Axborot tizimlari va texnologiyalari
Reja:
Axborot tushunchasi
Axborot tizimi uning turlari va tarkibi
Axborot tizimlarining ta`minotlari Axborot tizimlarini loyihalash Axborot texnologiyalari asoslari
Axborot tizimlarining rivojlanish yo`nalishlari
Axborot tushunchasi
XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir.
«Axborot» so`zi lotincha «information» so`zidan olingan bo`lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma`lumot, degan ma`noni anglatadi. Keng ma`noda axborot moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo`layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta`sir etib, ob`ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo`llaniladi.
Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`liq, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Texnik axborot
Agrobiologik axborot
Siyosiy axborot
Huquqiy axborot
Iqtisodiy axborot va boshqalar
Dostları ilə paylaş: |