Kirish: tanishuv



Yüklə 18,23 Kb.
tarix29.10.2022
ölçüsü18,23 Kb.
#66713
Hikoya KIRISH














REJA:

  1. KIRISH: TANISHUV

  2. ASOSIY QISM:

  3. Uchrashuv;

  4. G’alati holat;

  5. Ayriliq;

Salom. Ismim shohruh. Nega bunchalik sodda boshlandi deb hayron bolayotgandursiz, ammo mening hayotimda ham, hammasi shunday boshlandi. Hammasi yahshi edi. Hayotim bir maromda ketar, kunlar ortidan kunlar o’tardi.
Haliyam esimda:
Qish! Kunlar juda ham sovuq, aksiga olib qor yog’ar, o’quvchilar maktabdan chiqib qor bo’ron oynashardi. O'shanda 8-sinfda o’qirdim. Hamma kabi biz ham qor bo’ron o’ynardik. 13-yanvar, bollar intizorlik bilan 14-yanvarni kutardi. Hammaning hayolida shu va hammaning bu kungi mavzusiga aylangandi. Abbos har doimgidek “Menga sovg’a bersa omiman, 8-martda qaytarish kerak”deb hangoma qilardi. Boshqa sinfdoshlarimning og’zida faqatgina paralel sinfdagi yangi qiz haqidagi mavzu. Shunday qilib bu kun ham shunday o’tdi. hammasini o’zgartirgan va hayotimdagi o’chmas izni qoldirgan kun ham keldi. Yani 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”. Ha bizga aloqasi yo’qdir, ammo bu kundan bizga ham foyda bor edi. Bo’lajak Vatan himoyachilari deb bizni ham tabriklashardi. Ko’pchilik qizlar bu kunda asosan yahshi ko’rgan yigitini tabriklashardi. 2018-yil 14 yanvar hayotimdagi eng muhim kun. Hech qachon bu sana esimdan chiqmaydi deb o’ylayman. Har doimgidek maktab darvozasini ro’parasidagi kopmyuter klubi yonida, do’stlarim bilan gaplashib turgandik. Va birdaniga orqamdan bir ovoz eshtilganday bo’ldi. Orqamga qaradim. Sochi sarg’ish, boyi o’rtacha, va juda chiroyli bir qizni ko’rdim. Hayron bo’ldim, menimcha qaysidir do’stimning tanishi bo’lsa kerak deb indamay chetroq suruldim. Menga rus tilida salom berib, qolidagi sovg’ani uzatdi. Stop!!! Shu vaqtda miyyam birdan to’xtab qoldi. Dovdirab nima qilishni ham bilmay qoldim.
U qizni birinchi marta ko’rib turgandim. Sovg'ani olmadim. Lekin aylanishga taklif qildim. Maktab ortidagi mahhalaga borib o’tirdik. Shunda u bilan yaqinroq tanishib olishga vaziyat paydo bo’ldi. Men uchun bu ertakdek tuyulardi. Va tanishib oldik. Ismi Sabrina ekan. 17- maktabning 7-b sinfida o’qirkan. Meni qayerdan tanishi haqida ham so’rab oldim. Mening bir do’stim ham aynan 17-maktabda o’qirdi uning oldiga ko’p borib turardim. Meni o’shanda ko’rgan ekan. Va ancha vaqt kuzatib, qayerda o’qishimni ham bilib olibdi. Ishonish qiyinu, lekin men uning bu gaplariga ishondim. Ancha vaqt gaplashib otirdik. Soatga qarasam sal kam ikki yarim soatdan ko’proq vaqt o’tibdi. Sumkamni qo’limga oldimda. Sabrina bilan hayirlashib uyga qaytdim. Ertasiga maktabdan chiqishimda Sabrinani darvoza oldida ko’rdim. Yoniga borgim kelmadi ammo bordim. To'g’ri juda chiroyli qiz edi. Lekin baribir menga yoqmagandi. Chunki rus edi. Yoniga bordim. Salomlashdik va nega kelganini so’radim. Qo'liga qarasam yana kechagi sovg’a. Yana qo’limga tutib olishimni iltimos qildi. Meni esa g’ururim yo’l qo’ymay yana rad etdim. Olmayman deb turib oldim. U esa mendan ham qaysar ekan. Baribir sovg’ani olishga majbur qildi. Ha sovg’a unchalik katta emasdi lekn sovg’aning hajmi muhim emasdi. Muhimi etibor. Sovg'a qutisini ichida “ROLEX” brendidagi qimmat soat bor edi. To'g’risi kutmagandim. Bu soat o’sha paytlarda qimmat turardi. Kimning qo’lida bo’lsa anchagina obro olib kelardi. Shunda bildimki Sabrina anchagina boy oyladan ekan. Nega aynan meni tanlaganini bilmadimu lekin menda ko’li borligini his qilganday bo’ldim. Bunga jiddiy qaramasdim.













Yüklə 18,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin