Moliya” fanidan test savollari (2-kurs “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo’nalishi uchun) savollar



Yüklə 108,39 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü108,39 Kb.
#207346
Test savollari


MOLIYA” FANIDAN TEST SAVOLLARI
(2-kurs “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo’nalishi uchun)


SAVOLLAR.



  1. Quyidagilarni qaysi biri byudjet siyosatiga taalluqli emas?




  1. Moliya tizimining har bir sohasi...




  1. Moliyaviy rejalashtirishning qanday turlari bo‘lishi mumkin?




  1. Umumiy va eng oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda ...




  1. O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti qanday byudjetlarni o‘z ichiga oladi?



  1. Amalga oshirish reglamentiga ko‘ra moliyaviy nazorat shakllarini ko‘rsating.




  1. Byudjet daromadlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qilish davlatning qaysi vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi?




  1. Byudjet siyosatining ustuvorligini...



  1. Byudjet tizimining mohiyati tog‘ri berilgan qatorni ko‘rsating.




  1. Davlat byudjeti qanday funksiyalarni bajaradi?




  1. Davlat byudjetiga O‘zbekiston Respublikasi byudjet kodeksida qanday ta’rif berilgan?




  1. Davlat moliyasining mustaqil bo‘g‘ini sifatida davlat krediti...




  1. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat?

  2. Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar qanday guruhlarga bo‘linadi?




  1. Davlatning oliy moliyaviy nazorat organi qaysi?



  1. Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda klassifikatsiya qilinyapti?




  1. Korxona moliyaviy siyosatining asosiy maqsadi tog‘ri berilgan javobni aniqlang




  1. Mamlakatning moliyaviy resurslari o‘sishining asosiy sharti berilgan javobni aniqlang.




  1. Moliya -




  1. Moliya qanday sharoitda paydo bo‘ldi?




  1. Moliya tizimi bu -




  1. Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo‘g‘inlarini ko‘rsating




  1. Moliya tizimining sohalarini ko‘rsating




  1. Moliya vazirligi mamlakat miqyosida...




  1. Moliya vazirligining asosiy vazifalari tog‘ri va to‘liq berilgan javobni ko‘rsating.




  1. Moliya vazirligining muhim bo‘linmasi g‘aznachilik tizimi bo‘lib, u ...




  1. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni...




  1. Moliyaviy bashoratlash ...




  1. Moliyaviy boshqaruv -




  1. Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari kimlar hisoblanadi?




  1. Moliyaviy boshqaruv tizimining ta’sir instrumentlari berilmagan javobni aniqlang.




  1. Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari tarkibiga kirmaydigan javobni belgilang.




  1. Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi ...




  1. Moliyaviy nazorat ...




  1. Moliyaviy nazorat moliya ...




  1. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish borasida Hisob Palatasining bosh maqsadi nimadan iborat?

  2. Moliyaviy rejalashtirish nima?




  1. Moliyaviy siyosat nima?




  1. Moliyaviy siyosat...




  1. Moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi ...




  1. Moliyaviy siyosatning mazmuni...




  1. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:




  1. Nodavlat moliyaviy nazorati nechta turga bo‘linadi?




  1. Nodavlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat?




  1. Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?




  1. Pul siyosati orqali qanday vazifalar amalaga oshiriladi?




  1. Quyidagilardan qaysi biri moliyaning xarakterli belgisi hisoblanadi?




  1. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga kirmaydi?




  1. Quyidagilardan qaysi biri Respublika byudjeti daromadlari hisoblanmaydi?




  1. Sug‘urta tashkilotlari daromad manbalari to’liq keltirilgan javobni belgilang: 1) tashqi




  1. Sug‘urta tashkilotlari xarajatlariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?




  1. Sug‘urta tashkilotlarining ustav kapitali minimal miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan qatorni ko‘rsating




  1. Sug‘urtaning funksiyalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating




  1. Vazirliklar, qo‘mitalar tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan korxona va tashkilotlar ustidan olib boriladigan nazorat qanday nazorat hisoblanadi?




  1. YaIM va MD ni qayta (ikkilamchi) taqsimlash kimlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi?




  1. Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi xarajatlari quyidagilardan qaysi biriga yo‘naltirilgan?




  1. Ayrim hollarda ijtimoiy pensiyalar uni olishga murojaat qilgan tomonning xohishiga ko‘ra...




  1. Ayrim sabablarga ko‘ra yil boshlangunga qadar davlat byudjeti qabul qilinmasa xarajatlar qanday shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi?




  1. Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va byudjet mablag‘lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini kim (qaysi organ) belgilaydi?




  1. Byudjet jarayonining davomiyligi, odatda, necha yilga yaqin davom etadi?




  1. Byudjet kreditlari kimlarga berilishi mumkin?




  1. Byudjet tizimidagi maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat qaysi byudjet tarkibida amalga oshiriladi?




  1. Byudjet tizimining tamoyillari qaysi bandda noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?




  1. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari qanday manbalar hisobidan shakllanadi?




  1. Byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yohud vakolatli organ orqali ajratiladigan, qaytarilmaydigan pul mablag‘lari nima deb yuritiladi?




  1. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi nimadan iborat bo‘ladi?




  1. Mamlakatimizdagi sug‘urta tashkilotlari qaysi sug‘urta turini amalga oshirmaydi?




  1. ……………… - moliyaviy resurslarining harakati, shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda xalqaro institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkibi bo‘yicha murakkab bo‘lgan munosabatlar tizimi.




  1. Mudofaa xarajatlari obyektiv zarur bo‘lishiga qaramasdan ular qanday xarakterga ega?




  1. Nima uchun davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari klassifikatsiya qilinadi?




  1. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti o‘z ichiga qanday byudjetlarni oladi?




  1. O‘zbekiston Respublikasi byudjet kodeksiga asosan Byudjetnomani Hisob palatasiga qaysi organ taqdim etadi?




  1. Pensiyaning qanday ko‘rinishlari mavjud?




  1. Shaxsiy sug‘urtaning shakllarini ko’rsating




  1. Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi qaysi mezonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim?




  1. Uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida nimani belgilab beradi?




  1. Uy xo‘jaliklari moliyaviy rezervlarni yaratishda qanday ishtirok etadi?




  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ttavsiyasiga ko‘ra qanday xo‘jalik yagona yashash maydonchasida birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflanadi?




  1. Uy xo‘jaligini xo‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilish mezoni berilmagan javobni ko‘rsating.




  1. Uy xo‘jaliklari moliyasi ta’rifini aniqlang




  1. Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar qanday munosabatlarni ifodalaydi?




  1. Uy xo‘jaliklari moliyasining taqsimlash funksiyasini amalga oshirilishi nimani taqozo etadi?




  1. Funksional mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasiga kirmaydigan pul mablag‘larini ko‘rsating.




  1. Uy xo‘jaliklarining daromadlari tog‘ri berilgan javobni belgilang.




  1. Qanday daromadlar uy xo‘jaligining nominal daromadlari deyiladi?




  1. Qanday daromadlar uy xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadi deyiladi?




  1. Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari manbai noto‘g‘ri berilgan javobni belgilang.




  1. Uy xo‘jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari notog‘ri berilgan javobni ko‘rsating.




  1. Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo‘jaliklarining xarajatlari berilmagan javobni ko‘rsating.




  1. Jamg‘arish jarayonining maqsadlariga ko‘ra jamg‘armalarni qanday turi mavjud emas?




  1. Dastlabki sug‘urta shartnomalari qayerda paydo bo‘lgan?




  1. Sug‘urta zaxiralarini natura shaklida shakllantirish qanday qiyinchiliklarni keltirib chiqargan?




  1. Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida noto‘g‘ri prinsipi keltirilgan javobni aniqlang.




  1. Javoblardan qaysi biri sug‘urta funksiyalari tarkibiga kirmaydi?




  1. Sug‘urta qanday shakllarda amalga oshiriladi?




  1. Ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslarga qanday tartibda ko‘rsatiladi?




  1. Majburiy sug‘urta turi ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.




  1. Majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta xizmat haqlari kimning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi?




  1. Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish orqali foyda olish dastlab qachon va qayerda boshlangan?




  1. Sug‘urtaga tog‘ri va to‘liq ta’rif berilgan javobni aniqlang.




  1. Fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar nimaga asoslanadi?




  1. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qachon qabul qilingan?




  1. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari berilmagan javobni aniqlang.




  1. Qonunchilikka binoan sug‘urtalovchilar qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas?




  1. Yuridik shaxslarning qanday mol-mulklari bilan bog‘liq mulkiy manfaati sug‘urta obyekti sifatida qabul qilinmaydi?




  1. Yuridik shaxslarning mol-mulkini va boshqa asosiy vositalarini ixtiyoriy sug‘urta qilish qoidalariga ko‘ra, korxonalarga sug‘urta polisi qachon beriladi?



  1. Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug‘urta turi berilmagan javobni belgilang.




  1. Javobgarlik sug‘urtasining iqtisodiy mohiyati nimada?




  1. Kimlar potensial sug‘urtalanuvchilar deb ataladi?




  1. Kimlar sug‘urtalovchilar hisoblanadi?




  1. Sug‘urtalovchilar sug‘urta bozoriga nimani taklif etadilar?




  1. Qayta sug‘urtalovchini ko‘rsating.




  1. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o‘zgarishi birinchi galda nima bilan bog‘liq?




  1. Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qachon va qayerda tashkil etilgan?




  1. “Jahon banki” guruhiga quydagi tashkilotlardan qaysi biri kirmaydi?




  1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki faoliyati qanday davlatlarda hamda nimalar orqali qashshoqlikni qisqartirishga qaratilgan?




  1. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi dunyoning qanday davlatlariga moliyaviy ko‘mak beradi?




  1. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi moliyaviy yordamlaridan aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi qancha miqdorda bo‘lgan davlatlar foydalanishi mumkin?




  1. Xalqaro moliya korporatsiyasining bosh maqsadini ko‘rsating.




  1. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikning bosh maqsadini aniqlang.




  1. Xalqaro valyuta fondining bosh maqsadini ko‘rsating.




  1. Valyuta kursi deb nimaga ataladi?




  1. Real ayirboshlash kursi nima?




  1. Milliy valyuta kursining mavjud asosiy rejimlari tog‘ri berilgan javoni aniqlang.




  1. Qanday holat erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi?




  1. Valyuta bozori – bu......




  1. To‘lov balansi qanday hujjat?




  1. Devalvatsiya - bu.......




  1. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish tamoyillarga to‘g‘ri va to‘liq berilgan javob belgilang.




  1. A.Smit davlatning qanday xarajatlarini qisqartirish kerakligini ta’kidlaydi?




  1. A.Smitning soliq konseptsiyasi qanday yagona maqsadga qaratilgan?




  1. D.Rikardo mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda barcha soliqlar so‘zsiz ravishda nimalarga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan?




  1. J.S.Mill ishlab chiqqan “xizmatlarning soliq nazariyasi” mohiyati tog‘ri berilgan javobni ko‘rsating.




  1. Yangi tarixiy maktab konseptsiyalari namoyondasi A.Vagner ishlab chiqqan soliqqa tortishning to‘qqiz prinsipini guruhlari noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.




  1. J.M.Keyns nazariyasiga ko‘ra soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining o‘sishi qanday natijalarga olib keladi?




  1. Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida qanday g‘oyani himoya qildilar?




  1. Stokgolm maktabi vakillariga tegishli bo‘lgan “byudjetni siklik balanslashtirish” nazariyasi mohiyati tog‘ri berilgan ko‘rsating.




  1. Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning soliq konseptsiyasi mohiyati tog‘ri berilgan javobni aniqlang.




  1. Ijtimoiy xususiyat kasb etmaydigan davlat maqsadli jamg‘armasi berilgan javobni aniqlang.




  1. Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo‘lgan hollarda, ortiqcha mablag‘lar qanday ishlatiladi?




  1. Pensiya jamg‘armasi qaysi vazirlik huzurida hisoblanadi?




  1. Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadini shakllantirishning asosiy metodlari qaysi javobda tog‘ri ko‘rsatilgan?




  1. “Moliya” iborasi dastlab qachon va qayerda qo‘llanila boshlangan?




  1. Moliya qanday funksiyalarni bajaradi?




  1. Moliyaning obyektiv zarurligi nimada?




  1. Butun ijtimoiy takror ishlab chiqarishni va uning tarkibiy bo‘limlarini ularning ehtiyojlariga ko‘ra moliyaviy resurslar va maqsadli pul fondlari bilan ta’minlash moliyaning qaysi funksiyasi orqali amalga oshiriladi?




  1. Jamiyatda kechayotgan iqtisodiy jarayonlarning kechishini moliyaviy axborotlarga tayangan holda aks ettirish moliyaning qaysi funksiyasi orqali amalga oshiriladi?




  1. Moliyaviy resurslarning manbalariga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi?




  1. Quyidagilarning qaysi biri moliyaviy munosabatlarning sohalari tarkibiga kirmaydi?




  1. Davlat budjeti – bu...




  1. Iqtisodiy siyosat tarkibiga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi?




  1. Davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisi - bu......................




  1. Moliyaviy siyosatning vazifalari tarkibiga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi?




  1. Moliyaviy strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullarini o‘zgartirish orqali amalga oshirish – bu.................




  1. Ma’lum maqsadga erishish uchun moliya munosabatlariga ta’sir etishning usul va uslublari yig‘indisi – bu.........................




  1. Maxsus shakl va uslublarni qo‘llash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig‘indisi – bu..................




  1. Moliyani boshqarishning obyekti nima hisoblanadi?




  1. Moliyani boshqarishning subyektlari kimlar hisoblanadi?




  1. Quyidagilarning qaysi biri moliyani boshqarish subyektlari tarkibiga kirmaydi?




  1. Quyidagilarning qaysi biri moliyani boshqarishning funksional elementlari tarkibiga kirmaydi?




  1. Moliyaviy holatni baholash, moliyaviy resurslarni oshirish imkoniyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash – bu...........................




  1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiladi va uning ijrosini nazorat etadigan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qiladigan, moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimlarining asoslarini va budjet qurilmasini belgilaydigan organ – bu................




  1. Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun budjet mablag‘laridan maqbul foydalanish yo‘li bilan barcha budjetdan mablag‘ oluvchilar uchun xarajatlarning kassa ijrosini o‘z vaqtida va maqsadli amalga oshiradigan organ – bu.............................




  1. Moliyaviy munosabatlarga oid iqtisodiy voqelikni yoki obyektni kelajakda rivojlanishini oldindan bashorat qilish, ilmiy-tahliliy usul – bu...........................




  1. Davlat boshqaruv organlari moliya rejasini qanday shaklda tuzadilar?




  1. Reja va haqiqatdagi ko‘rsatkichlarning o‘rtachasini kelgusi davr uchun rejalashtirish usuli – bu............................




  1. Tasdiqlangan me’yor va normativlarga tayangan holda rejalashtirish usuli – bu.....................................




  1. Moliyaviy resurslarning shakllanish manbalari va ulardan foydalanishdagi bog‘liqlik hamda tenglikni ta’minlash asosida rejalashtirish usuli – bu..................................




  1. Real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar oqimini aks ettiruvchi moliyaviy modellar ko‘rinishida rejalashtirish usuli – bu...........................




  1. Moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar harakatini va muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik subyektlari faoliyatini va boshqarishni o‘ziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish – bu...........................




  1. Moliyaviy nazoratning obyekti nima hisoblanadi?




  1. Quyidagilarning qaysi biri moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlar guruhlariga kirmaydi?




  1. Korxona ichidagi moliya nazorati kim tomonidan amalga oshiriladi?




  1. Jamoat moliya nazoratini kim tomonidan amalga oshiriladi?




  1. Mustaqil moliya nazoratini kim tomonidan amalga oshiriladi?




  1. Quyidagilarning qaysi biri moliyaviy nazoratni amalga oshirish shakllariga kirmaydi?




  1. Korxona moliya rejasini tashkil qilishda, ko‘rib chiqishda va tasdiqlashda, muassasa va tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan oldin amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat – bu...............................




  1. Xo‘jalik-moliya operatsiyalari jarayoni orqali moliya rejalari bajarilayotgan paytda qo‘llaniladigan moliyaviy nazorat – bu..........................




  1. Hisobot davri va butun moliya yili tugagandan so‘ng amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat – bu.........................




  1. Davlat mablag‘larini sarflash bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, me’yorlarga, standartlarga va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘yicha harakatlar va operatsiyalar yig‘indisi – bu ............................




  1. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida eng yuqori ulushni qanday soliqlar tashkil etadi?




  1. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida __________________aks ettirilmagan.




  1. INTOSAI qanday tashkilot?




  1. _________________________ - ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida mamlakat tomonidan xorijga to‘langan to‘lanmalar va xorijdan olingan to‘lovlar o‘rtasida nisbat.



Yüklə 108,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin