O‘z oldiga yangi, o‘ziga xos “Xamsa” yara- tish vazifasini qo‘yadi. Buni muallif “Xamsa”ning bir necha o‘rni- da ochiq-oydin ta’kidlaydi. Jumladan, u “Farhod va Shirin” dostoni muqaddimasida shunday yozadi:
Ani nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay, Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay.
Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq Mukarrar1 aylamak sendin ne loyiq?
Bu misralari orqali Navoiy “Xamsa” yozishdagi belgilab olgan o‘z yo‘riqlarini bayon etadi: Shunday asar (nazm) – doston yozginki, o‘zingga xos (tarhing toza) bo‘lsin, o‘qigan odamlarga (ulusqa) yangi, boshqa asarlarga o‘xshamas (beandoza)ligi sezilib tursin. Aks holda (yo‘q ersa), asar o‘zgalar (xaloyiq) yozgandek bo‘lsa, bunday takror- lash (mukarrar) senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmagan ma’qul.
Lekin bu oson ish emas. Buning uchun Yaqin va O‘rta Sharq o‘lkalarida qalami mislsizligi e’tirof etilgan Nizomiy va Dehlaviy bilan ijodiy bahsga kirishishi lozim bo‘ladi. Bu juda katta bilim va yuksak adabiy didni, iste’dod hamda mashaqqatli mehnatni talab etar edi. Bu haqida “Farhod va Shirin”da yozadi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasig‘a panja urmoq.
Kerak sher ollida ham sheri jangi, Agar sher o‘lmasa, bori palangi.



1Mukarrar takror.
4–Adabiyot, 9- sinf.
Haqiqatan ham, Nizomiydek nazm sheri bo‘lgan maydonda turmoq oson emas. U bilan bahslashish (panjasiga panja urmoq) uchun sher yoki hech bo‘lmasa yo‘lbars (palang) bo‘lmog‘i darkor. Navoiy sher bilan tenglashadigan sher bo‘ldi. U og‘ir va mas’uliyatli vazifani muvaffaqiyat bilan ado etdi. Nihoyat, qisqa bir muddat – ikki yil (1483–1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi. U 1483- yilda “Hayrat ul-abror” falsafiy-ta’limiy dos- tonini, 1484- yilda uch asarni: “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun”, “Sab’ayi sayyor” ishqiy-sarguzasht dostonlarini, 1485- yili esa “Saddi Iskandariy” qahramonlik dostonini yaratdi. Dostonlar, butun Sharq mumtoz adabiyotida bo‘lganidek, an’anaviy muqaddi- ma – hamd va na’t qismlari bilan boshlanadi. Hamd – Yaratuvchimiz Allohni ulug‘lash, unga shukronalik, na’t esa payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) alqovidir.
Navoiy “Xamsa”si yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi. Besh doston bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog‘langandir. Masalan, “Hayrat ul-abror”da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo‘yadi, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqea- lar misolida ularga javob berishga harakat qiladi. Beshlikni sinchkov- lik bilan o‘qigan kitobxon “Hayrat ul-abror”da berilgan 20 maqolat- dagi diniy-falsafiy, axloqiy, ma’rifiy mohiyat keyingi dostonlar sujet va kompozitsiyasiga yuksak mahorat bilan singdirib yuborilganligiga iqror bo‘ladi. Shu nazar bilan “Hayrat ul-abror” tuzilishi va mavzulari- ga diqqat qilaylik. Doston o‘ziga xos qurilishga ega. U falsafiy-ta’li- miy doston bo‘lganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish aso- sida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoriti- ladi. Shuningdek, maqolatlar shu dostongagina xos bo‘lib, adibning boshqa asarlarida uchramaydi. Har bir maqolatda insonning kundalik hayoti bilan bog‘liq diniy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy biror mavzu bayon etiladi, uning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Maqolat so‘ngi- da mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maqsadida hikoya yoki masal keltiriladi. Mazkur hikoya va masallarning bosh qahramoni, asosan, tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblaridir. Ularda shoir islomiy mezonlar, umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib Olam va Odam to‘g‘risidagi o‘z mulohazalarini yuksak badiiy shakl-
Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki, nishoni anga iymon erur.
Ya’ni kim bu dunyoda inson deb atalibdi, insonligining belgisi iymondir. Iymonsizni odam deb atab bo‘lmaydi. Inson bilan hayvon orasidagi farqni nutqda – odamni so‘zlay bilish qobiliyatidagina deb bilish xatodir. Chunki odamda nutq ham, boshqa maxluq – hayvonlar- da bo‘lgan bir qator jihatlar ham bor. Shuning uchun: “...asosiy mezon iymondir”, — deydi Navoiy.
Hukmdorlarga bag‘ishlangan “Salotin bobida” nomli uchinchi maqolat adibning adolat haqidagi qarashlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Maqolatda shoirning tenglik, ozodlik, adolatli jamiyat borasidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, mamlakat- da juda ko‘p narsa davlat boshlig‘iga bog‘liq. Shoh odil, oqil, orif va el-yurtga g‘amxo‘r bo‘lishi kerak. Shuning uchun shoir shohga qara- ta: raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen – bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilar- ga yem bo‘ladi. Podani bo‘rilardan asra, bog‘ni suv berib yashnatgin, deydi. Hukmdor kim bo‘lmasin, mamlakat va xalqning taqdiri uning faoliyati, xatti-harakatiga bog‘liq:
Shohki ish adl ila bunyod etar, Adl buzuq mulkni1 obod etar. Kofiri odil ani obod etib, Mo‘mini zolim ani barbod etib.

Karam va saxovat haqidagi beshinchi maqolatda Navoiy bu fazilatlarni baxillik bilan yonma-yon qo‘yib, ularning mohiyatini yorita boradi. Saxovat qanchalik yuksak insoniy fazilat bo‘lsa, baxillik shun- chalar tuban illatligini adib tazod vositasida ochib beradi: “Buxl erur borcha sifatdin xasis, Lek saxo javhari asru nafis”. Lekin saxo- vat kim to‘g‘ri kelsa yoki o‘ziga tanish odamlargagina ehson qilish emas. Saxiy kishi ehtiyojmandlarga ko‘maklashishi, muhtoj odamlar-
1Mulk mamlakat.
ga beminnat qo‘l cho‘zishi lozim. Zarurati bo‘lmagan kishilarga saxiy- lik qilish aqldan emas. Bunday odamlarga shoir “O‘yla bulutdekki, quruq bog‘ uza Yog‘may o‘tub, suvni to‘kar tog‘ uza” deb tash- bih ishlatadi. Kishilar saxovatiga ko‘z tikishdan ko‘ra o‘z mehnati bilan kun kechirishni, Navoiy saxovatdan ham ulug‘ himmat deb biladi.
Keyingi maqolatda odob masalalari yoritilgan. Adib unda kishi- lar bilan munosabat va muomala madaniyati, o‘zini tuta bilish, bola tarbiyasi va boshqalar to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildiradi. Odob, tavozeni alqaydi, o‘zini tuta bilmaslik, o‘rinsiz kulgi kabi salbiy xis- latlarni qattiq qoralaydi. Inson munosabatlarda har bir kishining ah- voliga yarasha muomala qilishi, kattalarga xizmat, kichiklarga shafqat etishi lozim deb uqtirgan shoir: “Har kishining tavrig‘a loyiq kerak, Surati holig‘a muvofiq kerak. Kimki ulug‘roq anga xizmat kerak, Ulki kichikroq, anga shafqat kerak”, — deb ta’lim beradi. Tanosub san’ati asosiga qurilgan quyidagi misralarni esa har bir farzand o‘ziga dasturulamal deb bilishi kerak:
Boshni fido ayla ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano boshig‘a. Tun-kunungg‘a aylagali nur fosh Birisin oy angla, birisin quyosh.
Maqolatlardan birini Navoiy elga manfaat yetkazish masalalari- ga bag‘ishlaydi. Insonning hayoti jamiyatda, odamlar orasida kechadi. Dunyo insonlarning xayriyati (yaxshiliklari) bilan, jamiyat ezgu ish- lar bilan obod bo‘ladi. Shuning uchun har bir shaxs qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin: mehnati yo mablag‘i bilan, shirin so‘zi yoki maslahati bi- lan el-yurtga foyda yetkazishi kerak. Jamiyat a’zolarining mana shun- day umumga keltirgan naflari, ayni paytda, o‘zlariga ham manfaat- lidir: “Naf’ing agar xalqqa beshak durur, Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prak durur”. Aksincha, agar inson jamiyatga, xalqqa zarar yet- kizsa, yomonlik qilsa, bu ham uning o‘ziga qaytadi: “Ulki zarar she- vasini tavr etar, Elga demakim, o‘ziga javr etar”. Shuning uchun haqiqiy inson yurt tashvishi bilan, el g‘ami bilan yashaydi:
Odamiy ersang, demagil odami, Oniki yo‘q xalq g‘amidan g‘ami.
losi uchun adibga tahsinlar o‘qiysiz. Birinchi dostonda tilga olingan mazkur mavzular, masalalar keyingi dostonlarda o‘ziga xos tarzda va talqinlarda bir-biridan go‘zal hamda teran qissalar orqali kitobxon ongi va shuuriga yetkaziladi.
“Xamsa” — Navoiy dahosining mahsuli, ayni paytda, millatimiz tafakkur ko‘lami hamda ma’naviy qudratining timsoli. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyat tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimiz g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Albatta, Navoiyni bilish — o‘zlikni bilish, Navoiyni sevish — millatni sevish, Navoiyga sadoqat — eng ezgu insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir.
Savol va topshiriqlar:



  1. Navoiyning hayot yo‘li to‘g‘risida o‘rtoqlaringiz bilan fikr almashing.

  2. Navoiydan bizga qanday asarlar meros bo‘lib qolgan? Ularni lirik, epik, ilmiy hamda biografik asarlar tarzida tasniflab, sanab bering.

  3. Xamsachilik an’anasi, xamsanavislar to‘g‘risida qanday tasavvurga ega bo‘ldingiz?

XV asrda turkiy tilda “Xamsa” yozish o‘ziga xos ijodiy jasorat bo‘lganligini asoslashga urining.


FARHOD VA SHIRIN
(dostondan parchalar)
“Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusi- dadir. Hajmi — 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaz- nida yozilgan. Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi. Sababi, unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tani- tadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘ril-
Yüklə 83,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin