Iqtisodiyot nazariyasi modul dasturi


mavzu: Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul muomalasi, kredit va banklar



Yüklə 34,55 Kb.
səhifə3/8
tarix23.11.2022
ölçüsü34,55 Kb.
#70030
1   2   3   4   5   6   7   8
1 kurs Иктисод назарияси Модул дастури 2022 23 Менежмент

6 mavzu: Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul muomalasi, kredit va banklar.
Moliya-kredit munosabatlari, pul shaklida xarakatlar, Turli jamg‘armalarning xarakati. Moliya davlatning xo‘jalik faoliyati jarayoniga ta’sir ko‘rsatishining asosiy dastagi, Moliya munosabatlarining subektlari, Moliya munosabatlarining obekti, Moliyaning ragbatlantiruvchilik vazifasi, Moliyaviy nazorat, Iqtisodiy axborot berish. Moliyaviy vositalar (xarajatlar, amortizatsiya, aksiya, divident, soliqlar, to‘lovlar, boj xaqi, sug‘urta xaqi,subsidiya, dotatsiya, kompensatsiya). Davlat budjeti. Davlat xarajatlari. Kredit moxiyati. Bank tizimi.
7 mavzu: Investitsiya va investitsion siyosat. Ishchi kuchi bandligi va mehnat bozori.
Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari. Investor va investitsion faollik tushunchalari. Investitsiyalarning manbalari va tuzilishi. Investitsiyalarga sarflar darajasini belgilovchi omillar. Yalpi va sof investitsiyalar. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o'zgarishining iqtisodiyotga ta'siri. Jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi nisbat. Jamg'arma va investitsiya o'rtasidagi muvozanatning klassik va keynscha modellari, ular o'rtasidagi farqlar.
O'zbekistonda investistion faoliyatni ta'minlash va uning shart-sharoitlari. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda ichki investitsiyalarning o'rni va chet el investitsiyalarini jalb qilishning ahamiyati. "Iqtisodiy taraqqiyot" va "iqtisodiy rivojlanish" tushunchalari mazmuni.
Mehnat haqi. Ish haqi to'g'risida turlicha nazariyalar. Ish haqining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Nominal va real ish haqi. Ish haqining tabaqalanishi. Ish haqini tashkil qilish shakllari va tizimlari. Tarif tizimi. Minimal ish haqi. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar. Ishchi kuchi bozorining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari.
8 mavzu: Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning ro’li.
Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi. Iqtisodiyotni tartibga solishning klassik, monetaristik, keynscha nazariyalari.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi. Davlatning iqtisodiy vazifalari: bozor munosabatlari qatnashchilarini huquqiy himoyalash, raqobatchilik muhitini vujudga keltirish; resurslar, mahsulotlar va daromadlarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotning va pul muomalasining barqarorligini ta'minlash; tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish. Fan-texnika taraqqiyoti, tarkibiy, ijtimoiy va mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda davlatning o'rni.



Yüklə 34,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin