5-sinf. Adabiyot darsi. Darsning mavzusi: Erkin Vohidov hayoti va ijodi. “ Nido “ dostoni Darsning maqsadi: a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarni O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodi bilan tanishtirish, “Nido” dostonining mazmun – mohiyatini anglatish;
b)tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni hozirgi zamonimizga shukronalik ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish,mustaqil fikr bildirish qobiliyatini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Dars metodi: noan’aviy
Dars shakllari: “Ifodali o’qish daqiqasi”, “Mozaika”, guruhlarda ishlash, “Detektiv”, “Assisment” ta’limiy usullari
Dars jihozi:proyektor, slaydlar, Erkin Vohidov suratlari va kitoblari, tarqatmalar, rag’bat kartochkalar
Dars shiori: “Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligingni sezish – bu katta baxt “
( Erkin Vohidov )
Dars rejasi: I.Darsni tashkil qilish. 2 daqiqa
II.O’tgan darsni so’rash. 13 daqiqa
III.Yangi mavzu bayoni. 10 daqiqa
IV. Mustahkamlash. 15 daqiqa
V. Baholash. 3 daqiqa
VI. Uyga vazifa berib, darsni yakunlash. 2 daqiqa
Darsning borishi:Dars tashkil qilinadi.O’quvchilar uch guruhga bo’linadi. Guruhlar “Nido”, “Maqsad”, “Qasamyod” deb nomlanadi.
-Salom aziz bolalar,
Adabiyot muxlislari.
Diqqat qiling, boshlandi,
Muqaddas dars onlari.
II.Dars “Ifodali o’qish daqiqasi” bilan boshlanadi.O’tgan darsda o’tilgan Abdulla Avloniyning “Vatanni suymak” she’ri o’quvchilarga ifodali yod ayttiriladi. Keyin o’tgan mavzu “Mozaika” ta’limiy usuli orqali mustahkamlanadi.O’quvchilar Abdulla Avloniy she’rlarini nechog’lik o’rganganlari tekshiriladi.Har bir guruhga Abdulla Avloniyning “Vatan” she’ridan ikkita to’rtlikdan har bir so’zi qirqilgan qog’oz tarqatiladi.O’quvchilar 5 daqiqada so’zlarni she’r holiga keltirishi kerak.
Masalan, muqaddasdur, olur Sening bizni qadring dardni bilmas- anjir, bizni...