Guliston davlat universiteti «pedagogika va psixologiya»


Er-xotinning  oiladagi  bir-biriga  munosabati,  yurish-turishlari  komil  farzand  tarbiyalashning



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix22.06.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31977
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogika va psixologiya


Er-xotinning  oiladagi  bir-biriga  munosabati,  yurish-turishlari  komil  farzand  tarbiyalashning 

amaliyotidir 

Oilada farzandlarimiz ota-onalarining bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga karab izzat-xurmatni, muomalani o‘rganib 

boradi. Ota-onalarimiz bir-birlariga mexrli bo‘lsalar, shirin muomala kilsalar, bolalar ham shunga ko‘nikma hosil kilib, 

shunday  muomalaga  o‘rganadilar. Agar turmush o‘rtogimizni ishga  kuzatayotganda  “yaxshi borib keling, adasi”  yoki 

ishdan  kaytganlarida  “ishga  yaxshi  borib  keldingizmi,  adasi”  deb  tabassum  bilan  kuzatib  ko‘ysak  va  kutib  olsak, 

oiladagi  o‘gil-kiz  farzandlarimiz  ham  onaning  bu  harakatini  ko‘rib,  otasiga  xurmati  oshadi.  Ota-onani  xurmat  kilish 

kerakligini tushunib boradi. 

Afsuski, hamma oilalarda ham shunday o‘zaro xurmat va mexr-okibat mavjud emas. Ba’zi oilalarda erni xurmat kilish 

o‘rniga  ularga  xukmron  bo‘lish,  ularni  “o‘z  izmiga  solish”  ga  bo‘lgan  intilish  xolatlari  ham  uchraydi.  Xatto 

“bo‘ysunmaydigan” erlarni o‘z ayollik mavkeidan “foydalanib” o‘n besh sutkaga kamatgan “onalar”ni ham uchratamiz. 

Bu bilan “topkir” ayollarimiz go‘yoki o‘z erlarining ta’zirini berib ko‘ymokchi bo‘ladilar. Bunday oilada erning xotinga 

bo‘lgan  xurmati,  mexri  susayib  boradi,  bora-bora  esa  yo‘koladi.  Endi  er  o‘z  xotinidan  topmagan  mexrni,  xurmatni 

boshkalardan kidira boshlaydi va natijada oila mustaxkamligiga putur yetadi. Bolalar oldida turli ortikcha gaplar bilan 

eringizning obro‘yini to‘kmang. Ertasiga o‘ziga kelganda yotigi bilan, bakirmay-chakirmay bafurja gaplashish mumkin. 

Masalan,  “kechagi  xolatingizdan  bolalarni  oldida  juda  uyaldim.  Sizga  bunday  xolatda  yurish  yarashmas  ekan.  Axir 

bolalar bizga karab xayotni o‘rganishadi, xayotda o‘zlariga yo‘l tanlaydilar. Biz ularga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Bolalar 

katta  bo‘lishayapti”,  deyish  mumkin.  Suxbatdan  so‘ng  bolalaringiz  otasining  faxm-farosati  bo‘lsa,  axvolni  tuzatish 

kerak ekanligini tushunadi. 

Ba’zi bir ayollarimiz borki, ular eridan ozgina ko‘prok topganlari uchun minnat kiladilar. “Endi kosang okarib koldimi, 

cho‘ntagingga pul tushib semirib koldingmi, pulli boyvachcha bo‘lib, ichadigan bo‘lib koldingmi?” kabi so‘zlar bilan 

bolalari  oldida  erini  haqorat  kiladi,  uning  obro‘sini  to‘kadi.  Natijada  bolalar  otani  xurmat  kilmaydigan,  aytganini 

kilmaydigan,  gapini  ikki  kiladigan  bo‘lib  koladilar.  Onalari  otasini  yomonlayverishi  evaziga  bolalarda  otaga  nisbatan 

nafrat paydo bo‘ladi. Endi axyon-axyonda, to‘y-tomoshada yoki biron-bir sabab bilan ichadigan er har kuni alamidan 

ichadigan bo‘ladi va kelib xotinini uradigan, so‘kadigan, haqorat kiladigan odat chikaradi. 

Faraz  kilaylik,  er  do‘stlarini  uyga  taklif  kildi.  Ammo  bu  tasodifiy  taklif  ayolga  yokmadi.  Chunki  bir  kancha  ishlarni 

mo‘ljallab ko‘ygan yoki mexmon kutishga imkoniyati yo‘k. Natijada mexmonlar xursandlik bilan kutib olinmaydi. Bu 

xoldan erning asabi ko‘zgaydi. Mexmonlar kuzatilgandan keyin esa xotinining “ta’zirini” beradi. 

Bu  xol  boshkacha,  yaxshi  natija  bilan  tugashi  ham  mumkin  edi.  Faxm-farosatli  ayol  bunday  xollarda  oilaning  borini 

oshirib,  yo‘gini  yashirib,  mexmonlarni  ochik  chexra  bilan,  erining  xurmatini  joyiga  ko‘yib  kutib  oladi  va  kuzatadi. 

Mexmonlar ketgandan keyin, vaziyatga karab, er-xotin bir-birlarini tushungan xolda kanday ish tutish kerakligi haqida 

kelishib olishlari mumkin. Masalan, uy bekasi bunday deyishi mumkin: ”Adasi, mexmonlarni olib kelishdan oldin uyda 

u-bu  narsa  bormidi,  deb  o‘ylab  ko‘rsangiz  yaxshi  bo‘larmidi?  Uyda  mexmon  kutishga  ozik-ovkat  yetarli  emas  ekan, 

ko‘shnidan olib chikishga majbur bo‘ldim. Bundan buyon do‘stlaringizni uyga taklif kiladigan bo‘lsangiz ogoxlantiring. 

Ikkovlashib mexmonni kutishga tayyorlanaylik. Bo‘lmasam uyalib kolamiz”. Bunday suxbatdan so‘ng er xotinning haq 

ekanligini  tushunadi  va  bundan  buyon  xotini  bilan  bamaslaxat  ish  tutishga  harakat  kiladi.  Do‘stlari  bilan  suxbatda 

ularning: «Xotining juda ajoyib ayol-da, uyingga kay mahal borsak ham ochik chexra bilan kutib oladi. Tasodifan borib 

kolsak  ham  xotiningga  xech  malol  kelmaganmiz”,-degan  gaplarni  eshitib,  xotiniga  bo‘lgan  mexri  yanada  ortadi,  uni 

yana ham xurmat kiladigan bo‘ladi. Oradagi sevgi, muxabbat, oila rishtalari mustaxkamlanadi. 

Xayotda  uchraydigan  yana  bir  xolatni  olaylik.  Aytaylik,  turmush  o‘rtogingiz  oyogi  ogrib,  issigi  chikib  ishdan  vaktli 

keldi. “Buni karang, Xilolaxon”, deb oyogiga chikkan yarani sizga ko‘rsatdi. Siz yarani ko‘rib ijirgandingiz:”Voy-bo‘y, 

shu  arzimagan  yarani  menga  ko‘rsatasiz?  Do‘xtirga  borsangiz  bo‘lmaydimi?”  Sizning  bunday  munosabatingiz, 

gaplaringiz turmush o‘rtogingizning kalbini shunday yaraladiki, lol bo‘lganidan sizga so‘zsiz bokib koldi. Naxotki, jufti 

xalolim deb bir yostikka bosh ko‘ygan xotinim mendan shunchalik jirkansa. Ogirrok kasal bo‘lib kolsam-chi, unda nima 

bo‘ladi  deb  sizdan  mexri  soviy  boshlaydi.  Keyinchalik  siz  o‘ylamay  aytgan  bir  ogiz  so‘z  bilan  paydo  kilgan  kalb 

yarasini davolash uchun butun umringizni sarf kilishga to‘gri kelishi mumkin. Shunda ham agar bu ijobiy natija bersa. 

Aksincha, mana bunday xolatni tasavvur kilaylik. 

«Voy, Anvar aka! Issigingiz chikib shuncha kiynalsangiz ham yuraverdingizmi? Kani keling-chi» deb mexribonlik bilan 

birinchi yordam ko‘rsatsangiz va do‘xtirga albatta chikishlarini aytsangiz, bundan buyon bu masalaga har kuni kizikib 

borsangiz, olam guliston. Turmush o‘rtogingiz endi har kuni ishdan keyin uyga shoshiladigan, sizni kumsab turadigan 

bo‘ladi. Siz uchun esa bundan ortik baxt bo‘lmasa kerak! 



 

40 

Oila kurgan har bir yigit-kiz, er-xotin bir-birini “Mexr” deb atalmish malham bilan oziklantirib tursa, unga suyansa, uni 

e’zozlasa, ulardan baxtli odamning o‘zi bo‘lmaydi. 

Xilolaxon  ismli  kelinimiz  yukori  harorat  bilan  yotib  koldi.  Ishdan  kelgan  Anvarjonning  oldiga  zo‘rga  chikib  salom 

berdi. Alik olgan Anvarjon: “Ovkat bormi?”, - deb so‘radi. Kelin tobi bo‘lmagani, shuning uchun ovkat kilolmaganini 

tushuntirdi.  Anvarjon:  “Mana  yuribsiz-ku,  ovkat  kilib  ko‘ysangiz  bo‘lmaydimi”,-deb  jaxl  aralash  guldiradi.  O‘zi 

oshxonaga  kirib, ikkita tuxumni kovurdi-da, o‘tirib tamaddi kildi. Anvarjonning bundagi  har bir xatti-harakati, gapida 

zarda,  kinoya,  vikor,  mensimaslik  alomatlari  sezilib  turar  edi.  Ovkatlanib  bo‘lgan  Anvarjon  Xilolaning  oldiga  kirib: 

“Dasturxonni yigishtirib ko‘yishga yararsiz?”,- desa, bu Xilolaning kalbiga sanchilgan xanjar emasmi? 

Buning  o‘rniga  Anvarjon  har  kuni  xursand  xolda  tabassum  bilan  kutib  oladigan  turmush  o‘rtogining  axvolini  ko‘rib: 

”Iye,  Xilola,  nima  bo‘ldi?  Yoting,  bezovta  bo‘lmang.  Dori  ichdingizmi?  Ovkatlandingizmi?”  -  deb  batafsil  xol-axvol 

so‘rab,  sochlarini  silab,  erkalab  ko‘ysa,  Xilola  kasalini  ham  unutadi.  Turmush  o‘rtogining  kelishiga  ovkat  kilib 

ko‘yolmaganidan xijolat bo‘ladi. Bu bilan Anvarjon o‘z turmush o‘rtogini shirin so‘z, kalb mexri bilan davolaydi. Endi 

Xilola erining kelishiga bir emas, ikki xil ovkat tayyorlaydi. Siz bergan mana shu ma’naviy ozukangiz tufayli u kanot 

chikarib  uchadi.  Barcha  ishlarni  bitmas-tuganmas  kuch-gayrat  bilan  kiladi,  haqikiy  mexribon  turmush  o‘rtogi 

borligidan,  toleidan  xursand  bo‘ladi,  xayotidan  mamnun  bo‘lib  yashaydi.  Endi  uning  suyanadigan  togi  bor. 

Suxbatlashish uchun dilkash yori bor. Kiynalgan paytlarida yelkadoshi bor. Dunyoda undan baxtli ayol yo‘k. 

Shu o‘rinda Beruniyning ayollar haqida bundan 11 asr ilgari aytgan kuyidagi fikrlarini keltirish maksadga muvofikdir. 

Ayollar  olmosga  o‘xshaydi.  Olmos  olmos  bo‘lguncha,  necha-necha  charxlardan  o‘tadi,  kanchadan-kancha 

mashakkatlarga  chidaydi.  Natijada  kirralari  shunday  ishlov  topadiki,  yaraklaganida  ko‘zni  oladi.  Olmos  shu  tarika 

kimmatbaxo  toshga  aylanadi.  Ayollar  ham  tortgan  mashakkatlari,  sabr-kanoati  evaziga  shunday  baxoga  sazovor 

bo‘ladilar. Kizlarimiz ham borgan xonadonlarida akllilik, zukkolik va kamtarlik bilan ish ko‘rsalar, ulardan baxtli ayol 

bo‘lmaydi. 

Beruniy  o‘zining  “Xindiston”  asarida“  xech  bir  xalk  oila-nikox  munosabatlaridan  xoli  emas”,-deydi.  Oila  kurishdan 

avval  kiz  va  yigit  bir-birlarini  ko‘rishlari,  yoktirishlari,  bir-birlariga  kalban  mexr  ko‘yib,  so‘ng  oila  kurishga  rozilik 

bildirganlari  ma’kul.  Chunki  bu  kalban  yoktirish,  ya’ni  boshkacha  aytganda  ikki  yurakning  bir-biriga  nisbatan  “jiz” 

etishi  keyingi  oilaviy  tashvish  va  mojarolarning  sillik  o‘tishiga  yordam  beradi,  xayotda  uchraydigan  turli  to‘siklarni 

yengishda kuch-kuvvat bagishlaydi. 

Xatto bu haqda Islomda kuyidagi goya bayon kilinadi:  

Nikoxdan  oldin  kelinga  maxr  berish  shartligi,  kuyov  bo‘lmishning  ijtimoiy  axvoli  yaxshi  bo‘lmasa,  u  xolda  maxrni 

kisman bo‘lsa ham berish kerakligi nazarda tutiladi. 

Shariatda  maxr  -  nikox  oldidan  ayolning  ko‘nglini  olish,  uning  kalbida  kuyovga  nisbatan  mexr  uygotish  maksadida 

shaxsan kelin bo‘lmishning o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan sovga (shirinlik, takinchok, mato) dan iborat. Bu sovganing 

ichida shirinlikning bo‘lishi shartligi nazarda tutilgan. 

Maxr berish islomda sunnat hisoblangan. Janobi Rasulullox sallolloxu alayxi vasallam kizlari xazrati Fotimani kuyovi 

Aliga berganlarida, xazrati Alining maxr bermasdan Fotimaga ko‘shilishlariga rozi bo‘lmaganlar. 

Yana  ma’naviy  merosimizga  murojaat  kiladigan  bo‘lsak,  Abu  Rayxon  Beruniy  o‘zining  “Xindiston”  asarida  shunday 

yozadi:  «Ey  kizim.  Sen  o‘rgangan  uyingdan  ketib,  notanish  xonadonga  tushmokdasan,  sen  bo‘lajak  kuyovingning 

hamma hislatlarini bilmaysan. Sen yer bo‘lsang, u osmon bo‘ladi. Demak, sen u bilan shunday yo‘l tut, uning oldida yer 

kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi olijanob bo‘ladi. Osmon shifoli yomgiri bilan yerni ko‘kartirgani kabi u ham o‘z 

mexri bilan seni xushnud etadi. Ering sendan fakat yumshok va shirin so‘zlar eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda, 

sochlaring  tartibga  solinmagan  xolda  uning  oldida  o‘tirma...  Yaxshisi  sen  u  bilan  xush  muomalada,  shirin  so‘zli 

bo‘lgin... bu ishing har kanday sexr-jodudan yaxshidir. Suvdan tez-tez  foydalangin. O‘zingga  xushbo‘y narsalar bilan 

oro ber. Pokizalik hamisha yo‘ldoshing bo‘lsin...» 

Beruniyning bu pandu nasixatlari o‘ninchi asrga tegishli bo‘lishiga karamay, ular xozirgi kunda ham oila kurish oldida 

turgan har bir kiz uchun baxtli turmush kurish kaliti bo‘lib xizmat kilishi shubxasizdir. 

Ota-ona farzandlari nigoxida eng buyuk kishilardir. Shuning uchun ular farzandlari oldida eng yaxshi sifatlari bilangina 

obro‘ kozonishlari mumkin. Insoniy fazilatlar soxibi bo‘lgan ota-ona o‘z farzandlari tomonidan bir umr e’zozlanadi. 

Bolalarni  barkamol  inson  kilib  yetishtirishda  maktabni  oila  bilan  boglamasdan,  muvaffakiyatga  erishib  bo‘lmaydi. 

Shuning  uchun  maktab  ota-onalar  o‘rtasida  ta’lim-tarbiyaga  oid  ishlarni  kengaytirishi  lozim.  Ota-onalarning 

o‘kituvchilar  bilan  bo‘lgan  uchrashuvida  aytgan  fikrlari  ayniksa,  ota-onalar  uchun  kimmatlidir,  chunki  ular  o‘z 

farzandlari to‘grisida ko‘prok narsalarni bilib oladilar. Shunday ekan, bola tarbiyasining tub moxiyatini unutgan har bir 

ota-ona oila bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustaxkamlashga intiladilar. 

Bola  maktabga  kirib,  to  uni  tamomlab  chikkunga  kadar  ota-ona  maktab  bilan  yakin  aloka  o‘rnatishi,  farzandining 

o‘zlashtirishi,  xulk-atvoridan  hamisha  xabardor  bo‘lishi  tarbiya  masalalari  bo‘yicha  o‘kituvchi,  sinf  raxbari  bilan 

maslaxatlashib, uni darsdan so‘ng bolani nima bilan mashgulligidan xabardor kilishi lozim. U o‘z navbatida o‘kituvchi 

ham bolaning o‘kishi, odobi, xulki, maktabda o‘zini tuta bilishi haqidagi ma’lumotlarni ota-onaga yetkazishi, zaruriyat 

tugilganda hosil bo‘lgan muammolarni birgalikda xal kilishi zarur. Shundagina o‘kuvchi oldiga bir xil talab ko‘yilishiga 

erishiladi.  Bolasi  maktabga  borgan  ota-ona  shu  jamoaning  a’zosiga  aylanadi.  Shu  sababli  ota-onalar  maktabning 

ijtimoiy  xayotida  faol  katnashishlari  shart.  O‘kituvchi  ham  o‘z  o‘kuvchisining  oilasi  bilan  mustaxkam  hamkorlikni 

yo‘lga ko‘ymogi lozim.  

Ota-onalarning mahalla faollari, mexnat faxriylari bilan tarbiya soxasida hamkorlik kilishlari juda muximdir. Bu ishlar 

oila tarbiyasiga salmokli hissa ko‘shadi. Komil farzand tarbiyalash uchun oila, maktab va jamoatchilik, (mahalla)ning 

hamkorligi talab kilinadi.  



 

41 

Xulosa  kilib  aytish  mumkinki,  xozirgi  iktisodiy,  ijtimoiy  o‘zgarishlar  sharoitida  oilaviy  tarbiya  masalalariga  e’tibor 

yanada kuchayib, dolzarb mavzuga aylanmokda. 

 

3.O’z-o’zini  tarbiyalash  va  o’z-o’zini  kamol  toptirishning  psixologik-  pedagogik  asoslari.  O’z-o’zini 

baholash  -  o’z-o’zini  tarbiyalashning  muhim  mezonidir.  O’z-o’zini  tarbiyalash  omillari  va  mexanizmlariga  esa, 

quyidagilar kiradi: 

n  o’z-o’zi    bilan  muloqot  (o’zini  konkret  tarbiya  ob’ekti  sifatida  idrok  etish  va  o’zi  bilan  muloqotni  tashkil  etish 

sifatida); 

n o’z-o’zini ishontirish ( o’z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo’ysundirish); 

n  o’z-o’ziga  buyruq  berish  (tig’iz  va  ekstremal  holatlarda  o’zini  qo’lga  olish  va  maqbul  yo’lga  o’zini  chorlay  olish 

sifati); 

n  o’z-o’ziga  ta’sir  yoki  autosuggestiya  (ijtimoiy  normalardan  kelib  chiqqan  xolda  o’zida  ma’qul  ustanovkalarni 

shakllantirish); 

n ichki intizom - o’z-o’zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har erda o’zining barcha harakatlarini muntazam 

ravishda korrektsiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat. 

 

Yuqoridagi  o’z-o’zini  boshqarish  mexanizmlari  orasida  psixologik  nuqtai  nazardan  o’z-  o’zi  bilan  amalga 



oshiriladigan  ichki  dialog  alohida  o’rin  tutadi.  O’z-o’zi    bilan  dialog  -  oddiy  til  bilan  aytganda,  o’zi  bilan  o’zi 

gaplashishdir.  Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi, 

lekin aynan ichki dialog muhim regulyativ rol o’ynaydi. E. Klimov bunday dialogning uch bosqichini ko’rsatib o’tadi. 

 

 



Demak,  shaxsning  qanday  sifatlarga  ega  ekanligi,  undagi  baholarning  ob’ektivligiga  bog’liq  tarzda  o’z-o’zi  bilan 

muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o’zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar 

uchraydiki,  katta  majlisda  ishi  tanqidga  uchrasa  ham,  o’ziga  xolis  baho  berib,  kerakli  to’g’ri  xulosalar  chiqara  oladi, 

shunday odamlar ham borki, arzimagan hatolik uchun o’z «ich-etini eb tashlaydi». Bu  o’sha ichki dialogning har kimda 

har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir. 

Savol va topshiriqlar 

1.Tarbiyaning mazmuni va asosiy yo’nalishlari.  

2.Oilaviy  hayot sohasi tarbiya  muhiti sifatida.  

3.O’z-o’zini tarbiyalash va o’z-o’zini kamol toptirishning psixologik- pedagogik  asoslari 



 

 

 



 

 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin