Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
470
Abdurahmon Jomiy 1492 yil 8 noyabrda Hirotda vafot etgan. Abdurahmon Jomiyning «Fotihat 
ush-shabob» («Yigitlik ibtidosi». 1479), «Vasat ul-iqd» («O‘rtacha marvarid shodasi», 1489), 
«Hotimat ul-hayot» («Hayotning xotimasi», 1491) kabi devonlari ma’lum. Adib «Silsilat uz-zahab» 
(«Oltin zanjir», 1472), «Salomon va Absol», 1480—81 «Tuhfat ul-ahror» («Hur kishilarning tuhfasi», 
1481—82). «Sabhat ul-abror» («Yaxshi kishilarning tasbihi», 1482— 83), «Yusuf na Zulayho», 1483, 
«Layli va Majnun», 1483, «Xiradnomai Iskandari» 1485 kabi dostonlarning muallifidir. Shoir mazkur 
yetti dostonni birlashtirib «Haft avrang» («Yetti qaroqchi yulduz») nomini bergan. Shuniig uchun ham 
uning bu dostonlar majmuasi ko‘proq «Haft avrang» nomi bilan mashhur bo‘lgan. 
Jomiyning «Bahoriston» asari ham malum. Shoir adabiyotshunoslik sohasida «Risolai aruz», 
«Risolai qofiya», «Risolai muammo» kabi asarlar yaratgan. Adib tasavvuf va falsafaga oid «Naqshi-
fusus» («Javohirlar naqshi»), «Naqd un-nusus» («Nusues tanqidi»), «Ashiat ul-la’mat» («Shu’lalar 
ziyosi»), «Nafohat ul-uns» («Do‘stlarning nafasi») kabi asarlarining ham muallifidir. 
2. Birinchi misra oxiridagi «tuhfa» so‘zi Abdurahmon Jomiy «Xamsa»sining birinchi dostoni—
«Tuhfat ul-ahror»ga ishora. Ikkinchi misradagi «tuhfa»—sovg‘a ma’nosida ishlatiladi. 
3. «Subha»— Jomiy «Xamsa»sidagi dostonning qisqartirilgan nomi. 
4. Jomiyning «Yusuf va Zulayho» dostoniga ishora. 
5. «Layli va Majnun»—Jomiy asari. 
VIII 
1. Radd-ul-ajz-s-sadr san’ati ishlatilgan bu baytning mazmuni: «Vujud sajdadan bunday foydalar 
ko‘rsa, sajda qilmaganlarni bevujud desa bo‘ladi». 
2. Ikki baytning mazmuni: «Avval g‘azal aytishga qasd qilib, jahon ichiga ulug‘ qiyomat soldim. 
Sog‘ odamlar buni o‘qigan vaqtlarida, olamda qiyomat kunini ko‘rganday bo‘ladilar». 
3. Bunday kichik ishga hech qanoatlana olmadim, ko‘nglimda doimo ulug‘ muddao — orzu, 
maqsad (epik asarlar yozish) bor edi. 
4. Ul — Xudo. 
5. Bu bayt Toshkentda 1949 yilda nashr etilgan shoir «Tanlangan asarlarining V kitobida (27-bet) 
quyidagicha" berilgan: 
Chu hotif menga bu nido ayladi, 
Sen etgan adoni ado ayladi. 
6. Navoiy baytning birinchi misraida «etib to‘rti itmomg‘a» deganda yaratayotgan «Xamsa»sining 
to‘rt dostoni («Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor»)ni ko‘zda 
tutgan bo‘lsa, ikkinchi misrada «biri yetmamish erdi» deganda hali yozib tugallanmagan (Saddi 
Iskandariy»—T. A.) dostonini ko‘zda tutmoqda. 
7. Nazm elining shahi — Abdurahmon Jomiy ko‘zda tutilmoqda. 
8. Baytdagi alar—Nizomiy va Xusrav Dehlaviy bo‘lib; bu bir — Jomiy demakdir. 
9. Bu so‘zni «xush» shaklida yozsalar ham, «xash» o‘qib, «kash» bilan qofiyadosh qilish odat 
bo‘lgan. 
IX 
1. Shohi G‘oziy—Navoiy o‘z asarlarida Husayn Boyqaroni ko‘pincha shu unvon bilan yuritadi. 
2. Ul iki uy — Jannat bilan Do‘zax. 
3. Sulgon Husayn — Sulton Husayn Biyqaro 1418 yili tug‘ilgan, 1469 yili Hirotda taxtga o‘tirib, 
37 yil hukmronlik qilgan. U Husayniy taxallusi bilan g‘azallar yozgan. Alisher Navoiy «Ma-olisun-


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin