Ma`ruza №2 Mavzu: Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja: 1



Yüklə 67,71 Kb.
səhifə1/17
tarix12.02.2023
ölçüsü67,71 Kb.
#83937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari


MA`RUZA №2
Mavzu: Ruda va konsentratlarni kuydirish.
Reja:
1. Ruda minerallar va konlar haqida tushuncha
2. Rudaning granulometrik tarkibi va uni aniqlash usullari
3. Sedimentatsion analiz
4. Elash jarayonining asoslari. Elashning turlari va qo‘llanilishi
5. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar
6. Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi
7. Gravitatsion usulda boyitish
8. Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari
Ruda minerallar va konlar haqida tushuncha
Respublikamiz xalq xo‘jaligida mineral xom-ashyolarning turli ko‘rinishlari katta miqdorda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun mineral xom-ashyoning 200 dan ortiq turi ishlatilmoqda.
Mavjud texnik-iqtisodiy sharoitda xalq xo‘jaligida yetarli samara bilan ishlatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy mineral moddalar foydali qazilmalar deyiladi. Ular tabiiy xolda va tegishli ravishda qayta ishlangan holda ishlatilishi mumkin.
Sifat va miqdor jihatidan xalq xo‘jaligida ishlatishga yaroqli yer qa’ridagi mineral moddalarning to‘plangan joyi foydali qazilma konlari deyiladi.
Mavjud texnik sharoitda kazib olinishi maqsadga muvofiq konlar sanoat konlari deyiladi. Foydali qazilmani kazib olish va boyitish texnikasi usishi bilan sanoat konlari hisoblanmagan konlar xam sanoat konlari kategoriyasiga o‘tishi mumkin.
Muhim ahamiyatga ega foydali qazilmalar sanoat tarmog‘ida ishlatilishiga qarab 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi: rudali, noruda va yonilg‘i.
Metal yoki uning birikmalarini ajratib olish texnologik jihatdan mumkin va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq minerallar agregati ruda deyiladi. Masalan, temir, marganets, ruh molibden, volьfram va x.q rudalari.
Mineral xom-ashyoning sifatiga qarab rudalar boy (yuqori navli), oddiy (o‘rtacha sifatli) va kambag‘al (past navli) rudalarga bo‘linadi.
Tabiiy kimyoviy reaksiyalar asosida hosil bo‘lgan tabiiy kimyoviy birikmalar minerallar deyiladi. Minerallar kimyoviy tarkibiga qarab sinflarga bo‘linadi, ularning asosiylariga quyidagilar kiradi: tug‘ma (sof) elementlar, sulfidlar (metallarning oltingugurt bilan birikmasi), oksidlar (metallar va ba’zi elementlarning kislorod bilan birikmalari), silikatlar (metallarning kremniy va kislorod bilan birikmalari) va alyumosilikatlar (alyuminiy saqlovchi silikatlar).
Rudadan xalq xo‘jaligida ishlatish maqsadida ajratib olinadigan minerallar qimmatbaho yoki foydali minerallar deyiladi. Sanoat qimmatiga ega bo‘lmagan minerallar puch tog‘ jinslari deyiladi.
Minerallarning bunday bo‘linishi shartlidir, chunki bitta mineralning o‘zi ayrim sharoitda qimmatbaho, boshqa sharoitda esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. Masalan, kvars oltinli rudalarda puch tog‘ jinsi, keramika sanoati uchun esa qimmatbaho komponent hisoblanadi. Mahsulotni kompleks ravishda ishlatilishining ortishi puch tog‘ jinslari minerallarining sonini kamayishiga olib keladi.
Foydali qazilma konlari tub va sochma konlarga bo‘linadi. Tub konlarda ruda o‘zining dastlabki hosil bo‘lgan joyida tog‘ jinslarining umumiy massivida yotadi. Sochma konlar esa tub konlarning suv, havo kislorodi, harorat va boshqa tabiiy omillar ta’sirida yemirilishi natijasida hosil bo‘ladi. Foydali qazilma qumlari tabiiy omillar ta’sirida tub konlar joylashgan joydan ancha masofaga ko‘chishi mumkin.
Moddiy tarkibiga ko‘ra rudalar qora, rangli, kamyob, nodir va radioaktiv metallar rudalariga bo‘linadi. Rudalar, shuningdeq faqat bitta metall saqlovchi monometall va bir nechta metall saqlovchi murakkab polimetall rudalarga bo‘linadi. Polimetall rudalar monometall rudalarga nisbatan ko‘proq uchraydi va ularning tarkibidagi metallar ko‘pincha sanoat ahamiyatiga ega bo‘ladi. Polimetall rudalarga misol tariqasida mis va ruxli, rux va qo‘rg‘oshinli, molibden va volframli rudalarni keltirish mumkin.
Fizik xossalariga ko‘ra rudalar quyidagicha bo‘linadi: zichlik bo‘yicha: og‘ir - zichligi 3500 kg/m3 dan yuqori, o‘rtacha-zichligi 2500-3500 kg/m3, yengil-zichligi 2500 kg/m3 dan kichik; namligi bo‘yicha: o‘ta nam, nam va quruq.
Fizik xossalari va kimyoviy tarkibiga ko‘ra rudalar oson va qiyin boyitiluvchi rudalarga bo‘linadi.
Sanoat tomonidan rudali xomashyoga qo‘yiladigan talablar GOST va texnik sharoitlar tarzida beriladi. Unga ko‘ra mineral xomashyo qimmatbaho komponent, zararli qo‘shimcha va ruda agregatining xususiyatiga qarab navlarga ajratiladi. Namlikning miqdori va granulometrik tarkibga ham cheklanishlar bor.
Ruda tarkibidagi har qaysi mineral ma’lum bir kimyoviy tarkibga va o‘ziga xos tuzilishga ega. Bu minerallarning rang, zichliq elektr o‘tkazuvchanliq magnitlanish qobiliyati va x.q kabi doimiy va induvidual fizik xossalarini ta’minlaydi.



Yüklə 67,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin