O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
"Tasdiqlayman" Toshkent tibbiyot akademiyasi
rektori A.Q.Shadmanov
_________________________
20___ yil "____" _________
IQTISODIYOT NAZARIYASI MODUL DASTURI
Ta'lim sohasi:
500000
– Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot
Ta'lim yo'nalishi:
60411200
– Menejment: Sog'liqni saqlash menejmenti
Toshkent -2022
Modul kodi UKMSVST
O'quv yili 2022-2023
Semestr 1
Kreditlar 5
Modul turi Majburiy
Ta'lim tili O'zbek/ rus
Xaftadagi dars soatlari 3.8
1.
Modul nomi
Auditoriya mashg'ulotlar (soat)
Mustaqil ta'lim (soat)
Jami yuklama (soat)
IQTISODIYOT NAZARIYASI
75
75
150
2.
I. Modulning mazmuni Modulni o'qitishdan maqsad – talabalarga iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o'rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilish.
Modulning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo'lgan uslubiy yondashuvlarni egallashga ko'maklashish, ular ongiga milliy istiqlol g'oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish, iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to'g'risida amaliy ko'nikmalarni hosil qilish.
II. Asosiy nazariy qism(ma'ruza mashg'ulotlari) 1 - modul. Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va bozor mexanizmlarini amal qilishi 1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va rivojlanishida iqtisodiy ta'limotlarning o'rni. Ijtimoiy – iqtisodiy tizimlar. Iqtisodiyot tushunchasi, uning tarkibi va tuzulishi. Iqtisodiy faoliyat va takror ishlab chiqarish jarayoni. Iqtisodiyotning bosh masalasi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari. Iqtisodiyot nazariyasining boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi.
Ilmiy bilishning usullari. Iqtisodiy modellar tushunchasi. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o'sib borishi qonuni. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va uning turlari. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o'rtasidagi bog'liqlik. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: merkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va marjinalizm. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar.
Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Ishlab chiqarish omillari to'g'risidagi nazariyalar. Ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar: formatsion, madaniylashgan, mulkiy, texnologik industirial, taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanish hamda siklli rivojlanish, darajasi jihatidan yondashuv.
Iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizim modellari: an'anaviy iqtisodiyot, buyruqli iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari: erkin raqobatga asoslangan va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti.
2-mavzu. Mulkchilik munosabatlari va xo’jalik yuritish shakllari. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni. Mulk obyekti va subyekti. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari. Mulk shakllarining tasniflanishi. Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o'rni. Mulkchilik shakllarini o'zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. O'zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari. Natural va tovar ishlab chiqarish, ularning belgilari va farqlari. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi sabablari. Qiymatning mehnat nazariyasi. Qiymat qonuni. Tovar qiymatining farqlanishi shart-sharoitlari. Qiymat paradoksi. Pulning kelib chiqishi va mazmuni. Pulning vazifalari: qiymat o'lchovi, muomala vositasi, jamg'arish vositasi, to'lov vositasi. Hozirgi zamon pulining tabiati va mazmuni. Oltin va qog'oz pullarning o'zaro bog'liqligi. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari.
O'zbekistonda milliy valyuta – so'mning muomalaga kiritilishi bosqichlari va ularning ahamiyati. Milliy valyuta barqarorligini oshirish vazifalarini hal etish borasidagi dasturlar.