International scientific practical conference



Yüklə 426,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.10.2023
ölçüsü426,34 Kb.
#157035
1   2   3   4   5   6   7   8
534-541

 

SUSTAINABLE ECONOMIC DEVELOPMENT OF REGIONS: INTERNATIONAL 
AND NATIONAL CONCEPTS”
 

International scientific - practical conference 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
19-20 May, 2023| Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
538 
mexanik va hokazo) xizmat qiladi. Ikkinchi xil tizimlarda asosiy axborot uzatish shakli 
hujjatdir. 
So‗nggi paytlarda TJABT va TBATning yagona integratsiyalashgan boshqarish 
tizimiga qo‗shilish tendensiyasi kuzatiladi. Bunday qo‗shilishda tizimda aylanuvchi 
axborotlarni signallar va maxsus turdagi hujjatlar shaklida mashina tashuvchilarga 
uzatiladi. Bu bilan TJABT va TBAT o‗rtasidagi farqlar ma‘lum darajada yo‗qoladi. 
Qo‗llanish sohasi bo‗yicha axborot tizimlari moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy 
va boshqaruv sohasiga ajraladi. Ishlab chiqarish sohasida quyidagi yo‗nalishlar 
bo‗yicha axborot tizimlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: mashinasozlik majmui, 
energetika majmui, transport majmui, metallurgiya majmui va boshqalar. 
Ijtimoiy sohada axborot tizimlari quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha ajratiladi: 
sog‗liqni saqlash, nafaqa va ijtimoiy ta‘minot, ta‘lim, madaniyat va aholi dam olishi, 
ijtimoiy va sotsial hayot, xizmatlar va faxrli maishiy hayoti, savdo va umumiy 
ovqatlanish, kommunal xizmat, atrof-muhit muhofazasi. 
Boshqaruv sohasida axborot tizimlari quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha ajratiladi: 
deputatlar korpusi va ijroiya hokimiyati, davlat boshqaruvi va statistika, tashqi 
iqtisodiy faoliyat, moliya organlari, bank tizimlari, huquqni muhofaza etish organlari 
va hokazolarga xizmat ko‗rsatish. 
Faoliyat ko‗rsatish sohasi bo‗yicha axborot tizimlari quyidagi yo‗na-lishlarga 
ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‗jaligi va hokazo. 
Qo‗llanish doirasi bo‗yicha asosiy klassifikatsiyaviy (tasnifiy) belgi axborot 
tizimlari va texnologiyalarini qo‗llash sohasi bilan aniqlanadi. 
Mamlakat milliy iqtisodi ijtimoiy mahsulotni yaratish, iste‘mol qilish yoki 
taqsimlashda ishtirok etuvchi iqtisodiy-tashkiliy obyektlarni (korxonalar, birlashmalar, 
konsernlar, va hokazolar) o‗zida aks ettiradiki, ular ham o‗z navbatida ishlab chiqarish 
va iqtisodiy-tashkiliy axborot tizimlariga bo‗linadi. 
Ishlab chiqarish tizimlarida mahsulot yaratish, loyihani ishlab chiqish, ilmiy 
qoidalarni tayyorlash amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining me`yorida 
ishlashini boshqarish tizimi ta`minlaydi, unda ishlab chiqarish sohasida bevosita 
ishtirok etmaydigan mutaxassislar band. Ular faoliyatining sohasi – ishlab chiqarish 
jarayonlarini tashkillashtirish va boshqarish, ular talab etadigan zahiralarni 
ta‘minlashdan iborat. 
Ishlab chiqarish tizimlari sinfini mahsulotning turli hayotiy sikli bosqichlariga 
muvofiq holda kichik sinflarga bo‗lish mumkin: ilmiy tadqiqot – loyihalash – ishlab 
chiqarish – sinovdan o‗tkazish. 
Ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot texnologiyalarini qo‗llash tegishlicha 



Yüklə 426,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin