Guliston davlat universiteti «pedagogika va psixologiya»



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.06.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31977
  1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogika va psixologiya


O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS  TA’LIM VAZIRLIGI 

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 

«PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA»  

fanidan   

Ma’ruza matn 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Guliston -2015

 

 

 

 



Pedagogikani o’rganish zarurati.  

Ma’rifiy qadriyatlar va maqsadlar 

 

1. Olam va dunyoqarash. 

2. Pedagogika(ma’rifat)-kasbiy 

 etuklikka etaklash omili sifatida. 

3.O’zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlar 

4.Ta’lim, tarbiya va shaxs kamoloti jarayonlarining o’zaro munosabati 

Moddiy narsalar odamga  jismoniy oziq va  quvvat  bersa,  ma’naviyat  unga  ruhiy oziq va  qudrat  bag’ishlaydi. 

Faqat  moddiy jihatdan ta’minlanishi bilan kifoyalanishi  – ongsiz va ruhsiz  maxluqlarga xos ma’naviyatga intilish esa 

ruh va ong egasi bo’lmish odamlarga xos fazilatdir. 

Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir. Tilimizda «ba’mani odam» degan ibora bor. Bu iboraga 

loyiq bo’lish ulkan baxtdir. 

Ma’naviyat  –  jamiyatning,  millatning  va  yoki  ayrim  bir  kishining  ichki  hayoti,  ruhiy  kechinmalari,  aqliy  qobiliyati, 

idrokini mujassamlantiruvchi tushuncha. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq eta boradi. 

Ma’rifat  tabiat,  jamiyat  va  odam  haqidagi  keng,  turli-tuman  bilimlar,  ma’lumotlar  majmuasi  bo’lib,  u  kishilarda 

insonparvarlik  ma’naviyatini  shakllantirishga  xizmat  qiladi.  Ma’rifat  ma’naviyatga  nisbatan  ko’proq  amaliy  ishlar, 

jumladan, maktabgacha tarbiya, maktab, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi o’quv-o’kituv ishlarini uyushtirish va 

takomillashtirish bilan bog’liq. 

Ma’naviyat  esa  ma’rifatga  nisbatan  keng  qamrovli  tushuncha  bo’lib,  o’z  vazifalarini  ma’rifatga  suyangan  holda 

bajaradi, jamiyatning hamma sohalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. 

Ma’naviyat  dunyoqarash  negizidir.  Kasb-kori,  bilim  darajasi,  turmushdagi  mavqyeidan  aloqador  bo’laveradilar. 

Ma’naviyat  jamiyat,  millat  va  shaxsning  butun  ongli  hayoti  va  faoliyati  davomida  shakllanib,  boyib,  takomillashib 

boradi. 


Yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash avvalo oiladan boshlanadi. Oila mustahkam, tinch va farovon bo’lsagina, jamiyatda 

barqarorlik vujudga keladi. 

Ulug’  bobomiz  Abu  Nasr  Farobiy:  «Agar  inson  ezgulikka  intilib  yashasa,  uning  umri  quvonchli  va  go’zal  kechadi, 

go’zal hayot esa xalq nazarida ham, xudo nazarida ham yuksakdir», degan edi. 

Biz yoshlarni ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz ular ongida ijobiy o’zgarishlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan 

katta kuch hisoblanadi.  

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim-tarbiyaning mazmuni va mohiyatida, usullari va shukllarida jiddiy 

«o’zgarishlar» ro’y beradi. Ta’lim-tarbiyada moddiy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o’rinni egalladi. 

Tariximiz,  madaniyatimiz,  milliy  urf-odatlarga  e’tibor  kuchaydi.  Haqiqatan  ham,  bugungi  kunda  O’zbekiston 

mustaqilligini  mustahkamlash  va  kelajakda  istiqlol  istiqbolini  rivojlantirish,  avvalo  komil  insonlarga  bog’liq.  Chunki 

bunday insonlar tufayli fan va madaniyat, sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlanadi. Zero, axloqiy madaniyat vazifalaridan 

biri komil insonni voyaga yetkazish, uni tarbiyalashdan iborat. 

Komil  inson  O’zbekiston  mustaqilligini  mustahkamlashda  o’z  e’tiqodi,  g’ayrat-shijoati,  madaniyati,  bilimi  va  ularni 

tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. U jamiyatda, jamoada xalqlar va millatlar o’rtasida do’stlik, sog’lom turmush 

tarzini yaxshilashga qaratilgan muhitni vujudga keltirishga intiladi. 

Komil  insonni  shakllantirishda  maktabda,  oilada,  sog’lom  ma’naviy  muhit  barqaro  bo’lishiga  erishish  muhim 

ahamiyatga ega. Chunki sog’lom muhit natijasidagini axloqiy fazilatlar tarkib topadi. 

Ota-onalar  o’z  farzandlarini  komil  insonlar  qilib  tarbiyalashi,  ularda  Vatanga  muhabbat,  mehnati  va  fidoyiligi  bilan 

o’zgalarga  foyda  keltirish,  sadoqat,  samimiylik  kabi  xislatlarni  kamol  toptirishga  xizmat  qiladi.  Farzandlarimizning 

bunday insonlar bo’lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o’zaro mehr-muhabbati ham samarali ta’sir ko’rsatadi. 

Kishi o’z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko’p intilsa, shunchalik o’z xato-kamchiliklarini anglab boradi. 

Turon  zaminimiz  xalqlari  axloqiy  tarbiya  sohasida  boy  an’analarga  ega.  Axloqqa  oid  dastlabki  fikrlar  «Avesto» 

kitobida,  qadimgi  bitiklarda  va  boshqa  yozma  manbalarda  o’z  ifodasini  topgan.  Bulardan  tashqari,  o’zbek  xalqi 

o’rtasidaa keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarda, allomalar 

merosida axloqiy masalalarga keng o’rin berilgan. 

Hadisi  shariflardagi  axloqqa  oid  ibratli  maslahatlar,  hikoyatlar,  asrlar  davomida  ajdodlarimiz  hayotida  tarkib  topgan 

milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navioy, Bobur singari buyuk allamalar, 

olimlar,  yozuvchilarning  axloq  haqidagi  ko’plab  fikr-mulohazalari  bugungi  kunda  ham  oilaviy  hayot  uchun,  har  bir 

inson  uchun  qadr-qimmatini  yo’qotmagan  muhim  tarbiyaviy  ahamiyatga  molikdir.  Jumladan,  Amir  Temur  axloqi 

husniya  –  yaxshi  xulqlar  egasi  bo’lgan.  U  oqil  va  tadbirli  sarkarnda  sifatida  odamlarni  ishga  tayinlashda  ham, 

vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan, balki yetti o’lchab bir kesgan. 

A.Temur  singari jahon  ma’naviyati saltanatida  o’z  o’rinlariga  ega  bo’lgan buyuk bobokalonlarimizning  axloq, go’zal 

xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.  

«O’g’illarim!  Millatning  ulug’  martabasini,  saodatini  saqlamoq  uchun  sizlarga  qoldirayotgan  vasiyat  va  tuzuklarni 

yaxshi o’qing, aslo unutmang va tadbiq eting. 

Millatning  dardlariga  darmon  bo’lmok  vazifangizdir.  Zaiflarni  qo’riqlang,  yo’qsillarni  boylar  zulmiga  tashlamang. 

Adolat  va  ozodlik  dasturingiz,  rahbaringiz  bo’lsin.  Men  kabi  uzun  saltanat  so’rmok  istasangiz,  qilichingizni  yaxshi 

o’ylab chekingiz. Bir daf’a chekkandan so’ngra-da uni ustalik la qo’llangiz, orangizdan nifoq tuxumlari ekilmasligini 

uchun ko’p diqqat bo’ling. Ularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas». 


 

Amir Temurning bu vasiyatlaridan uning o’z xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug’laganini,  kamtarin, 

adolat  va  ozodlik  uchun  kurashuvchan,  axloqiy  madaniyati  yuksak  inson  bo’lganligini  ko’rish  mumkin.  Shuningdek, 

Ismoil  Al  Buxoriy  «Axloqning  yaxshi  bo’lishi,  taomning  pokizaligi,  rostlik  va  omonatga  xiyonat  qilmaslik  shart, 

dunyoviy ishlardan chetta qolgan bo’lsang ham zarari yo’qdir», - deb yozadi. 

Urta Osiyo matafakkirlarining axloq haqidagi fikrlari, o’gitlari shunday uchga egaki, ular o’quvchilar qalbida insoniylik 

urug’larining unib chiqishiga, katta hayot yo’liga olib chiqishga yordam qiladi, ma’naviy kuch-quvvat beradi. Xalqiga 

va  qarindosh-urug’lariga  qulidan  kelgan  barcha  yaxshiliklarni  qilish,  ularning  hurmatini  joyiga  qo’yish  kabi  insoniy 

fazilatlarni shakllantiradi.  Bu esa  iymonli,  e’tiqodli,  g’ururli,  odobli shaxsni voyaga  yetkazishning asosiy  maqsadidir. 

Shu  bois  biz  uchun  qadrli  bo’lgan  Abu  Nasr  Farobiy,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Yusuf  Xos  Hojib,  Abu  Ali  ibn  Sino, 

Alisher  Navoiy  kabi  ulug’  mutafakkirlarning  axloqiy  qarashlari  va  qadriyatlaridan  mustaqil  O’zbekiston  istiqlolini 

mustahkamlada, o’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda, kundalik turmushimizda keng foydalanishimiz 

maqsadga muvofiqdir. 

Shuni  aytish  kerakki,  xalqimiz  axloq-odobni  qadimdan  ulug’lab  kelgan.  Chunki  axloq-odob  insonga  husn,  latofat 

bag’ishlagan. O’rta Osiyo mutafakkirlari o’z asarlarida axloqiy g’oyalarni doimo tarannum etib, xalqni oriflik, fozillik, 

komillik darajasiga ko’tarishga chorlaganlar. Bu borada Abu Nasr Farobiyning ijodi diqqatga sazovordir. 

Farobiyning  ijodini  o’rganish  o’qituvchilarning  axloq,  ta’lim-tarbiya  sohasida  olib  boradigan  ishlariga  keng 

imkoniyatlar yaratadi. 

Farobiy inson axloqi haqida gapirar ekan, uning xislatlarini qo’yidagicha ta’riflaydi: 

1. 


Bunday  odamning  barcha  a’zolari  shu  darajada  mukammal  taraqqiy  etgan  bo’lishi  zarurki,  u  bu  a’zolari 

bilan bajarmoqchi bo’lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin; 

2. 

Barcha  masalani,  muhokama  va  mulohazani  tezdan  va  to’g’ri  tushuna  oladigan,  uning  ma’nosini  anglay 



oladigan so’zlovchining maqsadi, aytilgan fikrining chinligi tezda payqay oladigan bo’lsin; 

3. 


Xotirasi  juda  baquvvat  bo’lsin,  ko’rgan,  eshitgan,  sezgan  narsalarining  birortasini  ham  esidan  chiqarmay, 

yodda saqlab qoladigan bo’lsin; 

4. 

Zehni  shu  darajada  tez  va  o’tkir  bo’lsinki,  biror  narsaning  alomatini  sezish  bilan  bu  alomat  nimani 



bildirishligini tezda bilib olsin; 

5. 


So’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin; 

6. 


Bilish va o’qishga muhabbatli bo’lsin, o’rganmoqchi bo’lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan 

o’zlashtira olsin; 

7. 

Ovqatlanishda,  ichimlik  iste’mol  qilishda  ochko’z  bo’lmasin,  tabiati  qimor  o’yinlarini  o’ynashdan  uzoq 



bo’lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo’lsin; 

8. 


Haqiqatni  va  haqiqat  tarafdorlarini  sevadigan  bo’lsin,  yolg’on  va  yolg’onchilarga  nafrat  bilan  qaraydigan 

bo’lsin; 

9. 

Ruhining g’ururi va vijdonini qadrlaydigan bo’lsin, uning ruhi va o’z tabiati bilan past ishlardan yuqori va 



oliy janob ishlarga ishlatiladigan bo’lsin; 

10. 


 O’z  tabiati  bilan  adolatni  sevadigan  va  adolat  uchun  kurashuvchilarga,  adolatsizlikni,  jabr,  zulm 

o’tkazuvchilarga  nafrat  bilan  qaraydigan  bo’lsin,  o’z  odamlari  va  boshqalarga  adolatli  bo’lsin,  go’zal  va  yaxshi 

hisoblangan  narsalarni  barchaga  taqdim  etgan  holda  odamlarni  adolatga  targ’ib  etadigan,  adolatsizlik  oqibatlarini 

yuqotadigan, ularga yo’l quymaydigan bo’lsin; 

11. 

 Adolatli bo’lsin, ammo qaysar bo’lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o’zbilarmonlikka berilmasin, lekin 



har  qanday  adolatsizlik,  pastkashlik  oldida  lafzli  bo’lsin,  o’zi  zarur  deb  bilgan  narsasini  amalga  oshirishda  qat’iylik 

ko’rsatsin: qo’rqmas, jasur bo’lsin, qo’rquv va ojizlikni bilmasin.  

     Forobiyning  fikricha  insonning  axloqli,  saxovatli  va  aql-idrokli  bo’lishida  bilimlarni  egallash  muhim  ahamiyatga 

egadir. Inson bilimi orqaligina o’z maqsadiga erisha oladi. 

Abu  Nasr  Forobiy  «Insoniy  vujuddan  maqsad  –  eng  oliy  baxt-saodatga  erishuvidir;  avvalo  u  baxt-saodat  –  nima  va 

nimalardan iborat ekanligini bilish, unga erishuvni o’ziga g’oya eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun 

bo’lishi kerak. Keyin u baxt-saodatga olib boradigan ish, amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini bilib olishi 

zarur. So’ngra esa baxt-saodatga erishtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog’i lozim bo’ladi», deb ta’kidlaydi. 

Forobiy  axloqiy  madaniyatning  fazilatlaridan  hisoblangan  saxovat  masalasiga  alohida  e’tibor  bergan.  U  o’z 

zamonasidagi adolatsizliklarga befarq bo’lmagan. Buyuk allomaning ta’kidlashicha, kishilar o’rtasidagi o’zaro yordam, 

do’stona va qardoshlik munosabatlari, saxovatli bo’lish, ozodlik, rohat, farog’at kalitidir. 

Ibn Sino insonning umumiy fazilati, kishilarda  yaxshi va  yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablarini «Olloh haqida 

risola» asarida ko’rsatib o’tadi. Olim bu asarida yaxshi va yomon xulqlar odamlarning odatidan, hukumat ahillarining 

salbiy ta’siridan paydo bo’lishini ta’kidlaydi. Abu Ali ibn Sinoning ma’naviyat va axloq haqidagi qarashlari uning shoh 

asarlari bo’lmish «Tib qonunlari», «Ash-shifo» va boshqa asarlarida ham o’z ifodasini topgan. 

Ibn Sino ta’limotiga ko’ra, odamga do’st tutinishning uch xil yo’li bor: «birinchidan, har qanday qiyinchilik bo’lishiga 

qaramay, kishi o’z do’stini falokatdan qutqarishini, ikkinchidan, g’oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo’lgan 

chinakam  va  doimiy  do’stlikni  va  uchinchidan  esa  kishining  mansabi,  puli  yoki  mavqyeiga  qarab  o’zining  shaxsiy 

manfaatini qondirish ko’zda tutilgan do’stlik bo’ladi».  

O’rta  Osiyo  mutafakkirlaridan  biri  Yu.X.Hojibning  asarlarida  ham  ma’naviy  madaniyat  keng  o’ring  egallagan. 

Mutafakkir  «Qutadg’u  bilig»  dostonida  hokim  bilan  xalq  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlar  masalasiga  e’tibor  beradi. 

Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo’lsalar barcha fuqarosi boyiydi, olam guliston bo’ladi, shuningdek: «hamma 



 

narsaning  qoidasi,  tartibi,  ta’limi  bor,  tartib,  odob  qoidalarini  to’g’ri  tutsa,  kishining  yuzi    yorug’  bo’ladi»  deb 

ta’kidlaydi.  

Inson kamolotining fazilatlaridan hisoblangan adolat tushunchasi va adolat tuyg’usi Alisher Navoiy donishmandligining 

asosini  tashkil  etadi.  uning  fikricha,  ongning  mavjudligi  adolatning  mavjudligidir.  Adolatsiz  ong  ong  emas.  Insoniyat 

tirikligining davomiyligini ta’minlaydigan birdan-bir narsa ham adolatdir. 

Axloq g’oyasi bolaning ma’naviy tarbiyasi va yetukligining asosi hisoblanadi. 

«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go’zalroq 

va  badavlat  odamlardan  hurmatliroqdir.  Odobli  odam  o’z  tengdoshlari  orasida  ham  tahsinga  sazovor  bo’lib,  hyech 

qanday  ehson  bermay,  kattadan-kichik,  hammani  shod  qiladi,  hyech  qanaqa  hadya  qilmay  kishilarning  g’amini 

tarqatadi. 

Odob  –  kichik  yoshlilarni  kattalar  duosiga  sazovor  etadi,  yoshlar  u  duo  barakasidan  umrbod  bahramand  bo’ladilar. 

Odob  –  ulug’lar  kunglida  yoshlarga  mehr  uyg’otadi  va  u  odobli  yoshga  bo’lgan  muhabbat  kunglida  abadiy  qoladi. 

Yoshlarni ko’pga ulug’ qilib ko’rsatadigan fe’l-atvor odobdir, odoblilarning yurish-turishida xalq ulug’vorlik ko’radi. 

Odob  –  kishilar  tarafidan  qilinishi  mumkin  bo’lgan  hurmatsizlik  eshigini  berkitadi  va  odamni  hazil-mazaxdan, 

kamsitishdan saqlaydi. Odob – odam tabiatiga insoniylik baxsh etadi. 

Odob – mehr-muhabbatning zeb-ziynatidir, odobsizlik – do’stlikka putr yetkazadi. Odob do’stlik oynasiga jilo beradi va 

ikki oraga yorug’lik bag’ishlaydi. 

Odob  –  urug’ini  ekkan  odamning  hosili  javohir  bo’ladi.  Odobli  va  go’zal  xulqli  odamlar  ko’payaversa,  xalqning 

do’stligi, ularning bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Agar kishi odob kabi xulqqa ega bo’lsa, 

o’zi  ham  xalqning  hurmatiga  sazovor  bo’ladi.  Do’stlar  orasida  shu  kabi  suhbat  va  shu  yo’sinda  hamjihatlik  bo’lsa, 

qanday yaxshi. Bunday aql, ittifoq, muhabbatli, odobli bo’lish do’stlar uchun baxtiyorlikdir». 

Shunday qilib,O’rta Osiyo allomalarining bizga qoldirgan ma’naviy va moddiy qadriyatlari mazmunan boy va shaklan 

g’oyat rang-barangdir. Xalqimiz tarixida ma’naviy madaniyat ta’limoti doimo rivojlanib takomillashib borgan. XVI-XX 

asrlar davomida unga salmoqli hissa qo’shgan Turdi, Mashrab, Gulxaniy, Munis Xorazmiy, Muqimiy, Furqat, Abdulla 

Avloniy,  Shakuriy,  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy,  Behbudiy  va  Avaz  O’tar  kabi  qator  ilg’or  shoir  va  allomalar  haqida 

ko’p mulohazalar bayon qilish mumkin. 

O’rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob haqidagi fikrlarini, qoldirgan ma’naviy qadriyatlarini o’rganishning amaliy 

ahamiyati shundan iboratki, unda axloqiy odob madaniyatidan tashqari xalqimizning qadimiy urf-odatlari va udumlari, 

an’analari ham yaxshi yoritilgan.  

Tarixning  guvohlik  berishicha,  har  bir  xalq  va  millat  o’zlarining  iptidoiy  davrida,  o’zligini  namoyon  qilishga, 

milliyligini  saqlab  qolishga  va  uni  toboro  rivojlantirib  borishga  harakat  qilib  kelganlar.  Tarbiyaning  bunday 

ko’rinishlari va uning o’ziga xos shakllari xilma-xildir. Shu o’rinda milliy qahramonimiz Spitamenning vatanparvarlik 

yo’lida olib borgan mardonavor kurashlari yuqoridagi fikrimizga dalil bo’la oladi. 

Ilm-fanda  mo’jizalar  yaratgan  Al  Xorazmiy,  Forobiy,  Ahmad  Farg’oniy,  Ibn  Sino,  Beruniy  va  boshqa  ko’plab 

ajdodlarimiz  qaysi  zaminda  yashamasin,  qaysi  tilda  asarlar  yaratmasin,  o’z  elini,  urf-odatlarini  unutmaganlar,  doimo 

«o’zbek» degan nomni ulug’laganlar. 

Milliy  an’analarimizni  o’rganishda  Mahmud  Qoshg’ariy  va  Yusuf  Xos  Hojib  singari  mashhur  siymolarning  ham 

xizmatlari beqiyosdir. 

Amir  Temur,  Mirzo  Ulug’bek,  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  Abulg’ozi  Bahodirxon,  Nodirabegim, 

Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy kabi yorqin siymolarning sa’y-harakatlarini aytmaysizmi?! Haqiqatdan ham, bu davr el-

yurtimiz tarixini, madaniyatini va san’atini o’rganishning oltin davrini tashkil etadi.  

Har bir xalqning ana shu ulkan ma’naviy qadriyatlari chuqur tomir otib ketgan o’q ildizlari bilan jahon madaniyatida 

o’ziga xos o’rin tutadi.  

Turkiston  qadim-qadimdan  hunarmandchiligi,  pazandachiligi,  dehqonchiligi,  ilm-fani,  san’ati  va  adabiyoti,  bir  so’z 

bilan aytganda ma’naviyati yuksakligi jihatidan olamga mashhurdir. Mehnatsevarlik, yerga mehr quyish, kasbiga ixlos, 

mehmondo’stlik, mehr-shafqatlilik, odamgarchilik, ota-onaga hurmat, kattalarni siylash, aka-uka, opa-singil, qarindosh-

urug’lar o’rtasidagi  mehr-oqibat, peshona  teri evaziga  topilgan risq-nasibaga  qanoat  qilib  yashash, beva-bechoralarga 

muruvvatlilik  xalqimizga  xos  odatlardir.  Bu  urf-odat,  an’ana  va  marosimlarda  xalqimizning  qator  noyob  fazilatlari, 

insonparvarlik xislatlari mujassam. 

Odat    -  xalqlarning  ichki  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  mezon  va  an’analar  majmuasi.  «Odat»  so’zi  udum,  urf, 

an’ana va marosim tushunchalari o’rnida qo’llaniladi. 

Marosim esa odatning amaliy ko’rinishidir. O’zbek xalqi juda ham boy xilma-xil odat va an’analarga ega. 

Milliy  urf-odatlar,  an’analar  tarixiy-ijtimoiy  kategoriya  bo’lib,  ular  muayyan  millatning  tarixiy  taraqqiyoti  jarayonida 

avloddan-avlodga  o’tib  kelgan  ishlab  chiqarish,  tirikchilik,  maishat,  xulq-atvor  va  boshqalarda  o’ziga  xoslikka  ega 

bo’lib, rasm-rusumga aylangan munosabatlardir. Urf-odatlar asrlar davomida yashab, kishilarning axloqiy normalariga 

aylangan holda, ularning qon-qoniga, hatti-harakatiga, kundalik turmushi shakllariga singib ketgan. 

Kishilarning o’z xalqi urf-odatlari va an’analariga amal qilmasliklari xalq qadriyatlarini bilmaslikka olib keladi. Chunki, 

har bir milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz negizida milliy ruh, ma’naviyat, qadr-qimmat kabi ulug’ insoniy fazilatlar 

yotadi. 


O’z  qadr-qimmatini  bilish  kishini  xudbinlikdan  saqlaydi,  o’zini  boshqalar  tomonidan  kamsitilishiga  yo’l  qo’ymaydi. 

Shuningdek, o’z qadr-qimmatini, izzat-nafsini hurmat qiladigan inson o’zgalarni hurlamaydi, u faqat yaxshilik qilishni 

o’ylaydi. 


 

Inson bolasi yoshligidan yaxshi va yomon odatlarning qaysinisiga ko’nikib, o’rganib qolgan bo’lsa, bu odat uni bir umr 

tark etmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda, «O’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas» kabi maqollar bor. 

XX  asr  boshlarida  pedagogik  fikrlar  tarqqiyotining  asoschisi  A.Avloniy  axloqni  shunday  ta’riflaydi:  «Insonlarni 

yaxshilikka  chaqiruvchi,  yomonlikdan  qaytarguvchi  bir  ilmdir.  Yaxshi  xulqlarning  yaxshiligini,  yomon  xulqlarning 

yomonligini dalil va misollar bilan bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. 

Axloq ilmini o’qub, bilib amal qilgan kishilar o’zining kim ekanini, janobi haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima 

ish  qilmoq  uchun  yurganin  bilur.  Bir  kishi  o’zdan  xabardor  bo’lmasa,  ilmni,  ulamoni,  yaxshi  kishilarni,  yaxshi 

narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. O’z aybini bilib, iqror qilub, tuzatmoqqa sa’y qilgan kishi chin 

bahodir va pahlavon kishidir.» 

