3-amaliy mashg‘ulot: Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillarini inson organizmiga ta’sirini hisoblash



Yüklə 91,6 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü91,6 Kb.
#190219
  1   2
3amaliy mash


3-amaliy mashg‘ulot: Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillarini inson organizmiga ta’sirini hisoblash
Ishning maqsadi: Ishlab chiqarishdagi kimyoviy holatni baholash qoidalarini o‘rganish va hisoblash
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 28 yanvardagi 1, 1, 8 va 2-son qaroriga ILOVA
Zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni ko‘mish hamda maxsus poligonlarni qo‘riqlash va saqlash tartibi to‘g‘risida zaharli kimyoviy moddalar - o‘simliklarning zararkunandalari va begona o‘tlarga qarshi kurashishda ishlatiladigan kimyoviy preparatlar (vositalar), shuningdek qishloq xo‘jalik ekinlari uchun qo‘llaniladigan tayyor holdagi preparatlar; toksik modda - iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo‘llaniladigan, odamlar va jonivorlar sog‘lig‘iga yoki atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatadigan modda; maxsus poligon - taqiqlangan, yaroqlilik muddati o‘tgan, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini ko‘mishga mo‘ljallangan maxsus yer uchastkasi va inshootlar majmuasi; maxsus transport vositalari - zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni hamda ularni qadoqlash idishlarini tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari.
ZAHARLI VA ZARARLI MODDALAR. Zaharli va zararli moddalar (ZZM) - deb, inson organizmiga oz miqdorda tushib, unda to‘qimalar bilan kimyoviy yoki fizik - kimyoviy o‘zaro ta’sirga kirishadigan va muayyan sharoitlarda sog‘liqning buzilishiga olib keladigan moddalarga aytiladi. ZZM lar turlari (Statistika)  ZZM lar qattiq, suyuq, gaz, bug‘ va aerozol holatda bo‘lishi mumkin.  Hozirgi vaqtda 5 mln. yaqin kimyoviy modda ma’lum bo‘lib, shundan 60 minggi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.  Mehnat sanitariyasi va gigienasining bir qismi bo‘lgan “sanoat taksikologiyasi” degan fan ZZM larning odamlarga ta’sirini o‘rganadi.
ZZMning organizmga ta’sir qilish oqibatini shakllantiruvchi omillar. ZZM larning organizmga ta’siri oqibatini bir qator omillar shakllantiradi. Turli moddalarning zaharli ta’siri organizm, zahar va atrof-muhitning o‘zaro ta’siri natijasi hisoblanadi. Bular quyidagi omillardir:  organizmning yoshi;  jinsi;  shaxsiy sezuvchanligiga;  zaharning kimyoviy tuzilishi va fizik xossalariga, miqdoriga, ta’sir qilish davomiyligiga;  bajarilayotgan ishning xususiyati va og‘irligiga;  mikroiqlim ko‘rsatkichlariga (havo harorati, bosimi, namligi va tezligi) darajasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Zaharlovchi moddalarning inson organizmiga ta’siri. ZZMlar organizmga umumiy yoki mahalliy ta’sir qilishi mumkin. Umumiy zaharlanishlarda zahar qonga so‘rilib, ayrim organlar, asab tizimi qon hosil qilish organlari zararlanadi. Mahaliy zaharlanishda to‘qimalar, terining yallig‘lanishi kabi hodisalar ro‘y beradi. Zaharlanishning quyidagi shakllari mavjud: - o‘tkir zaharlanish - qisqa muddatda katta miqdordagi ZZM ta’siri natijasida ro‘y beradi; -surunkali zaharlanish - organizmga ZZMning nisbatan oz miqdorda, asta-sekin, uzoq vaqt davomida ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarishda ZZM juda ko‘p salbiy oqibatlarga ham sababchi bo‘ladi. Ular organizmning immunobiologik qarshiligini pasaytiradi: yuqori nafas yo‘llari qatori, sil, buyrak, yurak - qon tomirlari tizimi kasalliklari kabilar rivojlanishiga imkon yaratib berishi mumkin. Allergik (astma, ekzema va boshqa), avloddan avlodga o‘tuvchi , mayib-majruxlikka olib keluvchi va bir qator keyinchalik avj oladigan oqibatlar keltirib chiqaradigan ZZMlar mavjud. ZZM ichida organizmda o‘smalar rivojlanishiga imkon yaratadigan kanserogen moddalar mavjud bo‘lib, ular jumlasiga turli murakkab moddalar kiradi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan bog‘liq ob’yektlarda avariya va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda avariyaqutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Bunday ob’ektlarda o‘z vaqtida va sifatli razvedka ishlarini olib borish muhim ahamiyatga egadir. Razvedkani radiatsiya va kimyoviy razvedka tuzilmalaridan tashkil etilgan guruh zvenolari olib boradi. Ular avariya sodir bo‘lgan joyini va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddaning turini, hudud va ob’ektining eng xavfsiz yo‘nalishlarini aniqlaydi. Zaruriyati bor deb topilganda tuproq, suv va boshqa tashqi muhit ob’ektlaridan namunalar oladilar va tahlil qilish uchun laboratoriyaga yuboradilar, kimyoviy zaharlangan hudud o‘chog‘ida odamlarning holatlarini baholaydilar. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning hududga yoki atmosferaga tarqalayotganligini aniqlash bilanoq ob’yekt ishchi va xizmatchilari hamda yaqin-atrofda yashovchi aholiga xavf haqida xabar beriladi. Avariya haqidagi xabarni eshitgan aholi darhol nafas olish yo‘llarini muhofaza qilish niqoblarini hamda terini muhofaza qiluvchi eng oddiy kiyimlar (plash, yopinchiq) larni kiyib olishlari kerak. Uyda bo‘lgan aholi deraza va darchalarni mahkamlab yopishi, yashash joyiga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitishi, elektr isitgich asboblari, gaz o‘choqlari va boshqa yonayotgan asbobuskunalarni o‘chirishlari kerak.
OB’YEKTDA KIMYOVIY HOLATNI BAHOLASH USLUBIYATI. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli manbalar bilan ishlaydigan yoki ularni saqlaydigan korxonalarda hamda kimyoviy hujum vaqtida odamlarni himoya qilishni tashkil qilish maqsadida kimyoviy holatni baholash amalga oshiriladi. 1. Zaharli moddaning tarqalish uzunligi (chuqurligi) aniqlanadi. 1 - rasmdan foydalanib temperaturalar farqi (Δt) va shamol tezligi (V) bo‘yicha havoning vertikal turg‘unligi holatini aniqlaymiz. Zaxarli moddaning tarqalish uzunligi (chuqurligi) (G) ni 1.1 jadvaldan foydalanib quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz.



bu yerda: G1 - shamol tezligi 1 m/s bo‘lgandagi zaharli moddaning tarqalish maydoni uzunligi, (-jadvaldan); K - shamol tezligi har xil bo‘lganda o‘zgarish kirituvchi kattalik.


2. Zaharlangan maydonining enini (Sh, km) aniqlanadi. Zaharlangan maydonning eni havoning vertikal holatlariga bog‘liq ravishda aniqlanadi.

bu yerda: Sh - Zaharlangan maydonining eni, km; Vt - Havoning vertikal turg‘unligini hisobga olgan holda qo‘llaniladigan kattalik.
-inversiya holatida Vt = 0,03;
-izotermiya holatida Vt = 0,15;
-konveksiya holatida Vt = 0,8;

3. Ob’yekt hududida zaharli moddaning tarqalish uzunligi va eniga bog‘liq holda zaharlangan maydon yuzasi aniqlanadi.



Bu yerda: S – Zaharlangan maydon yuzasi, km2 ; A, b – mos ravishda zaharlangan maydonning uzunligi va eni, a=G; b=Sh
4. Kimyoviy zaharli moddaning ob’yektga yetib kelishining ehtimoliy vaqti aniqlanadi. Agar kimyoviy xavfli ob’yektdagi avariya manbai ma’lum masofada joylashgan bo‘lsa, zaharlangan havoni ma’lum bir ob’ektga yetib kelishining ehtimoliy vaqti (t) quyidagicha hisoblanadi:

bu yerda: l-avariya manbaidan ob’yektgacha bo‘lgan masofa, km; u - zaharlangan havo oqimining nisbiy tezligi, u=1,56 m/sek.
5. Ob’yekt hududida zaharli moddaning tarqalish natijasida zaharlanish o‘chog‘ida odamlarning ehtimoliy talofatini aniqlanadi. Buni aniqlashda ob’yektdagi ishchi xodimlarning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi va odamlarning turgan joy sharoiti (ochiq yoki yopiq) inobatga olinadi.
=
Ob’yektning ochiq joyi deganda – zaharli moddalar tarqalgan hududlarda ularni taqalishiga qarshilik qiladigan manbalarning yo‘qligi tushiniladi. Ob’yektning yopiq joyi deganda – zaharli moddalar tarqalgan hududlarda ularni tarqalishiga qarshilik qiladigan manbalarning borligi tushuniladi. Qarshilik qiladigan manba sifatida binolar, daraxtlar yoki tabiiy tepaliklar tushuniladi.
Ochiq joydagi odamlarning ehtimoliy talofatini aniqlaymiz. Ochiq joydagi odamlar himoyalanganligiga qarab yengil, o‘rta va og‘ir darajada zararlanishi mumkin. Odamlarning yengil darajada zararlanishini aniqlaymiz.

bu yerda N0 - ochiq joydagi odamlarning soni, kishi; nyen – ochiq joydagi odamlarning yengil darajada zararlanishi, 25 %;

Odamlarning o‘rta darajada zararlanishini aniqlaymiz.

bu yerda N0 - ochiq joydagi odamlarning soni, kishi; no’rt. – ochiq joydagi odamlarning yengil darajada zararlanishi, 35 %; Odamlarning og‘ir darajada zararlanishini aniqlaymiz.


bu yerda N0 - ochiq joydagi odamlarning soni, kishi; nog’. – ochiq joydagi odamlarning yengil darajada zararlanishi, 40 %;
Yopiq joydagi odamlarning ehtimoliy talofatini aniqlaymiz. Yopiq joydagi odamlar himoyalanganligiga qarab yengil, o‘rta va og‘ir darajada zararlanishi mumkin. Odamlarning yengil darajada zararlanishini aniqlaymiz:

bu yerda Nyo - yopiq joydagi odamlarning soni, kishi; nyen – yopiq joydagi odamlarning yengil darajada zararlanishi, 40 %; Odamlarning o‘rta darajada zararlanishini aniqlaymiz.

bu yerda Nyo - yopiq joydagi odamlarning soni, kishi; no’rt. – yopiq joydagi odamlarning yengil darajada zararlanishi, 35 %;
Odamlarning og‘ir darajada zararlanishini aniqlaymiz.

bu yerda Nyo - yopiq joydagi odamlarning soni, kishi; nog’. – yopiq joydagi odamlarning yengil darajada zararlanishi, 25 %;
Masala. Chirchiq shahar markazidan 3 km masofada joylashgan kimyo kombinatida zilzila ta’sirida 5 tonna oltingugurtli vodorod solingan idish qulab tushishi natijasida oltingugurt vodorodi tarqala boshladi. Kombinatdagi ishchilar soni 670 kishidan iborat. Kombinatdagi himoya vositalari bilan ta’minlangan ishchilar soni 95 kishini tashkil etadi. Hududdagi shamolning yo‘nalishi Shimoliy sharq tomondan bo‘lib uning tezligi 2,5 m/s ni tashkil etadi. Kombinat hududidagi haroratlar farqi -0,7 0S ni bo‘lib ob’yektning holati ochiqdir. Kombinatda tarqalgan zaharli moddaning maydonini va ehtimoliy zarar ko‘rgan odamlar sonini aniqlang.

1.1- jadval


Zaharli moddaning ta’sir miqdoriga va har xil tezligiga bog‘liq holda zaharlangan havo bulutining tarqalish maydoni uzunligi, (G1 , km)

Zaharli modda turlarining nomlanishi

Manbadagi zaharli moddaning hajmi, tonna

Shamol tezligi
m/sek

(K)

Inversiyada

Izotermiyada

Konveksiyada

Kinv

Kizo

Kkon

1,0

5,0

10,0

1,0

5,0

10,0

1,0

5,0

10,0


Yüklə 91,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin