Ma`ruza №2 Mavzu: Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja: 1


Elak ko‘zining o‘lchami, mm



Yüklə 67,71 Kb.
səhifə6/17
tarix12.02.2023
ölçüsü67,71 Kb.
#83937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari

Elak ko‘zining o‘lchami, mm

Yirik

-1200+0

300-100

O‘rta

-360+0

60-25

Mayda

-75+0

25-6

Mayin

-10+0

5-0.5

O‘rta mayin

-1+0

0.05 gacha



Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar
Boyitish fabrikasiga ruda xar yil o‘lchamdagi bo‘laklar holida kelib tushadi. Rudaning yiriklik xarakteristikam yoki uning granulometrik tarkibi konni qazib olish usuliga, rudaning qattiqligiga, konning sanoat kuvvatiga va h.q larga bog‘liq
Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va puch tog‘ jinslari ularni erkin va bir-biridan ajralgan xolda ko‘rsatila olishi mumkin bo‘lgan yiriklikka (o‘lchamga) keltirilishi keraq Rudani boyitishdan oldin tayyorlash uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo‘llaniladi.
Fizikaviy moxiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash va yanchish bir-biridan bu operatsiyalarga tushuvchi va ulardan chiquvchi mahsulotlarning o‘lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi.
Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha o‘lchamda tushib, maydalangan mahsulot 10-15 mm o‘lchamda bo‘ladi. Ruda o‘lchamini 0,074 mm gacha kichraytirish yanchish jarayonida sodir bo‘ladi.
Rudani boyitishdan oldingi eng so‘nggi o‘lchami qo‘llaniladigan boyitish usuliga bog‘liq.
Bu o‘lcham har qaysi foydali qazilma uchun uni boyitilishga tekshirish jarayonida tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Foydali mineral zarracha yuzasi qancha to‘liq ochilsa, boyitish shuncha samaraliroq bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda o‘ta yanchilishga yo‘l qo‘ymaslik keraq chunki bunda foydali komponent juda mayin shlamlar holiga o‘tib, boyitish jarayonida konsentratga ajralmaydi va chiqindilar tarkibida yo‘qoladi.
Undan tashqari, o‘ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlarning tez ishdan chiqishiga, ularning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga va boyitish ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi.
Maydalash va yanchish jarayonlari juda qimmat turadigan jarayonlar hisoblanadi. Ularga rudani boyitish uchun ketadigan harajatlarning 60% dan ortiq sarflanadi. SHuning uchun maydalashda “hech narsa ortiqcha maydalanmasin” degan prinsipga amal qilinadi. SHu maqsadda maydalash bosqichli tarzda amalga oshiriladi.
Maydalash va yanchish jarayonlari ko‘mirni chang holida yoquvchi stansiyalarda,ssement zavodlarida, qumini kokslash uchun tayyorlashda koks kimyoviy zavodlarda, ohaq dolomit va boshqa mahsulotlarni maydalashda metallurgik zavodlarda, yo‘l qurilish sanoatida, qum-shag‘al tayyorlashda va h.k larda ham ishlatiladi. Bu hollarda maydalash va yanchish mahsulotlarining yirikligi keyingi texnologiyaning talablari asosida o‘rnatiladi.



Yüklə 67,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin