VI. Ta'lim natijalari/ kasbiy kompetentsiyalar Talaba bilishi kerak: - iqtisodiyot nazariyasi asoslari;
- fanining vujudga kelishidagi asosiy ta'limotlar va uning rivojlanishining asosiy yo'nalishlari;
- milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini;
- makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni;
- iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlari hamda ularning asosiy g'oyalari to'g'risida yaxshi tasavvurga ega bo'lishi; (bilim) - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning o'zaro aloqa va bog'liqligini;
- resurslarning cheklanganligini va aholi farovonligini oshirish maqsadida ulardan muqobil foydalanish usullarini;
- talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usularini;
- iqtisodiy jarayonlarni matematik usullar orqali tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- iqtisodiyotning turli: mikro, mezo, makro, mega darajasida optimal qaror qabul qilish;
- iqtisodiyotni boshqarish va makroiqtisodiyotda muvozanatga erishish;
- barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash va boshqa muammolarni hal qilish;
- iqtisodiy qonunlarni;
- ilmiy tushunchalar (kategoriyalar) ni;
- iqtisodiy muammolar bo'yicha yechimlar qabul qilish ko'nikmalariga ega bo'lish;(ko'nikma) - bakalavrlar mazkur fanni o'rganish jarayonida olgan bilimlarini umumlashtirish, undan to'g'ri xulosa chiqarish va kelajakda amaliyotda undan foydalanish;
- talaba iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish;
- iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar to'plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo'lishi kerak. .(malaka).