“
SUSTAINABLE ECONOMIC DEVELOPMENT OF REGIONS: INTERNATIONAL
AND NATIONAL CONCEPTS”
International scientific - practical conference
19-20 May, 2023| Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
534
SANOAT KORXONALARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI
OSHIRISHDA AXBOROT TIZIMLARINING O„RNI
Turobova Madina Umarjon Qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand
filiali Raqamli iqtisodiyot 122-1-guruh magistranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini
oshirishda axborot tizimlaridan samarali foydalanish masalalari tadqiq etilgan va
tegishli xulosalar berilgan.
Kalit so„zlar
. Axborot,
axborot resursi, ma‘lumotlar bazasi, axborot tizimi,
axborot-kommunikatsion texnologiyalar, raqobatbardoshlik.
Abstract.
In this article, the issues of effective use
of information systems in
increasing the competitiveness of industrial enterprises are studied and relevant
conclusions are given.
Key words
. Information,
information resource, database, information system,
information and communication technologies, competitiveness.
Kirish
Bugungi kunda
davlat boshqaruv tizimlari, ishlab chiqarish korxonalari
faoliyatlari samaradorligini zamonaviy axborot tizimlarisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Chunki hozirda axborot kommunikatsion texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib
bormoqda, bu esa korxonalarga o‗z faoliyatiga
yangi innovatsion raqamli
texnologiyalarni kiritish, yuqori texnologiyalardan foydalanib raqobatbardoshligini
oshirish zaruratini kun tartibiga qo‗ymoqda. Mamlakatimizda «Aqlli shahar»
texnologiyalarini joriy etish
konsepsiyasi qabul qilinib, unga ko‗ra «aqlli transport»,
«aqlli ta‘lim», «aqlli tibbiyot», «aqlli energetika tizimi», «aqlli qurilish» «aqlli
kommunal xo‗jalik», «aqlli uy», «aqlli hokimiyat», «aqlli mahalla» kabi loyihalar
«Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etishning asosiy yo‗nalishlari sifatida belgilandi.
Shu bilan birgalikda mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy drayveri bo‘lgan ishlab
chiqarish korxonalarida axborot tizimlarini tadbiq
etish masalalarida ayrim
muammolar saqlanib qolmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish va ishlab
chiqarish korxonalarining raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun raqamli
texnologiyalardan samarali foydalanish muhim sanaladi.
Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga
kelishini quyidagi asosiy