«Gidrotermal» tushunchasi ikki grekcha so‘zdan (gidro – suv;
termos – harakat; harorat) olingan bo‘lib, «issiq suv» ma’nosiga ega
bo‘lganiga qaramay, geologiyada «issiq kimyoviy eritmalar» tushun-
chasini beradi. Ma’lumki, postmagmatik suyuqliklar avvaliga magma-
tik o‘choqlaridan ajralgan paytlarida gaz holatiga ega bo‘ladilar va
ularning harorati tabiiy, baland bo‘ladi. So‘ngra ular nisbatan sovuq
bo‘lgan tog‘ jinslaridagi buzilish zonalari va kovaklari orasida siljishi
natijasida o‘z haroratlarini pasaytira boradilar. 400 °С chegarasidan
o‘tayotganlarida, gaz holatlarini yo‘qotib eritma holatiga o‘tadilar va
o‘z harakatlarini davom ettiradilar. Ana shunday suyuqliklar gidroter- mal eritmalar deb ataladi. Ular murakkab tarkibga ega bo‘lib, asosini
tashkil etuvchi suvdan tashqari, ma’danli komponentlarga boy
bo‘ladilar. Gidrotermal eritmalarga yuqori harorat va katta bosimdan
tashqari, kimyoviy faollik xosdir. Bu eritmalar o‘z yo‘llarida turli tog‘
jinslari bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishib, o‘z xususiyatlarini va
tarkiblarini o‘zgartira boradilar. Bu hodisalar gidrotermal eritmalar-
ning 400° dan 50 °С gacha bo‘lgan oralig‘ida yuz beradi. Ushbu erit-
malar o‘tgan tog‘ jinslari orasida turli ma’dan to‘planishi va foydali
qazilma konlari tashkil topishi mumkin.
Gidrotermal konlar tabiatda eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, juda katta
nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ulardan hozirgi vaqtda qora va
maxsus (Fe, Mn, Co, Ni, W, Mo), rangli (Cu, Pb, Zn, Sn, As, Bi, Hg,
Sb), asl (Au, Ag), radioaktiv (U) metallar, siyrak elementlar (selen,
tellur va boshqalar) va nometall foydali qazilmalar – flyuorit, barit,
optik kvars, magnezit, asbest kabilar qazib olinmoqda.
Gidrotermal konlarn beruvchi eritmalar turli chuqurliklardagi
magma va undan kristallanayotgan magmatik konlar bilan bog‘liq
bo‘lganlari uchun, gidrotermal konlar ikki guruhga bo‘linadi: 1 km
dan 5–7 km gacha bo‘lgan chuqurlikda joylashgan magmatik jins
massivlari yoki plutonlari bilan bog‘liq bo‘lgan gidrotermal konlar
«chuqurlikdagi yoki plutogen gidrotermal konlar» deyiladi.
Agar ma’dan hosil qiluvchi eritmalar yer ustidan boshlab, bir
kilometrgacha bo‘lgan chuqurlikda joylashgan «vulkan» yoki «sub-
vulkan» deb ataluvchi magmatik jinslar bilan bog‘liq bo‘lsa, unday
konlar yuza chuqurlikdagi yoki vulkanogen gidrotermal konlar deb
ataladi.
Har ikki ma’dan hosil qiluvchi gidrotermal eritmalar o‘z harorat-
larini va bosimlarini doimo pasaytira borganliklari uchun (400–50 °С)
va ulardan foydalanilayotgan mineral uyushmalari turli harorat inter-
vallarida yuzaga kelganliklari uchun plutogen va vulkanogen gidro-
termal konlarni tashkil etuvchi harorat intervallariga qarab, 3 turga
bo‘linadi:
1. Yuqori haroratli gidrotermal konlar (400–300 °С).
2. O‘rta haroratli gidrotermal konlar (300–200 °С).
3. Past haroratli gidrotermal konlar (200–50 °С).
Yuqori haroratli gidrotermal konlar 400–300 °Сda hosil bo‘lib,
ular volfram, oltin-margimush konlariga xosdir. Ba’zan bir konning
o‘zida ikki va undan ortiq foydali qazilma to‘planadi (masalan, kvars-
kassiterit-volframit konlari). Ana shunday konlar qatoriga oz bo‘lsada,
ba’zi polimetall (qo‘rg‘oshin-rux) konlarini ham kiritish mumkin,
metallmas konlardan flyuorit, muskovit, apatit, topaz, berill konlari
kiradi. Yuqoridagi metalmas foydali qazilma konlari ko‘proq gaz
holidagi eritmalar mahsuli hisoblanadi.
Yuqori haroratli plutonogen konlar ko‘pincha qalinligi bir necha
santimetrgacha, uzunligi birnecha o‘n metrlargacha bo‘lgan tomirsi-
mon tanalar sifatida uchraydi. Molibden uchun xos bo‘lgan tanalardan
biri – to‘rsimon tuzilgan kvars-molibdenit shtokverklaridir. Tomirlar
ba’zan birlashib, «ot dumi» deb nom olgan kokilsimon strukturaga ega
bo‘ladi. Umuman, yuqori haroratli gidrotermal konlarning yiriklari
tabiatda ko‘p uchramaydi.
O‘rta haroratli konlar (300–200 °С) yuqori haroratli konlarga
nisbatan bir necha marta ko‘p uchraydi. Bu ularning faqat nordongina
emas, balki har qanday (nordon, ishqoriy asosli, o‘ta asosli) tarkibdagi
jinslar bilan ham inoqliklari bilan belgilanadi. Bu konlardan hozirda
Au, Ag, Cu, Bl, Pb, Zn va boshqalar olinmoqda. Bulardagi asosiy
minerallar sifatida oltin, kumush, elektrum, xalkopirit, bornit
(Cu
5
FeS
4
), kuprit (Cu
2
O), sfalerit, galenit, nikelin (N
1
As), millerit
(N
1
S), kobaltin (SoAsS), shmaltin [(Co, Nl)As
3-x
], gematit, siderit,
pirit, arsenopirit, kassiterit, stanin (Cu
2
FeSnS
4
), molibdenit, uraninit
kabilarni keltirish mumkin. Bundan tashqari qator nometall ma’dan
minerallari ham shu sharoitda hosil bo‘ladi. Talk, magnezit (MgCO
3
),
xrizotil-asbest, tog‘ billuri, kvars, flyuorit, barit, karbonatlar shular
jumlasidandir. Bu konlarning hosil bo‘lishi jarayonida yondosh jinslar ham turli
gidrotermal o‘zgarishlarga uchraydi. O‘zgarishlar birlamchi jins tarki-
bi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, masalan granit, granodiorit, ada-
mellit, diorit kabi nordon va o‘rta jinslar berezitlanadi.
Berezitlanish deb birlamchi jinsdagi dala shpatlarining kvars va
seritsitga aylanishi hamda biotit, shox aldamchisi kabi qoramtir mine-
rallarning temir bilan bog‘lanib pirit hosil qilishi hisobiga ikkilamchi
berezit jinsiga aylanib qolishiga aytiladi. Qoramtir minerallari kam
bo‘lgan birlamchi jinslar (masalan, aplit, alyaskit, ikki slyudali granit
kabilar) yoki ba’zi cho‘kma jinslar seritsitlashishi mumkin. Seritsit –
muskovitning mayda mikroskopik turidir. Qora minerallarga boy o‘rta
va asosli jinslar xloritlanadi. Bundagi xlorit birlamchi jinslar ichidagi
temir hisobiga hosil bo‘ladi. Shuningdek, ko‘p konlarda birlamchi
karbonat jinslar hisobiga karbonatlashish hodisasi ro‘y beradi. Birlam-
chi kremnezemli jinslar ichida kvarslashish, O‘ta asosli jinslarda
serpentinlashish (ulardagi magnezial silikatlar hisobiga) yoki listvenit-
lashish (olivin [Mg, Fe,(SlO
4
)]), piroksenlar (R
2
[Sl
2
O
6
]; R
q
qNa, Ll;
R
q2
qAl,Fe, Tl) kabilar o‘rniga temir va magniyli karbonatlar – fuksit
va boshqalarning hosil bo‘lishi ro‘y beradi.
Aytib o‘tilgan o‘zgarishlar ko‘pincha ustma-ust tushib, mutaxas-
sislarning ishini murakkablashtiradi va yuqori malakali geologlarning
aralashuvini taqozo etadi. O‘rta haroratli konlarning yana bir xusu-
siyati – ular ko‘pincha ona magmatik jinslardan anchagina tashqarida
ham joylashaveradi. Ma’danlashish jarayoni esa, ham bo‘shliqlarni
to‘ldirish, ham metasomatik almashinish orqali kechib o‘tishi mum-
kin. Ma’dan tanalari oddiy va murakkab tomirlar, linza, shtok, shtok-
verk, quvursimon va qatlamsimon shakllarda gavdalanadi.
Past haroratli gidrotermal konlar 200–50 °С oralig‘ida yuzaga
keladi. Aslida bu harorat bosimning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lib,
gidrotermal eritmalarning magmadan ajralgandan so‘ng 6–8 km yo‘lni
bosib o‘tgan masofasiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham bu konlar
odatda ona jinsdan yiroqda, cho‘kma va metamorfik jinslar ichida
shakllanadi. Shu tufayli ularni ko‘pincha «teletermal», qatlamlangan
jinslar shakliga ega bo‘lganda esa, hatto «qatlam (stratimorfnoe) kon-
lari» deb ham ataydilar. Kon ko‘pincha ohaktoshlar, ayniqsa organo-
gen jinslar bo‘lsada, ular ohakli qumtosh, qumli ohaktosho‘, qumtosh,
slanes va effuzivlardan iborat qatlamlarda ham joylashaveradi. Bu
konlar simob (kinovar – HgS), surma (antimonit – Sb
2
S
3
), margimush
27
(realgar – AsS va auripigment – As
2
S
3
hisobiga), oltin, kumush, oltin
telluridlari (kalaverit – AuTe
2
, silvanit – AuAgTe
4
) dan tashkil
topgandir. Boshqa minerallardan kvars, karbonatlar, barit, alunit
(KAl
3
(SO
4
)
2
(OH)
6
)larni keltirish mumkin.
Ma’dan tanalari tomirsimon, linzasimon qatlamsimon, ustunsi-
mon bo‘ladi. Ma’dan atrofi o‘zgarishlari berezitlashish, karbonatla-
shish, baritlashish, kvarslashishlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Plutogen gidrotermal konlar turli tog‘ jinslarida paydo bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun bunday konlarni izlashda ko‘proq yoriqlarni,
burmalarni, ekran hosil qiluvchi jinslarni kuzatish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bulardan tashqari tog‘ jinslarida kechadigan turli xil gidro-
termal o‘zgargan jinslar – greyzenlar, seritsitlar, berezitlar, listvenit-
larning uchrashi gidrotermal konlarning joylashganidan habar beruv-
chi geologik belgi hisoblanadi.
Vulkanogen gidrotermal konlarni izlab topish va o‘rganishda
o‘sha hududda keng tarqalgan vulkanogen jinslarga (andezitlar,
datsitlar, riolitlar, bazaltlar) ahamiyat berish zarur bo‘ladi. Bunday
jinslarning kremniylashishi, kaolinlashishi, ba’zan karbonatlashishi,
ularda alunit, kaolinit, flyuorit, barit, kvars, xalsedon, opal kabi mine-
rallarning uchrashi vulkanogen gidrotermal konlar uchun xos bo‘lgan
belgilar hisoblanadi.
Bundan tashqari mis, qo‘rg‘oshin, rux, mishyak, surma kabi ele-
mentlarning oksidlangan minerallarining uchrashi gidrotermal konlar-
ning oksidlanish zonasi joylashganidan darak beradi.