?Moliya – bu…?
+pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi
?Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni... +birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi
?Moliya qanday funksiyalarni bajaradi? +Taqsimlash va nazorat
?Butun ijtimoiy takror ishlab chiqarishni va uning tarkibiy bo‘limlarini ularning ehtiyojlariga ko‘ra moliyaviy resurslar va maqsadli pul fondlari bilan ta’minlash moliyaning qaysi funksiyasi orqali amalga oshiriladi? +Taqsimlash funksiyasi orqali
?Moliyaviy siyosat nima? +moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui
?Pul siyosati orqali qanday vazifalar amalaga oshiriladi? +muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos kelmagan sharoitda pul massasining yetmagan qismini qog‘oz pullar hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to‘ldirish
?Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga kirmaydi? +ishsizlik siyоsati
?Moliyaviy strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullarini o‘zgartirish orqali amalga oshirish – bu........... +moliyaviy taktika
?Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo‘g‘inlarini ko‘rsating +Davlat byudjeti, davlatning maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti
?Moliya tizimining sohalarini ko‘rsating +Davlat moliyasi va mahalliy moliya, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
?Iqtisodiyot va moliya vazirligi mamlakat miqyosida... +yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi
?Iqtisodiyot va moliya vazirligining muhim bo‘linmasi g‘aznachilik tizimi bo‘lib, u ... +davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir