Atrof muhit muhofazasi va uni qayta tiklash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#120511
  1   2   3   4
k.Dinora garbologiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING
TABIIY FANLAR FAKULTETI
« EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLYATI XAVFSIZLIGI» KAFEDRASI


ATROF MUHIT MUHOFAZASI VA UNI QAYTA TIKLASH” fanidan


MUSTAQIL TA’LIM
BAJARDI: Kamulova Dinora
QABUL QILDI: Yaqubov G`ayrat
Mavzu:Sanoat chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi

Reja:

  1. Chiqindilarni sinflanishi va ishlatish sohalari

  2. Sanoat korxonalaridan ajralayotgan chiqindiiar

  3. Chiqindisiz texnologiyani yaratish

  4. Chiqindisiz texnologiyani yaratishning asosiy yo‘nalishlari


Yer yuzida har kuni 11 250 000 tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Bu 3 kilometr balandlikdagi chiqindi «tog‘i» degani. Biz xarid qilayotgan mahsulotlarning 99 foizi iste'mol muddatiga 6 oy to‘lmay, chiqindi qutisidan joy olmoqda. Dunyo aholisi har yili 1,5-2 foizga, ishlab chiqarilayotgan chiqindi miqdori esa 6 foizga ortib bormoqda. Bu yaqin kunlarda Yer kurrasi katta chiqindixonaga aylanishi mumkin, degan gap. Albatta, chiqindi paydo bo‘lishini butunlay to‘xtatib bo‘lmaydi. Ammo hosil bo‘layotgan chiqindi ko‘rsatkichini kamaytirish, ularni qayta ishlash, tabiiy resurslar sarfini kamaytirish, chiqindilarni to‘g‘ri yo‘qotishning muqobil yo‘llarini ishlab chiqish imkoni har doim mavjud. Aholisi salomatligi, tabiat muhofazasi haqida qayg‘uradigan har bir mamlakat chiqindini qayta ishlash bo‘yicha strategik davlat siyosatini ishlab chiqqan.
Chiqindini utilizatsiya (qayta ishlash) qilish uchun, avvalambor, uni saralash (plastik alohida, karton va qog‘oz alohida, organik moddalar alohida) kerak. Bu tizimning qanday ishlashini dunyoning eng ekologik toza davlati Shveytsariya va eng rivojlangan mamlakat hisoblangan Singapur misolida ko‘rib chiqamiz. Shveytsariyada yangi uy-joyga ko‘chib o‘tgan xonadon egasiga chiqindi bilan qanday munosabatda bo‘lish, nimani qachon va qayoqqa tashlash kerakligi batafsil bayon etilgan qo‘llanma pochta orqali jo‘natiladi. Har bir xonadonda chiqindi turiga qarab, uni saralash uchun maxsus konteyner mavjud. Bunday konteynerlar rangiga qarab tasniflanadi. Qayta ishlanadigan chiqindi alohida ajratiladi, qayta ishlanmaydiganini esa donasi 2 frank (16 400 so‘m) turadigan xaltalarga solib, maxsus belgilangan joyga olib borib tashlash talab etiladi. Chiqindi tashlash punktiga borish uchun ham alohida ruxsatnoma olish kerak (bunday ruxsatnomani esa mahalliy ma'muriyat chiqindi uchun soliqni to‘lagan fuqarolargagina beradi). Jamoat chiqindixonalarida hamma narsa batartib joylashtirilgan. Eski kiyim va poyabzallarni qo‘yish uchun ustiga «katta rahmat» yozuvi tushirilgan idish ajratilgan (ular uysizlar va muhtojlarga tarqatiladi). Shveytsariyada chiqindining 80 foizi to‘la qayta ishlanadi. Ruxsat etilmagan hududga chiqindi uloqtirgan shaxs katta miqdordagi jarimaga tortiladi. Aholiga ekomadaniyat, chiqindilarni to‘g‘ri ajratish haqida ma'lumot maktab chog‘idanoq beriladi. O‘quvchilar «Penoplassni qayoqqa tashlash kerak?» «Plastik qay tarzda utilizatsiya qilinadi?» kabi mavzularda insholar yozishadi.
Singapurda ham chiqindilarni ajratish tizimi 2014 yilda to‘la yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, barcha ko‘p qavatli uylarda ikkita chiqindi quvuri mavjud. Har bir xonadonning oshxonasida bu quvurga darcha ochiladi. Quvurning bittasiga qayta ishlanadigan mahsulotlar (shisha, plastik, qog‘oz va karton), ikkinchisiga qayta ishlashga yaroqsizlari tashlanadi. Mustahkam himoyalangan quvurlar ortiqcha noxush hidlarning paydo bo‘lishiga va hasharotlar to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Quvurlar yerosti yo‘li orqali markaziy va yagona chiqindixonaga boradi. Bu usulning amaliyotga tatbiq etilishi chiqindini tashish uchun sarflanadigan yo‘l xarajatlarining sezilarli qisqarishiga sabab bo‘lgan. Utilizatsiyaga yaroqli chiqindilar qayta ishlanadi, yaroqsizlari esa yoqiladi, undan qolgan kuyindi Singapurdan 8 km uzoqlikdagi Semakau sun'iy oroliga olib borib tashlanadi. Bu orol bir qarashda hecham chiqindi poligoniga o‘xshamaydi. Suvni ifloslantirmaslik uchun orol maxsus to‘rdevor bilan o‘ralganiga qaramay, bu yerdagi suv va havoning tozaligi muntazam ravishda monitoring qilinadi.
Orolning atrofida mahalliy aholi bemalol cho‘milishi va baliq ovlashi mumkin. Albatta, chiqindilar uyumiga qarshi kurashish va toza shaharni barpo qilishda ekomadaniyat targ‘iboti yuqori bo‘lishi lozim. O‘zbekistonda chiqindini qayta ishlash sohasida biror amaliy ishlar boshlanganmi? O‘zbekiston atrof-muhit va ekologiyani muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Oybek Ahadjonovning aytishicha, mamlakatda 10 yilga mo‘ljallangan «Maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish» strategiyasi ishlab chiqilmoqda. «Noyabr oyida uning so‘nggi tahrir ishlari yakunlanadi. Shaxsan o‘zim Germaniya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning chiqindini qayta ishlash borasidagi tajribasini o‘rganib keldim, ularning ijobiy yutuqlari bizning strategiyaga ham kiritilgan. Chiqindini utilizatsiya qilish uchun avvalambor uning morfologiyasini o‘rganish kerak. Shunga ko‘ra, maqbul texnologiya tanlanadi. Maishiy chiqindi masalasi uch bosqichda hal qilinadi.
Dastlab chiqindi hosil bo‘lishini kamaytirish. Bunga ko‘ra, 40 mikrongacha bo‘lgan polietilen paketlarni ishlab chiqarish va import qilish taqiqlandi. Chunki ular utilizatsiya uchun yaroqsiz. Shuningdek, keyingi yili depozit tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, ya'ni mahsulot ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotining chiqindisini qabul qilib oladi va utilizatsiyasini ta'minlaydi. Ikkinchi bosqich chiqindilarni hosil bo‘lgan joyida saralash bo‘lib, qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va zaharli moddalarni alohida ajratishni 2020 — 2021 yilgacha to‘la yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. So‘nggi bosqich qayta ishlash. Bunda hozirda respublika bo‘yicha mavjud 221ta chiqindi poligonlarini kamaytirish hamda bevosita poligonlarning o‘zida chiqindini qayta ishlash keyingi 3 yilda ta'minlanadi», deydi u.
Qo‘mita raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, har yili maishiy chiqindi masalasi uchun davlat byudjyetidan 200 mlrd so‘m ajratilmoqda. Tizimni rivojlantirish uchun davlat-xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega. «Hozirgi kunda bir necha chiqindi yig‘ish maydonchalarida qog‘oz va plastik uchun alohida konteynerlar o‘rnatilgan. Bu tizim sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ijobiy natija ko‘rsata boshlagach, butun respublika bo‘ylab ishga tushadi. Bu maydonchalarda doimiy ravishda nazorat olib boruvchi xodimlarning bo‘lishi ham aholining bu ishga mas'uliyat bilan yondashishini ta'minlaydi», deydi «Maxsustrans» davlat-unitar korxonasi raisi birinchi o‘rinbosari Sherzod Kattaxo‘jayev.
Respublika bo‘yicha 184ta chiqindini qayta ishlash korxonasi mavjud bo‘lib, ularda qog‘oz va plastikning barcha turlari, qurilish materiallari to‘la utilizatsiya qilinishi nazarda tutilgan. Kattaxo‘jayevga ko‘ra, noyabr oyining boshlarida chiqindi presslash stansiyalarining birida sinov tariqasida chiqindini ajratish uskunasi ham ishga tushadi. Bunday uskuna o‘zini oqlasa, utilizatsiya uchun xom ashyo masalasi hal bo‘lardi.
Ma'lumot uchun: shisha mahsulotlari — 1 mln yil; rezina — 80 yil; konserva — 100 yil; charm — 50 yil; neylon — 40 yil; polietilen — 20 yilda chiriydi. Yuqoridagilarni inobatga oladigan bo‘lsak, chiqindini ajratish va uni qayta ishlash masalasini imkon qadar tezroq va samaraliroq hal etish zarurati namoyon bo‘ladi. Aks holda, «global chiqindixona»ning kengayishiga hissa qo‘shib, uning sharoitida yashashimizga to‘g‘ri keladi. M a’lumki, hozirgi kunda har qanday sanoat tarmog‘iga tegishli bo'lgan korxonalar ularning qanday ishlashlaridan qat’i nazar, albatta turli agregat holatdagi — gazsimon, suyuq va qattiq chiqindiiarni atrof-muhitga tashlanishiga sahabchi bo'ladilar.
Lekin har qanday mukammal texnologiyada ham chiqindiiarni ajralishi muqarrardir. Shuning uchun shunday texnologiyani vujudga keltirish lozimki, bunda ishlab chiqarish jarayonida ajralgan chiqindilar ekologik jihatdan olganda bezarar bo‘lib, atrof-muhitga jiddiy xavf solmasin, ya’ni hosil bo'lgan chiqindilar tabiatda o‘z-o‘zidan oson biologik parchalanib, atrofga zarar keltirmasin. Lekin ming afsuski, hozirgi kunda ishlab chiqarish tarmoqlarida va maishiy turmushimizda buning iloji bo'lmayti.
Ko'plab chiqindilarning deyarli barchasi zararsizlantirilmasdan, tozalanmasdan atrof-muhitga tashlanishi va to'planishi sodir bo'lmoqda. Buning natijasida esa chiqindilarning salbiy ta’siri tabiatda turli noxush holatlami yuzaga keltirmoqda. Ushbu chiqindilar ichida, ayniqsa, qattiq chiqindilar ham alohida ahamiyatga ega. Chunki ularning ko'pchiligi ikkilamchi xomashyo vazifasini ham bajarishi mumkin. Har qanday chiqindi o'zining aniq kimyoviy tarkibiga ega va bu «chiqindilar», yoki boshqachasiga aytilganda «ikkilamchi xomashyolar» biror-bir mahsulot olish uchun xomashyo sifatida xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun har bir korxona o'zidan ajralayotgan chiqindilarning hajmi, miqdori va kimyoviy tarkibini aniqlaganidan so‘ng, ulardan qanday maqsadlarda foydalanishni o'ylab ko'rmoqliklari lozim.
Chunki singan shisha, keramika, plastmassa buyumlar, polimer materialdan tayyorlangan mahsulotlar, g'ijimlangan, yirtilgan qog'oz mahsulotlari, yaroqsiz holga kelgan, yedirilgan rezina avtoshinalar va ko'plab shunga o'xshash mahsulotlar ko'rinishini, shaklini yo'qotgan bo'lsa ham, tarkibini o'zgartirmaydi. Shuning uchun ularning barchasini qayta ishlab, kerakli mahsulotlarga aylantirish mumkin (bularga chiqindi gazlar va oqova suvlarni ham kiritish lozim). Lekin ming afsuski, bugungi kunda korxonalardan ajralayotgan chiqindilaming deyarli ko‘pchiligi qayta ishlatilmasdan korxona hududida yoki uning atroflda tog‘-tog‘ to‘planib, atrofga jiddiy zarar keltirmoqda. Buning natijasida atmosfera havosi, suv havzalari va asosan tuproq qatlami quyosh, shamol, hamda yog'inlar ta ’sirida ifloslanmoqda. Hozirgi kunda atrof-muhitning keskin ifloslanishi, tabiatdagi ekologik muvozanatni izdan chiqishi, yer yuzida turli iqlimiy o'zgarishlar va falokatlami yuzaga kelishi — bizning tabiatga nisbatan tutgan noto‘g‘ri munosabatimizning «mevasi»dir.
Demak, biz yerga va uni o ‘rab turgan tabiatga, atrof-muhitga noto‘g‘ri munosabat yurgizayotgan ekanmiz. Yerda hamma narsa o'zaro bog'liq va biz uning «qonun» lariga to‘la rioya etmog'imiz lozim. Bu «qonun» larni buzish, uni chetlab o'tish esa yer yuzida katta global ekologik falokatlarninmg yuzaga kelishiga sababchi bo'ladi. Shu o'rinda amerikalik olim Barri Kommoner tomonidan qisqacha sharh berilgan ekologiyaning to 'rt qonunini keltirish joizdir:
1. Yerda hamma narsa o ‘zaro hog'liq.
2. Hech bir narsa izsiz yo'qolmaydi, faqat bir ko‘rinishdan ikkinchi ko'rinishga o'tadi.
3. Hech bir narsa bekorga berilmaydi, hamma narsa uchun to‘lov to‘lash lozim.
4. Tabiat nima qilishni yaxshi hiladi.
Yuqorida keltirilgan qonunlarni hayotda doimo yonma-yon amal qilishini uchratamiz. Masalan, yerda hamma narsa o'zaro bog'liqligini bir qancha misollar orqali ko'rishimiz mumkin. Ekinzordagi bug'doy, arpa hosili o'sha yerda yashovchi qushlarga, hasharotlarga va shu kabi jonivorlarga ham bog'liq. Qushlar bug'doy, arpaning bir-ikki bargini iste’mol qilsa ham, uning o'sishiga, shoxlashiga ijobiy ta ’sir ko'rsatadi, hasharotlar, arilar esa changlanishiga yordam beradi. O 'z vaqtida Xitoy davlatida bug'doy hosilini oshirish uchun chum chuqlarni yo'qotish kerak, degan n o to 'g 'ri qaror qabul qilingan. Buning oqibatida Xitoy xalqi deyarli barcha chumchuqlarni qirib yuborgan.
Natijada, hosil miqdori oshishi o'rniga ekinlar kasallanib, qurt-qumursqa tushib, hosil keskin kamayib ketgan va davlat katta talafot ko'rgan. Albatta, bunga o'xshash misollami ko'plabkeltirish mumkin. Shuning uchun biz doimo tabiat ustidan o ‘z hukmimizni o'tkazishda shoshmasligimiz, balki o‘ta ehtiyotkorlik bilan unga «to‘g‘ri muomala» qilmog‘imiz darkor. Tabiatda hech bir narsa izsiz yo‘qolmaydi, balki bir ko'rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi. Hozirgi kunda atrof-muhitning keskin ifloslanishi shu qonunning amaldagi ko‘rinishidir. Biosfera va uni tashkil etuvchilar — atmosfera havosi, gidrosfera (suv havzalari), litosfera (tuproq qatlami) turli xil ko'rinishdagi «chiqindi»lar bilan, ya’ni ma’lum tarkibdagi moddalar bilan ifloslanmoqda. Ushbu «chiqindi» lar, ya’ni moddalar atrofga tashlanguncha boshqa ko'rinishda — xomashyo, yarim mahsulot yoki tayyor mahsulot ko‘rinishida edi. Ular qazib olish, qayta ishlash va ishlatish mobaynida boshqa ko‘rinishga, ya’ni «chiqindi» ko‘rinishiga o‘tdilar va atrofni iflosladilar. Shu o‘rinda bir narsani tushunib olmoq lozim.
«Chiqindi» — bu unga nisbiy berilgan nom, har qanday «chiqindi» yuqorida aytilganidek aniq bir kimyoviy tarkibga ega, u b iro r-b ir xom ashyoning, mahsulotning bo‘lagi, zarrasi (chang ko‘rinishida) bo‘lishi mumkin.Tabiatdan olingan har bir narsaning o‘rni to ‘ldirilishi lozim, ushbu «qarz»ni to ‘lash muddati sal cho‘zilishi mumkin, lekin uni o‘z o‘miga qaytarilmasa tabiat undan o‘z «o‘chi»ni oladi. Tabiatdan biz ayovsiz foydalandik, paxta yakkahokimligi davrida qanchadan- qancha suv resurslari rejasiz ishlatildi, yerlardan ham to‘xtovsiz foydalandik. Oqibatda ko‘plab daryolar sayozlashib qoldi, ifloslandi, yerlar tuzlandi, eroziyaga uchradi...
Tabiatda hech bir narsa bekorga yaratilgan emas, u o‘z ishiniyaxshi biladi, tabiatning har bir bo‘lagi, obyekti aniq bir vazifagaega va ular tabiatning doimo rivojlanishiga, gullah-yashnashiga, o‘z-o ‘zini musaflolashishiga yordam beradi. Hatto bizning ko‘ziipizga ko‘rinmaydigan mikrob, bakteriyalar ham aniq bir vazifani bajarish uchun yaratilgan va ular ham yerda hayot davom etishi uchun o ‘z ulushlarini qo‘shadilar. Hammamiz uchun ko‘pincha «keraksiz» deb tuyiladigan pashshalar ham aniq bir vazifani bajaradilar. U lar ushbu m itti m avjudotlarni — bakteriyalarning millionlab armiyasini o‘z oyoqlarida olib yurib axlatlarga, chiqmdilarga va shu kabi boshqa yerlarga qo‘nadilar va u yerga bakteriyalar «armiya»sini tashlab, shu chiqindilarni chirishiga,parchalanishiga, ya’ni yer yuzini tozalanishiga sababchi bo'ladilar. Lekin inson shu qonunga zid ravishda umuman parchalanmaydigan, chirimaydigan, ya’ni hech qanday bakteriyalar o'zlashtira olmaydigan moddalarni, mahsulotlarni (polimer, plastmassa, shishasimon va shu kabi moddalarni), zaharli ximikatlami, pestitsidlami ishlab chiqardiki, oqibatda ularni eskirishi, to'kilishi natijasida tabiat, yer yuzi turli ko'rinishdagi chiqindilar bilan to'lib toshdi, atrof-muhit keskin ifloslandi. Shuning uchun hozirgi kunda tezlik bilan ilmiy asoslangan va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holdagi ishlab chiqarishlami qayta yo'lga qo'yish darkor. Shu bilan bir qatorda sanoat tarmog'ining turidan qat’i nazar barcha ishlab chiqarishlarda chiqindilami tarqalishiga yo‘l qo'ymaslik, tozalash inshootlarining samarali ishlashiga erishish, chiqindisiz, kam chiqindili ekologik bezarar texnologiyalarni joriy etish ishlarini amalga oshirmoq lozim. Endi savol tug‘iladi, chiqindisiz texnologiyani yaratish mumkinmi, uning asoslari qanday? Albatta mumkin. Buning uchun biz yana tabiatga murojaat qilmog‘imiz lozim, ya’ni tabiatdan «andoza» olmog'imiz lozim. Tabiat necha ming asrlar davomida yashab, kengayib kelmoqda, gullab-yashnamoqda, albtta inson ta ’sirisiz. Masalan, o‘rmonni olaylik. O‘rmonda bir necha yuz populatsiyalar o ‘zarobirlashib bir butun o‘rmon biogeosenozini tashkil etadi. Shu o‘rinda populatsiya va hiogeosenozga qisqacha sharh berib o'tamiz. Populatsiya —bu m a’lum joyda yashashga qodir bo'lgan individlarning minimal guruhidir. M asalan, qushlar, hasharotlar, sudralib yuruvchilar, yirtqichlar, o‘txo‘r jonivorlar, o'simliklar, daraxtlar, mikroorganizmlar, bakteriyalar populatsiyasi va hokazo.
Biogeosenoz — tabiatdagi barcha tirik va o‘lik komponentlar orasidagi doimiy modda va energiya almashinish jarayonidir. (bio — hayot, geo — yer, senoz — aylanish) yoki boshqachasiga aytganda bir necha yuz populatsiyalami o‘zda b irla s h tirg a n yopiq holdagi bio lo g ik ishlab c h iq a rish d ir. Populatsiyalarning bir o ‘zining alohida yashashi mumkin emas, chunki o 'z id a n ajralgan chiqindining ko‘payishi oqibatida, to ‘plangan chiqindilar uni o‘zini o'limga mahkum qiladi. Shuning uchun, albatta uning yonida boshqa populatsiyalarning ham bo'lishi muqarrardir.
Populatsiyalami ochiq holdagi ishlab chiqarishga qiyos qilish m um kin, ya’ni ular ham ishlab chiqarishga o ‘xshab, xomashyoni ishlatadi (iste’mol qiladi), qayta ishlaydi (hazm qiladi) va qandaydir chiqindi ham (?) chiqaradi. Yonida yashovchi boshqa populatsiya esa uning ajralgan shu (?) chiqindisini o ‘ziga xomashyo sifatida qabul qiladi. Bundan ajralgan chiqindi esa keyingi boshqa turdagi populatsiya uchun xomashyo vazifasini o ‘taydi va hokazo. Masalan, o ‘rmon biogeosenozidagi o‘simliklar populatsiyasi o‘zining barglari orqali kislorod chiqaradi, ya’ni bunda kislorod o‘simliklaming «chiqindisi». 0 ’txo‘r hayvonlar va barcha boshqa joni- vorlar esa nafas olganda o ‘zidan «chiqindi» — uglerod dioksidini chiqaradi. Bunda o ‘simliklar populatsiyasi havodagi «chiqindi»lami (xomashyolami) baiglari orqali qabul qiladi. Hayvonlar populatsiyasi esa havodagi «chiqindi» kislorodni (xomashyoni) nafas orqali qabul qiladi. Shu bilan bir qatorda jonivorjar o‘simlik barglarini iste’mol qiladi, uning «chiqindi»si (?) — organik o ‘g‘it esa o‘simlikka ozuqa (o‘g‘it) — xomashyo hisoblanadi. 0 ‘rmondagi barcha o‘simliklar, jo n iv o rla r (q u sh la r, y irtq ic h la r , o ‘tx o ‘rla r, h a s h a ro tla r , mikroorganizmlar va shu kabilar) doimo birgalikda o ‘rmonning yashashiga, kengayishiga xizmat qiladi.
Hozirgi kundagi ishlab chiqarishni ham xuddi shu misol kabi yo‘lga qo‘yish mumkin, ya’ni bir ishlab chiqarishdan ajralgan chiqindi, keyin joylashgan ishlab chiqarishga xomashyo vazjfasini bajarishi mumkin. Buni zanjirsimon davom ettirish mumkin. Chunki har qanday chiqindi o ‘zini kelib chiqishidan qat’i nazar aniq tarkibga ega bo‘lib, undan biror-bir mahsulot olish imkoni bor.
Asosiysi, ushbu «siyosat» atrof-muhitning musafFolashishiga va «chiqmdi»laming ishlatilishi natijasida tabiatdan qazib olinadigan birlamchi xomashyoni kelajak avlod uchun tejalishiga olib keladi.Ushbu «siyosat»ni nafaqat ishlab chiqarish miqyosida, balki kundalik maishiy turmushimizda ham amalga oshirmog‘imiz lozim. 0 ‘zingizga m a’lum, hozirgi kunda har bir xonadondan ko‘plab turli ko‘rinishdagi «chiqindi»lar yoki boshqacha qilib aytganda «axlatlar» ajraladi. Ularga plastmassa idishlar, qog‘ozlar, yog‘och parchalari, polietilen xaltalar, singan shisha idishlar, sabzavot po‘choqlari, qoldiq oziq-ovqat mahsulotlari va shu kabi boshqa chiqindilar kiradi. Biz ularni ko‘pincha qorishtirib tezda ko‘zdan yo‘qotishga, ya’rri axlat uyumlari saqlanadigan sig‘imlarga tashlab kelishga harakat qilamiz.Holbuki, ushbu «axlat»lar, «chiqindi»lar ham qayta ishlatilishi, kerakli mahsulotga aylantirilishi mumkin.
Har qanday chiqindi, gazsimon, suyuq yoki qattiq bo‘ladimi, albatta birinchi o ‘rinda ulami ishlab chiqarish texnologiyasida ajralishming oldi olinishi lozim. Ikkinchi o ‘rinda asosiy mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi sozlanishi yoki zamonaviy kam chiqindili turiga almashtirilishi lozim. Agar buning iloji bo‘lmasa, albatta chiqindi manbasi yo‘liga chiqindini zararsizlantirish, qayta ishlash yoki tozalash apparatlarini, inshootlarini o‘rnatish lozim. Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarish korxonalarida chiqindilarning ajralishmi kamaytiruvchi, ularni zararsizlantiruvchi, tozalovchi va energiyalami tejamli ishlatuvchi mukammal texnologiyalarga asoslangan chiqindisiz texnologiyalami yo‘lga qo‘yish katta ahamiyatga ega
Chiqindisiz texnologiya — bu shunday ishlab chiqarishki, bunda xomashyo va energiya yopiq siklda ishlatiladi, ya’ni xomashyo resurslari — ishlab chiqarish — ehtiyojni qondirish — ikkilamchiresurslar zanjirining yopiq sikli amalga oshiriladi. Shunday qilib atrof- muhitga ajraladigan chiqindilar va iste’molda bo‘lgan, eskirgan mahsulotlar ikkilamchi material resursi sifatida qayta ishlab chiqarishga qaytariladi va ularning atrof-muhitga zararli ta ’siri bo‘lmaydi. Ushbu yopiq zanjir siklida xomashyo resurslarini kompleks va samarali ishlatish katta ahamiyatga ega, ya’ni xomashyo tarkibidagi asosiy kom ponentdan tashqari, qolgan kom ponentlarni ham kerakli maqsadda to‘liq ishlatish.
Bunda xomashyo tarkibidagi asosiy komponentdan tashqari boshqa komponentlar ham shu texnologik jarayonning o‘zida yoki boshqa texnologik jarayonda (boshqa ishlab chiqarishda) ishlatilganda uning isrofini oldi olinadi va natijada atrof-m uhit ifloslanishdan saqlanadi. Shu bilan bir qatorda texnologik jarayonlarda energiya resurslarini samarali va tejamli ishlatish ham chiqindisiz texnologiyani yaratishdagi asosiy yo'nalishlardan biridir.
Chiqindisiz texnologiyaning yopiq zanjiridagi ishlab chiqarish bosqichi eng asosiy bosqich b o ‘lib, bunda asosiy mahsulot olinadi va parallel ravishda turli xil chiqindilar ham hosil bo'ladi. Texnologiyaning mukammalligi olinadigan mahsulot sifati va hosil bo'layotgan chiqindilar miqdoriga ta ’sir ko'rsatadi. Shuning uchun ishlab chiqarish bosqichida qo'llaniladigan texnologiyaga alohida e ’tibor berish lozim. Bunda texnologiya mukammal bo'lishi, ishlatiladigan xomashyo ekologik jihatdan zararsiz va uni qayta ishlash jarayonida kam chiqindilar ajralishi, ajralgan taqdirda ham atrofga zarar keltirmaydigan holatda bo'lishi, energiyani tejamli ishlatilishi kabi talablarga javob berishi lozim.Umuman olganda chiqindisiz texnologiyani yaratishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko'rsatish mumkin:
1. Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xomashyoni kompleks qayta ishlashga va eneigiyani samarali ishlatishga asoslangan yangi prinsipial texnologik jarayonlami joriy etish va yangi samarali ishlaydigan qurilmalami kiritish.
2. Material oqimlami yopiq strukturada ishlatishga asoslangan hududiy ishlab chiqarish komplekslarini yaratish, bunda chiqindilarni ajralishi sodir bo'lmaydi yoki ajralganda ham ekologik bezarar ko'rinishda bo'ladi va atrof-muhitga salbiy ta ’sir ko'rsatmaydi.
3. Alohida ishlab chiqarish va material oqimlaming ketma-ket va resirkulatsion sistemalarini ishlab chiqish, hamda yopiq suv-gaz aylanma sistemalarini yaratish.
4. Ikkilamchi material resurslarini qayta ishlash texnologiyasini yaratish, bunda olingan mahsulot iqtisodiy jihatdan samarali bo'ladi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarishda ikkilamchi material resurslami ishlatish katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda o'zining ishlatish muddatini o'tab bo'lgan mahsulotlar va buyumlar ham m a’lum ahamiyatga ega bo'lib, ular iste’mol chiqindilarideb ataladi.Xalq xo'jaligida hosil bo'ladigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari ikkilamchi material resurslarigakiradi


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin