I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchilarda muqobil (qayta tiklanuvchi) energiya, muqobil energiya manbalari va qurilmalari, energiya tejamkor texnologiyalar, muqobil energiyadan foydalanishning ekologiya va atrof muhit sofligini saqlashdagi ahamiyati, muqobil energiyaga oid ta’lim jarayonini rivojlantirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish.
Fanning vazifasi – ta’lim oluvchilarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari, sohada olib borilayotgan tadqiqotlar, respublikamizda muqobil energiya manabalari qurilmalaridan xalq xo‘jaligida foydalanish, qurilmalarni loyihalash va hisoblash malakasini hosil qilishdir.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: Kirish. Dunyodagi energetik muammolar. Dunyodagi energetik muammolar. Energetik muammolarning ekologik muammolar bilan uyg‘unligi. Energetik muammolarning yechish yo‘llari. Energiyadan oqilona foydalanishda muqobil energiya manbalarining ahamiyati.
Muqobil energiya manbalari va ularning turlari. Muqobil energiya manbalari va ularning turlari haqida tushuncha. Ekologik toza energiya manbaalari. O‘zbekistonda energetika siyosati.
Quyosh energiyasidan foydalanish. Quyosh energiyasidan foydalanish usullari. Quyosh energiyasini o‘lchash usullari. “Issiq qutti” ning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Past haroratli quyosh qurilmalari. Past haroratli quyosh suv chuchitgichlari. Energetika ta’minotida ishlatiladigan quyosh suv isitgichlari. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishda foydalaniladigan quritgichlar. Quyosh issiqxonalari.
Yuqori haroratli quyosh qurilmalari. Quyosh energiyasini to‘plash usullari. Quyosh oshxonalari. Quyosh pechlari.
Quyosh fotoelektrik tizimlari. Quyosh fotoelektrik panellarining tuzilishi va ishlash jarayoni. Quyosh fotoelektrik panellaridan energiya ta’minotida foydalanish. Quyosh fotoelektrik panellarini o‘rnatish va loyihalash. Quyosh qurilmalarining sxemasi bilan tanishish.
Shamol energiyasi. Shamol energiyasidan foydalanish imkoniyatlari. Shamol energiyasidan foydalanish qurilmalarining tuzilishi va ishlash jarayoni.
Suv energiyasidan foydalanish. Oqar suv energiyasidan fooydalanish. Dengiz suvining to‘qin energiyasi. Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi.
Geotermal energiya. Geotermal energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari. Geotermal energiydan foydalanishda jahon tajribasi. O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning mavjud imkoniyatlari.
Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish qurilmalari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish qurilmalari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish qurilmalarining tuzilishi va ishlash jarayoni.
Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarishda xomashyo turlari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart talablari.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi. Ishlab chiqariladigan energiyani nazorat qilishda elektr o‘lchov asboblarining qo‘llanilishi. Invertorlarning ishlash jarayoni. Iste’mol qilinadigan quvvatni nazorat qilish. Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi. Ekologik samaradorlikni boshqa turdagi elektrostansiyalar bilan taqqoslash.
2.2. Ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuni