Postmagmatik («post» – rus. keyin) konlar bilan asosan barcha
rangli metallar: Au, Ag, Cu, Hg, Zn, Mo, Co va flyuorit, barit, tog‘
billuri, asbest kabi minerallar konlari bog‘langan.
Postmagmatik konlar 300–4500 m chuqurlikda 400–50 °C ha-
roratda bo‘shliqlarni to‘ldirish va metasomatik yo‘l bilan hosil bo‘ladi.
Metasomatik jarayon – gidrotermal eritmaning tog‘ jinslari bilan o‘za-
ro kimyoviy reaksiyalari natijasida yuzaga keladi.
Postmagmatik konlar o‘z navbatida ikkiga: skarn va greyzen
konlariga bo‘linadi.
SKARN KONLARI. «Skarn» so‘zi Shvetsiyadagi Skarn tog‘i nomidan olingan.
Magmatik tog‘ jinslarining (granit, granodiorit) karbonatli tog‘ jinslari
(ohaktosh, dolomit) bilan kontaktida (chegarasida) gaz va gidrotermal
eritmalar ta’sirida hosil bo‘lgan tog‘ jinsiga skarn deyiladi. Skarnlar
tarkibi granatlar, epidot va amfibollardan iborat. Kontakt – metasoma-
tik (grekcha, «meta» – keyin, «somatoz» – tana) jarayon tog‘ jinslari
kontaktida gidrotermal eritma bilan keltirilgan kimyoviy elementlar
yordamida amalga oshiriladi. Bunda magmatik jinslar bilan karbonatli
jinslar o‘rtasida modda almashish reaksiyasi ketadi. Natijada tog‘
jinslari butunlay yoki qisman o‘zgaradi: avval skarn minerallari, so‘ng
ma’danli minerallar, ya’ni magnetit, gematit, xalkopirit, bornit,
sheelit, sof oltin, galenit, sfalerit kabi minerallar paydo bo‘ladi. Skarn
konlari ana shu tariqa vujudga keladi.
Skarn konlari uchun xos xususiyatlardan biri – intruziv va karbo-
nat jinslar kontaktida o‘zgargan jinslarning hosil bo‘lishidir. Kontakt
qanchalik yotiq bo‘lsa, ma’dan hosil bo‘lish ehtimoli shunchalik katta
bo‘ladi. Bundan tashqari skarn jarayoni kechgan joylarda skarn mine-
rallari hisoblanmish piroksen, granat, vollastonit, epidot, amfibol kabi-
larning hamda magnetit, gematit, xalkopirit, bornit, sheelit, galenit, sfalerit va bo‘r minerallarining uchrashi skarn konlarini aniqlashga
ishora qiluvchi muhim geologik belgilar sanaladi.