Mavzu: Sovuq va mo‘tadil iqlim mintaqalari Reja: 1. Iqlim mintaqalari. 2. Arktika iqlim mintaqasi. 3. Subarktika iqlim mintaqasi 4. Mo‘tadil mintaqa iqlim Iqlim mintaqalari. Materikning shimoldan janubga qarab katta masofaga cho‘zilganligi tufayli uning iqlim sharoiti juda ham xilma-xil. Sovuq iqlim mintaqalariga arktika va subarktika iqlim mintaqalari kiradi.
Arktika iqlim mintaqasi.Yevrosiyoning Arktikadagi orollarini va quruqlikning Shimoliy Muz okeaniga tutashib turgan qismini ishg‘ol etadi. Bu yerda yil davomida sovuq arktika havo massasi hukmronlik qiladi. Harorat yoz oylarida ham past (+1 +3 °C) bo‘ladi, qishda esa qattiq sovuq uzoq davom etadi. Yozi juda qisqa bo‘lib, qutb quyoshi bir necha oy ufqdan biroz ko‘tarilib turadi va quruqlik yuzasini isita olmaydi. Qishning o‘rtacha harorati (–40 °C) past bo‘lib, qor bo‘ronlari takrorlanib turadi. Yillik yog‘in 50 — 100 mm atrofida qor shaklida yog‘adi. Quruqliklarning asosiy qismi muz va qor bilan qoplangan.
Subarktika iqlim mintaqasig‘arbda Skandinaviya yarimorolining shimolidan sharqda Bering dengizi sohiligacha davom etadi. Yoz oylarida o‘rtacha harorat +4 °C dan +14 °C gacha ko‘-tariladi. Yil davomida sovuq shamollar esib turadi, bulutli kunlar ko‘p bo‘ladi. Bu yerga 200 — 400 mm atrofida yog‘in tushadi. Mo‘tadil iqlim mintaqasiYevrosiyoning eng katta qismini egallab olgan. U g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Tinch okean sohillarigacha davom etadi.
Mo‘tadil mintaqa iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan keladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib topgan kontinental havo massasi va Tinch okeandan keladigan musson havosi muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun bu yerda mo‘tadil iqlim mintaqasining dengiz, mo‘tadil-kontinental, kontinentalva musson iqlim tiðlari hosil bo‘ladi. Yevrosiyoning g‘arbiy qismida Atlantika okeanidan keladigan iliq havo massalarining ta’siri tufayli qish yumshoq, yoz salqin bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati 0 °C atrofida, iyulniki esa +15 +20 °C ga teng. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi va uning o‘rtacha yillik miqdori 1 000 mm dan oshadi. Mo‘tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohillarida musson shamollari hukmron. Bu havo massalari fasllarga qarab almashinib turadi va mo‘tadil mintaqaning musson iqlim tiðini hosil qiladi. Yog‘ingarchilik, asosan, yoz oylarida bo‘ladi (yillik yog‘in miqdorining 90 % i aprel-noyabr oylariga to‘g‘ri keladi), qishda esa aksincha, yog‘in kam tushadi (100 mm).
Atama, tayanch tushuncha va nomlar Sovuq mintaqalar, arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim mintaqalari, iqlim tiðlari.
Nazorat uchun savollar 1. Mo‘tadil iqlim mintaqasida iqlimning qanday tiðlari bor?
2. Bu mintaqalarda harorat va yog‘inlar miqdori uzoqlik bo‘ylab qanday o‘zgaradi?
Amaliy mashg‘ulotlar 1. Sovuq va mo‘tadil mintaqalarini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Daftaringizga iqlim tiðlarini tavsiflab yozing.