Leksik antonimiya



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə1/4
tarix13.06.2023
ölçüsü50,5 Kb.
#129493
  1   2   3   4
15 hemmmmm


Leksik antonimiya
Leksik antonimiya leksemalarning bir-biriga zid ma’no anglatishi asosida guruhlanishidir: oq va qora, qalin va yupqa kabi.
Antonimiya hodisasi, asosan, bir so’z turkumi leksemalari doirasida yuz beradi.1
Sifatlarda: a) hajm belgisiga ko’ra: katta va kichik, baland va past, b) harorat belgisiga ko’ra: issiq va sovuq; d) yosh belgisiga ko’ra: yosh va qari; e) xarakter-xususiyat belgisiga ko’ra: saxiy va xasis, botir va qo’rqoq, aqlli va ahmoq; f) shakl d
Payt, holat, miqdor ma’noli leksemalar doirasida ham antonimiya hodisasi keng tarqalgan: a) kecha va ertaga, avval va keyin (payt belgisiga ko’ra); b) tez va sekin, arang va bemalol (holat belgisiga ko’ra); d) ko’p va oz, mo’l va kam (miqdor belgisiga ko’ra) va b.lar. bunday leksemalarning sifat va ravish turkumiga mansubligi keyingi yillarda bir qadar munozarali bo’lib qolmoqda.
Otlarda: a) belgi otlarida: boylik va kambag’allik, botirlik va qo’rqoqlik; b) qarama-qarshi tonom nomlarida: sharq va g’arb, shimol va janub; d) fasl nomlarida: yoz va qish, bahor va kuz; e) sutkaning qarama-qarshi tomonlarini ifodalovchi nomlarda: kecha va kunduz, tong va shom kabi.
Fe’llarda: a) qarama-qarshi harakat ma’nolarini ifodalovchi fe’llarda: bormoq va kelmoq, kirmoq va chiqmoq; b) sifat yoki ravishdan yasalgan fe’llarda: kengaymoq va toraymoq, ko’paymoq va ozaymoq, sekinlashmoq va tezlashmoq kabi.
Ba’zan fe’lning sifatdosh shakli sifat turkumdagi leksema bilan antonimik munosabatga kirishishi mumkin: o’qigan va bilimsiz, o’qimagan va bilimli kabi.
Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe’llarda biroz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo’lmaydi (ayrim kontekstual holatlar bundan mustasno).
Kontekstual antonimiya
Kontekstual antonimiya o’zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum kontekst ichida so’zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishidir. Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko’rish mumkin:
Ushoq qand oq tuzga monand erur,
Va lekin biri tuz, biri qand erur.

  1. Navoiy)

Aytur so’zni ayt,
Aytmas so’zdan qayt!

  1. Navoiy)

Sichqonlarga nisbatan
Poyloqchiman to’g’riman.
Ko’rsam tekin go’sht ba’zan
Chidolmayman- o’g’riman.
(O. Q.)
Bu misollarda qo’llangan qand va tuz, ayt va qayt hamda to’g’ri va o’g’ri so’zlari aslida (tilda) antonimlar emas, ammo birinchi misolning ikkinchi misrasida qand va tuz leksemalari muallifning leksik qo’llashi natijasida “achchiq” va “shirin” (demak, “yaxshi” va “yomon”) ma’nolarini, ikkinchi misoldagi ayt va qayt leksemalari “ayt” va “aytma” degan zid ma’nolarni, uchinchi misoldagi to’g’ri va o’g’ri leksemalari esa “o’g’ri emas” va “o’g’ri” ma’nolarini ifoda etib, kontekstual antonimiya hosil qilgan (bunda to’g’ri leksemasi otlashgan).
Bunday qo’llanish olmoshlarda va sonlarda ham uchraydi: Bir u deydi, bir bu deydi, deganda u va bu olmoshlarida kontekstual zidlanish bor.

Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin