Elash jarayonining asoslari. Elashning turlari va qo‘llanilishi Elash-foydali qazilmaning yirikligiga qarab, bir yoki bir necha elak orqali elab, sinflarga ajratish jarayonidir.
Elashga tushayotgan mahsulot-dastlabki, elak ustida qolgan mahsulot -elak usti, elakdan o‘tgan mahsulot esa elak osti mahsuloti deyiladi.
Elashda qabul qilingan elak ko‘zlari o‘lchamining kattadan kichikka tomon ketma-ket qatori elash shkalasi, ikkita ketma-ket kelgan elak ko‘zlari o‘lchamining bir-biriga nisbati shkala moduli deyiladi. M-n: 48, 24, 12, 6,3, mm li shkala uchun modul 2 ga teng; Mahsulotni n ta elakda elashdan so‘ng n+1 ta mahsulot olinadi.
Mahsulot yirikligi quyidagicha belgilanadi: -1 +1 yoki 1 –1 M-n: -50+12 mm; 12-50 mm.
Elashning quyidagi turlari qo‘llaniladi: yordamchi, tayyorlovchi, mustaqil, xamda boyitish mahsulotlaridan suvni ajratish operatsiyasi sifatida ishlatiladigan elash operatsiyasi.
1. YOrdamchi elash, maydalash va yanchish sxemalarida ishlatilib, dastlabki mahsulot tarkibidagi tayyor (maydalanishi kerak bo‘lmagan) mahsulotni ajratish yoki maydalangan mahsulot yirikligini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bunday elashning birinchi turi-dastlabki, ikkinchisi esa nazoratlovchi elash deyiladi.
2. Tayyorlovchi elash dastlabki mahsulotni alohida-alohida boyitish maqsadida sinflarga ajratish uchun ishlatiladi.
3. Mustaqil elash - elash mahsulotlari iste’molchiga yuboriladigan tayyor mahsulot hisoblansa mustaqil elash deyiladi, elashning bu turi ko‘pincha ko‘mirni elashda ishlatiladi.
Suvsizlantirish maqsadida ishlatiladigan elash boyitish mahsulotlaridan suvni birlamchi ajratishda keng ishlatilmoqda.
Dastlabki mahsulotning yirikligi va elak ko‘zining o‘lchamiga qarab elashning quyidagi turlari mavjud.