O’zbekistonning mustaqilligi tufayli ma’naviy tarbiya mazmunini tashkil etuvchi xalqimizning milliy ruhiyati, yuksak 

insoniy  fazilatlari,  ma’naviyati,  ezgu  orzu-umidlari  yorqin  ifodasini  topishi  uchun  keng  imkoniyatlar  paydo  bo’ldi. 

yangi  shakllanib  kelayotgan  mustaqil  O’zbekiston  davlatining  asosiy  maqsadi  –  jamiyatni  ma’naviy  yuksaltirish, 

madaniyatli – barkamol insonni tarbiyalash, yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdir.   

Savol va topshiriqlar 

1. 


Olam va dunyoqarash tushunchalarini ta’riflang. 

2. Pedagogika(ma’rifat)-kasbiy 

 etuklikka etaklash omili deganda nimani tushunasiz? 

3.O’zbek pedagogikasida ma’rifiy qadriyatlarning tutgan o’rni. 

4.Ta’lim, tarbiya va shaxs kamoloti jarayonlarining o’zaro munosabati haqida nimalarni bilasiz? 

 

Ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi  

1.Jahon ma’rifiy fikrlarining tarixiy-pedagogik tahlili. 

2.O’zbekiston hududida eng qadimgi davrdan mustaqillikgacha bo’lgan davrlarda ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti 

3. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim-tarbiya 

Tarixiy  taraqqiyotning  keyingi  davrlariga  kelib,  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  o’rnini  yangi  ijtimoiy  foyrmasiya  – 

quldorlik  tuzumi  egalladi.  Qadimiy  Sharqda  birinchi  sinfiy  jamiyatlar  paydo  bo’ldi  hamda  moddiy  va  ma’naviy 

madaniyatga  asos  solindi.  Ayniqsa,  Qadimgi  Yunoniston  (Gretsiya)  xalqlari  bu  madaniyatni  ma’lum  darajada  qabul 

qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon madaniyatiga, maorifiga o’zining ulkan hissasini qo’shdi. 

Darhaqiqat,  tarixiy  taraqqiyot  davomida  turli  mamlakatlar  va  xalqlar  jahon  madaniyatiga  turlicha  hissa  qo’shganlar. 

Masalan,  Xitoyda  birinchi  marta  qog’oz  ixtiro  qilingan.  Hindistonda  hisoblashning  o’nlik  sistemasi  kashf  etilgan. 

Mesopotamiyada  esa  yer  kurrasini  graduslarga,  sutkani  soatlar,  minutlar  va  daqiqalarga  bo’lish  o’ylab  topilgan 

(graduslar ham, soatlar ham hisoblashning oltilik tizimiga asoslangan). 

Eramiz  boshlanishidan  oldin  Markaziy  Osiyoning  janubiy  chekkasiga  yaqin  bo’lgan  joyda  O’rta  dengiz  bilan 

Hindistonni  birlashtiruvchi  karvon  yo’li  qurilgan.  So’ngra  Markaziy  Osiyo  orqali  Xitoyda  O’rta  dengizga  tomon 

«Buyuk ipak yo’li» ochilgan. Natijada Markaziy Osiyo xalqaro savdo-sotiq markazi bo’lib qolgan. Bu esa o’z navbatida 

Markaziy  osiyo  vohalarida  madaniyatning  rivojlanishiga  ta’sir  ko’rsatgan.  Ayniqsa,  qadimgi  Bnonistonda  madaniyat, 

tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa qadimiy Sharq mamlakatlariga nisbatan juda erta rivojlangan. 

Yunoniston  unchalik  katta  bo’lmagan  bir  qancha  quldorlik  davlatlaridan  iborat  mamalakat  bo’lgan.  Uning  eng  katta 

shaharlaridan  Lakoniya  (poytaxti  Sparta)  va  Attika  (poytaxti  Afina)  ayniqas  madaniyat  markazi  bo’lishi  bilan  o’ta 

mo’tabar edi. Bu shaharlarning har qaysisida tarbiyaning boshqa  mamlakatlaridan farqli alohida tizimi vujudga keldi. 

Va bu tarbiya tizimi shaharlar nomi bilan yuritilib «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo’ldi. Har 

ikkala  shaharning  iqtisodiy  va  siyosiy  taraqqiyotidagi  ba’zi  bir  xususiyatlar  hamda  madaniyat  darajasi  turlicha 

bo’lganligi tufayli har ikki tizim bir-biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron 

edi. Shuning uchun ham bu davlatlarda ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalari manfaatini ko’zlar edi. 

Tarbiya  ishlari  davlat  ixtiyorida  bo’lib,  uning  asosiy  maqsadi  spartaliklarning  bolalarini  baquvvat,  jismoniy  sog’lom, 

bardoshli,  chiniqqan  jangchilar  qilib  tarbiyalashdan  iborat  bo’lish  bilan  birga  bo’lajak  quldorlarni  ham  tarbiyalashni 

nazarda tutar edi. 

Spartaliklar  bolalari  7  yoshgacha  uyda  yashar,  keyin  «agella»  deb  ataluvchi  aloxida  davlat  tomonidan  tashil 

etilgan tarbiya muassasasiga joylashtirilar va 18 yoshga yetgunicha ularga ana shu muassasalarda ta’lim-tarbiya berilar 

edi.  Bu  muassasalarning  rahbarlari  davlat  tomonidan  obro’li,  taniqli  kishilardan  tayin  qilinar  edi.  Bunday  kishilar 

«pedonom» deb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilardi. Ayniqsa, o’smirlar tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi. 

Ular jismoniy sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, 

og’riqqa  bardosh  berishga  ham  o’rganib  borilardi.  Ta’lim  jarayonining  asosiy  qismini  harbiy  gimnastika  mashqlari 

egallar edi. Bu bilan yosh spartalilarni yugurishdan, sakrashdan, disk va  nayza oat bilishdan, kurashish  va qo’l bilan 

jang qilish usullaridan saboq berilardi. Shuningdek, harbiy tusdagi maxsus o’yinlar ham o’rgatilardi. Spartaning kelajak 

vorislari  jismoniy  baquvvat,  hyech  narsadan  qo’rqmaydigan,  botir  jangchi,  o’z  vatanini,  xalqini  har  qanday  ofatdan 

himoya qila oladigan bo’lib yetishardi. 

Qadimgi  Gresiyadagi  tarbiyaviy  ishlar  shunisi  bilan  o’ziga  xos  ediki,  unda  bolani  nafaqat  jismoniy  chiniqtirishgina 

emas, balki ma’naviy tomondan ham barkamol bo’lishi nazarda tutilardi. Unda asosan bolalarga musiqa, ashula va diniy 

raqslar ham o’rgatilgan. Bu mashg’ulotlarning mazmuni jangovor hamda harbiy tusda bo’lgan. 

Qadimgi  grek  tarixchisi,  faylasuf  olimi  Plutarx  Sparta  maktablaridagi  ta’lim-tarbiya  haqida  gapirib  shunday  deydi: 

«O’qish va yozish – bolalarga faqat ularning eng zaruri o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hyech 

so’zsiz itoat qildirishni, chidamli bo’lishni va yengish  ilmini o’rgatishni ko’zda tutadi». 



 

Spartada  qizlar  tarbiyasiga  ham  alohida  e’tibor  berilgan,  ya’ni  ular  ham  harbiy  va  jismoniy  tarbiya  malakalari  bilan 

qurollantirib borilgan. Bunday maqsad erkaklar qullar qo’zg’olonini bostirmoq uchun urushga ketgan vaqtlarida qizlar, 

ayollar  shaharni,  uy-joyni  qo’riqlash  maqsadida  qurollanib  qo’riqchilik  vazifasini  o’tar,  qullarni  esa  itoat  saqlashini 

ta’minlar edilar. 

Qadimgi  Gresiyaning  ikkinchi  bosh  shaharlaridan  biri  Afinada  esa  hayot,  tartib,  intizom,  maktab  tizimi  va 

undagi  ta’lim-tarbiya  spartanikidan  butunlay  farq  qilar  edi.  Chunki  Afinadagi  iqtisodiy  xayot  Spartadagi  singari 

cheklanib quyilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. 

Afinada  eramizdan  ilgarigi  V-VI  asrlarda  madaniyat  barq  urib  o’sdi.  Dunyoqarashning  keyingi  hamma  turlari  Grek 

falsafasining xilma-xil shakllarida kurtak holida namoyon bo’ldi. ayniqsa, tabiyot ilmi, matematika, tarix, san’at, ajoyib 

grek me’morchiligi va haykaltaroshligi taraqqiy qildi. 

Afinada eng ko’rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk kishini o’zlarining «ideali» 

deb hisoblar edi. 

Afinada  dastlab  bolalar  (7  yoshdan  13-14  yoshgacha)  «gramma  tist»,  (grammatika  mutaxassisligi  demakdir,  savod 

o’qituvchisi ma’nosida) va  «kifarist» (grekcha  muzika demak, muzika o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda (yoki shu 

maktablarning ikkovida ham, yo bo’lmasa avval grammatist maktabida, so’ngra esa kifarist maktabida)o’qitilar edi. Bu 

maktablar xususiy bo’lib, haq to’lanar edi. Shuning uchun ham puli yo’q (demos deb atalgan) fuqarolarning bolalari bu 

maktablarda ta’lim ololmas edi. 

Bu  kabi  maktablarda  «didaskol»  deb  atalgan  o’qituvchilar  mashg’ulot  olib  borar  edilar.  (Men  o’qitaman  degan 

ma’nodagi «didasko» so’zidan keyinroq «didaktika» - ta’lim nazariyasi kelib chiqqan). 

O’g’il bolalarni maktabga qullar yetaklab borishgan. Bunday qo’llar «pedagog» deb atalgan («pays» bola, «agogeyn»  - 

yetaklab borish degan so’zlardan olingan). 

Afinadagi  grammatist  maktabidagi  ta’lim-tarbiyaning  mazmuni  o’qish,  yozish  va  hisoblashni  o’rgatishdan  iborat 

bo’lgan. 

O’qish  harflarni  hijjalab  o’qitish  usulida  olib  borilib,  bolalar  harflarning  nomlarini  (alfa,  beta,  gamma,  va 

hokazo)  yodlab  olar,  so’ngra  shu  harflarni  qo’shib  bo’g’inlar  yasar,  bo’g’inlarni  qo’shib  so’zlar  yasardilar.  Yozuvni 

o’rgatishda  mum  surilgan  yaltiroq taxtachalardan foydalanilar edi.  Bunday  taxtachalarga ingichka  cho’p bilan  harflar 

yozilar  edi.  Barmoqlar,  sopolak  toshlar  va  sanoq  taxtasi  (hozirgi  cho’tga  o’xshash  asbob)  yordami  bilan  hisoblash 

o’rgatilar edi. Kifarist maktabida o’g’il bolalar adabiy bilim, estetik mazmundagi deklomasiyalar o’rgatilar («Iliada» va 

«Odessiya» dan parchalar o’qitilar) edi.   

Yunonistonda  maktab  va  madaniyatning  tez  rivojlanishi  pedagogik  nazariyasining  ham  tug’ilishiga  imkon  yaratadi. 

Pedagogik nazariyasiga olim va faylasuflardan Sokrat, Platon, Arastu va Demokritlar asos soldilar. 

Ular pedagogika sohasidagi dastlabki qarashlarini jamoat oldida so’zlagan nutqlarida, ilmiy asarlarida bayon etdilar. 

Sokrat  (eramizdan  avvalgi  469-399  yillar)  o’zining  demokratik  ijtimoiy  chiqishiga  qaramay  (u  kambag’al  hunarmand 

o’g’li edi), kanservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o’z 

aksini  topdi.  Sokratning  fikricha  tarbiyadan  kutilgan  maqsad,  buyumlar  tabiatini  o’rganish  bo’lmay,  balki  kishining 

bilib olishi, axloqni kamol toptirishi bo’lmog’i lozim edi. Ham faylasuf, ham notiq  Sokrat keng maydonlarda, jamiyat 

oldida  so’zlarga  chiqib  axloqqa  doir  masalalar  yuzasidan  suhbatlar  o’tkazar,  tinglovchilarni  savol-javob  yo’li  bilan 

haqiqatni o’zlari uylab topishlariga undar, shu yo’l bilan odamlarni haqiqatni izlashga o’rgatar edi. Suhbatning bu usuli 

o’sha  paytda  «Sokrat  usuli»  deb  atalgan.  «Sokrat  usuli»  dan  keyingi  davrlar  uslubiyatida  suhbatni  «fikr  qo’zg’ovchi 

savollar usuli» nomida o’tkazish paydo bo’ldi. 

Umuman Sokrat yaratgan axloqiy etika maktabi umumiy fazilat, bir qator xususiy fazilatlardan, ya’ni jasurlik, donolik, 

mo’tadillik, adolat va boshqalardan tashkil topdi. U har bir fazilatning u yoki bu turdagi bilimlardan iborat ekanligini 

asoslab  berdi.  Ya’ni,  mardlik  –  qo’rquvni  daf  qilishni,  donolik  –  qonunlarga  rioya  qilishni,  mo’tadillik  –  o’z 

hissiyotlariga erk bermaslik, adolat – yaxshilikni qanday qanday qilib amalga oshirishni o’rgatadi, deb ta’lim berdi. Shu 

sababli  u  odamni  fazilatli  hayotga  o’rgatishdan  oldin,  inson  eng  avvalo  umumiy  etika  mezonlarini,  inson  uchun 

muqaddas  bo’lgan  barchaga  xos  umumiy  fazilatlarni  bilishi  zarur,  deydi.  Shuningdek,  u  –  kimgaki  olijanob  insoniy 

fazilatlarni bilish ravo ko’rilgan bo’lsa, ana shu odamgina yaxshi fazilatni ko’rsata olishi mumkin deyish bilan, fazilat 

va  bilimni  aynan  bir  narsa  deb  saboq  beradi.  Uning  fikricha,  insonlardagi  fazilat,  ya’ni  axloqiy  fazilatlar  fan  tufayli, 

ta’lim berish bilan qo’lga kiritilganligi sababli, axloqiy rivojlanish axloq asosini tashkil etar ekan. 

Qadimgi  Gresiyaning  mashhur  faylasuflaridan  yana  biri  Platon  eramizdan  ilgari  (424-347  yillar)  –  idealist 

faylasuf  Sokratning  shogirdi,  obyektiv  idealizm  nazariyasining  asoschisi  edi.  U  «g’oyalar  dunyosi  ni  birlamchi,  his 

qilinuvchi narsalar dunyosini ikkilamchi deb hisobladi.  

Platon  tanadan  tashqarida  mavjud  bo’lgan  narsalar  haqidagi  nazariyani  olg’a  surdi  va  bu  tanadan  tashqarida  bo’lgan 

narsalarni «tur» yoki «ideyalar» deb atadi. 

Platon  odamni  hodisalar  dunyosi  deb  ikkiga  bo’lib  o’rgandi.  Uning  nazarida,  narsalar  ideyalar  olamining  soyasidir, 

xolos. 

Platonning  fikricha,  bolalar  3  yoshdan  boshlab  6  yoshgacha  davlat  tomonidan  tayinlab  quyilgan  tarbiyachilar 



rahbarligida  maydonchalarda  turli  o’yinlar  o’ynash  bilan  shug’ullanishlari  muhim  bo’lgan.  Platon  o’yinlarni 

maktabgacha tarbiya vositasi deb hisoblab, ularga katta ahamiyat beradi, shuningdek, bolalarga hikoya qilib beriladigan 

materiallarni  sinchiklab  tanlash  kerakligini  ham  uqtirib  o’tadi.  U  bolalarga  eng  yoshlik  chog’idanoq  ijtimoiy  tarbiya 

berish tarafdori edi. 

Bolalar 7 yoshdan 12  yoshgacha davlat  maktablariga qatnaydalir va bunday  maktablarda ularga o’qish,  yozish, hisob, 

musiqa va ashula o’rgatiladi. 



 

Bolalar 12 yoshdan 16 yoshgacha  odatdagi badantarbiya  mashqlari o’rganiladigan palastrada, ya’ni jismoniy 

tarbiya  maktabida  o’qiydilar.  Palastrani  tamomlagan  o’spirinlar  18  yoshgacha  hisob,  geometriya  va  astronomiyani 

o’rganadilar,  bunda  ko’proq  amaliy  maqsadlar  (ularni  jangchilar  qilib  tayyorlash)  ko’zda  tutilgan.  18  yoshdan  20 

yoshgacha yigitlar «Efebiya»da tarbiyalanadilar, ya’ni harbiy gimnastika tayyorgarligini o’taydilar. Aqliy mashg’ulotga 

mayli bo’lmagan yigitlar 20 yoshdan boshlab jangchilar qatoriga o’tadilar. Abstrakt tafakkurga qobiliyati borligi ochiq 

ko’ringan yoshlar, ya’ni yigitlarning ozroq qismi 30 yoshga qadar falsafa, shuningdek, hisob, geometriya, astronomiya 

va musiqa nazariyasini o’rganish bilan shug’ullanib, shu tariqa ilm olishning uchinchi, oliy bosqichini o’tadilar, ammo 

bunda amaliy  maqsad ko’zda tutilmasdan, balki falsafa  – nazariyani mukammal o’rganish ko’zda tutiladi. Shu tariqa 

ular  davlat  mansablarida  ishlashga  tayyorlanadilar.  Iste’dodi  g’oyat  o’tkir  ekanligi  ma’lum  bo’lgan  va  juda  ozchilikni 

tashkil etgan yigitlar falsafa ilmini o’rganishni yana 5 yil (35 yoshga qadar) davom ettiradilar, shundan so’ng 35 dan 50 

yoshgacha davlatni boshqaruvchi kishilar bo’lib qoladilar. 

Platoning shogirdi bo’lgan, makedoniyalik Iskandarni tarbiyalagan, qadimgi Gresiyaning eng yirik idealist-faylasufi va 

olimi  Arastu  (eramizdan  ilgarigi  384-322  yillar)  ning  pedagogika  nazariyasini  yaratishdagi  va  uni  rivojlantirishdagi 

xizmatlari juda ulkan. 

Platon olamni g’oyalar dunyosi va hodisalar dunyosi deb ikkiga bo’lgan bo’lsa, uning shogirdi Arastu olamni yaxlit deb 

bildi  va  narsalarni  o’zidan  ajratib  bo’lmaydi,  dedi.  Arastuning  aytishicha,  g’oyani  shaklga  o’xshatish  mumkin.  Har 

qanday buyumda biz uning moddasini va shaklini ko’rishimiz mumkin. moddada narsalar bo’lishi uchun imkoniyatlar 

bor; modda biron shakl olganidan so’nggina narsa bo’lib qoladi. Chunonchi, marmarning o’zi bir moddadir, ammo unga 

ma’lum shakl berilsa, haykal tusini olishi mumkin. 

Butun  hayot  taraqqiyot  jarayonidir,  bu  jarayon  Arastuning  fikricha,  tashqi  kuchlarning  ta’siri  ostida  sodir  bo’lmaydi, 

balki ichki taraqqiyotning o’zidir. Arastu tashqi olamning mavjudligiga shubha qilmaydi va  hissiy tajribani, sezgilarni 

bilishning asosi deb hisoblaydi. Arastuning ta’kidlashicha, bilishdagi xatolar noto’g’ri tafakkurdan, ya’ni hissiy tajribani 

noto’g’ri talqin qilishdan kelib chiqadi. Eng muhimi shundaki, Arastu shakl bilan mazmunning birligini ko’rsatib o’tdi, 

taraqqiyot g’oyasini olg’a surdi. 

Arastu  olamda  tana  va  jon  bor,  tana  bilan  jon  materiya  bilan  shakl  tariqasida  bir-biridan  ajralmagan  holda 

mavjuddir,  deydi.  Uningcha,  uch  xil  jon  bor:  o’simlikdan  tarkib  topgan  jon  oziqlanishda  va  urchib  ko’payishda 

namoyon  bo’ladi;  hayvonotdan  tarkib  topgan  jon,  o’simlik  xossalaridan  tashqari  sezgilarda  va  istaklarda  namoyon 

bo’ladi; aqlning ifodasi bo’lgan jon, o’simlik va hayvonot xossalaridan tashqari, u tafakkur yoki bilish xislatlariga ham 

egadir. Insondagi jonning hayvoniy qismi aqlga tobe bo’lganligi sababli, uni iroda deb atash mumkin. 

Arastuning  fikricha,  jonning    mana  shu  uch  xiliga  muvofiq  uch  xil  tarbiya  –  jismoniy  tarbiya,  axloqiy  tarbiya,  aqliy 

tarbiya bo’lishi kerak. Tarbiyaning maqsadi, uning fikricha jonning oliy tomonlarini – aql va irodani kamol toptirishdan 

iborat  edi.  Har  bir  moddada  rivojlanish  imkoniyati  bor  bo’lganidek,  insonga  ham  tabiat  faqat  qobiliyatlarning 

boshlangichinigina beradi, insonda kamol topish imkoniyati tabiatda mavjuddir va bu imkoniyat tarbiya  vositasi bilan 

ro’yobga  chiqariladi.  Tabiat  jonning  uch  xilini  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’lab  qo’ygan,  biz  ham  tarbiyada  tabiat 

belgilab bergan yo’ldan borib, jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan chambarchas bog’lab olib borishimiz 

lozimligini uqtiradi. 

Arastu pedagogik tarixida birinchi bo’lib, yoshni davrlarga bo’lishga urinib ko’radi. U insonning yoshlik yillarini uch 

davrga bo’lib o’rganadi: 7 yoshgacha bo’lgan davr; 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan davr (jismoniy balog’at davrining 

boshlanishi) va jinsiy balog’at davrining boshlanishidan 21 yoshgacha bo’lgan davr. Uning fikricha, bunday davrlarga 

bo’lish tabiatga mos bo’lib tushadi. 

Atomizm nazariyasini yaratgan atoqli faylasuf  – materialist Demokritning qarashlari (eramizdan avvalgi 460-

370 yillar) qidimgi yunon falsafasining cho’qqisidir. Demokrit o’z asarlarida yuqorida nomlari qayd etilgan mutafakkir 

faylasuflar kabi tarbiya masalalariga ko’p e’tibor beradi. Uo’z nazariyasida tabiat qonunlariga, xurofotni va qo’rquvni 

yemirib tashlaydigan chinakam bilimlarga murojaat qiladi. 

Demokrit, «xudolarning irodasi» degan gaplar odamlar o’ylab chiqargan uydirmadan boshqa narsa emas, deb hisoblab, 

xudolarga ishonishni rad etadi. 

Demokrit tarbiyani tabiatni tabiatga  muvofiqlashtirish  masalasini birinchi bo’lib ilgan surdi.  «Tabiat bilan tarbiya bir-

biriga o’xshaydi» deb yozadi u. Demokrit «ta’lim mehnat asosidagina go’zal narsalarni hosil qiladi», deb tarbiya ishida 

mehnatning roli juda katta ekanligini ta’kidlaydi. 

G’arbiy Yevropa mamlakatlarida feodalizm V asrdan XVIII asrlargacha davom etdi. 

O’rta asrlarda katta kuchga ega bo’lgan katolik ruhoniylari barcha imkoniyatlardan foydalanib, ma’rifatga qarshi kurash 

olib bordilar. Fan dinga xizmat qilar edi. Natijada fan sohasida ijodiy fikrning o’sishi bo’lmadi. 

O’sha davrda hamma ta’lim-tarbiya ishlari ruhoniylar qo’lida quro bo’lib, batamom diniy ruh va xurofot bilan sug’orilar 

edi. 

O’rta asr G’arbiy Yevropa mamalakatlarida 2 guruhga bo’lingan va yetti fanni o’z ichiga olgan ta’lim dasturi vujudga 



keltirildi: 

1 – guruh uchta fandan iborat. Bunga grammatika, ritorika va dialektika kirar edi. 

2 – guruh to’rtta fandan iborat bo’lib, bunga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi.  

Mazkur  o’quv  fanlari  qadimgi  Yunoniston  ta’lim  tizimidan  olingan  edi,  biroq  o’rta  asrlarda  ularga  diniy  mazmun 

berilib, hammasi ramz bilan diniy ma’noda tushuntirilar edi. Masalan: grammatikani o’rganishdan maqsad – muqaddas 

diniy kitoblarni o’qishni bilib olish, ritorika (notiqlik san’ati nazariyasi) ni o’ranishdan maqsad va’zxonlik qilish, xutba 

o’qish san’atini egallab olish, musiqa deyilganda esa, diniy musiqa nazarda tutilardi (katolik cherkovida ibodat vaqtida 

organ musiqa asbobi chalinadi va diniy ashulalar aytiladi). Dialektika, munozara, bahslashish san’ati deb tushunilar va 



 

katolitizmga  qarshi  chiquvchilar  bilan  munozara  qilishga  yordam  beradigan  fan  deb  hisoblanar  edi.  Hattoki, 

matematikaga  ham  ma’no  berilar  edi.  Geometriya  cherkov  binolarini  qurish  uchun  zarur  fan  deb  hisoblanar  edi, 

arifmetikani  o’qitganda  ayrim  sonlarni  ramz  bilan  diniy  ma’noda  (masalan,  «1»  raqami  bu  xudoning  birligi  simvoli 

(ramzi)deb tushuntirilar edi). Astronomiyadan esa diniy kalendar tuzishda foydalanilardi.  

Hamma  fanlarning  toji  deb  –  teologiya  hisoblanar  edi.  O’rta  asrlarda  beriladigan  ta’lim  dasturi  cherkov  maktablari 

orqali amalga oshirilar edi. 

Cherkov maktablarining aosiy turlari: prixod maktabi (ya’ni, bir cherkovga qarashli), magistr maktabi va bosh cherkov 

yoki yepiskop maktablaridan iborat edi. 


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin