Ma`ruza №2 Mavzu: Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja: 1


Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari



Yüklə 67,71 Kb.
səhifə14/17
tarix12.02.2023
ölçüsü67,71 Kb.
#83937
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari

Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari
Flotatsiya usulida boyitish qadimdan ma’lum bo‘lsa-da, fakat XX asr boshlaridan sanoat miqyosida qo‘llana boshladi. Xozirgi vaqtda bu usul rangli, qora, nodir metallar rudalarini boyitishning universal usuli hisoblanadi. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarning 90% dan ortig‘i shu usul bilan boyitiladi.
Flotatsiya usulida boyitishning boshqa usullarga nisbatan kengroq qo‘llanilishi uning bir kator afzalliklari bilan tushuntiriladi.

  1. Metallning miqdori kam bo‘lgan kambag‘al rudalarni ham qayta ishlash mumkinligi (masalan: mis-1%, qalay va volfram-0,1% gacha, molibden- 0,01% gacha va h.q).

  1. Murakkab, masalan, polimetal rudalarni kompleks raviщda qayta ishlashning mumkinligi (masalan, qo‘rg‘oshin, rux, misli polimetall rudalar).

Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqqa asoslanib boyitish usulidir.
Mineral zarrachalarning suyuqlik-gaz chegarasi yuzasida maxkamlanish qobiliyati mineral zarrachalarning suv bilan ho‘llanish qobiliyatiga bog‘liq.
Ho‘llanish - mineral zarrachalar yuzasining suv molekulalari bilan molekulyar tortishish kuchi ta’sirida o‘zaro birikish xodisasidir.
Ho‘llanish zarrachaning erkin yuza energiyasining kattaligiga bog‘liq. Erkin yuza energiyasi ancha katta bo‘lsa, zarracha yuzasi shuncha yaxshi ho‘llanadi, qancha kichik bo‘lsa-shuncha yomon ho‘llanadi. Suv bilan ho‘llanmaydigan yuzalar gidrofob, suv bilan ho‘llanadigan yuzalar esa gidrofil yuzalar deyiladi.
Suyuqdik ichida joylashgan molekulaga uni o‘rab turgan xamma qo‘shni molekulalar bir xil tortishish kuchi bilan ta’sir qiladi. Buning natijasida molekulalarning tortishish kuchi uzaro tenglashgan, molekulalarning uzi esa muvozanatda turadi.
Suyuqlik yuzasida joylashgan molekula uchun esa molekulyar tortishish kuchlari muvofiklashmagan. Molekula fakat suyuqlik tomonidan tortilishni his qiladi. Bu kuchlar tenglashmagan va suyuqlik fazasining ichiga yunalgan. YAngi ajralish sirtini hosil qilish uchun molekulalarning tortilishiga qarshi ish sarflash keraq
1sm2 ajralish sirtini hosil qilishga sarflanadigan ish sirt tarangligi deyiladi. U “T” harfi bilan belgilanadi va erg/sm2 yoki dm/sm2 larda o‘lchanadi. Sirt tarangligi sirt ajralishi fazasining muhim xususiyati hisoblanadi. Suvning sirt tarangligi 20° da 72,75 dm/sm2 ga teng. Uni suvda xar xil moddalarni eritib ulchash mumkin. Suvda eriydigan va sirt tarangliligini kamaytiradigan moddalar sirt aktiv modsalar deyiladi. Ular organik birikmalar bo‘lib, molekulasiga bir vaqtning o‘zida xam polyar (OH-, COH, NH2-), hamda apolyar (uglevodorod zarrachalari) gruppalari kiradi. Sirt tarangligini oshiruvchi moddalar sirt-aktiv moddalar deyiladi.
Flotatsiya usullari:
1-yog‘dagi flotatsiya.
2-plyonkali flotatsiya.
3-ko‘pikli flotatsiya.
4-ko‘pikli separatsiya.
5-flotogravitatsiya.
1. Yog‘dagi flotatsiya - tabiiy gidrofob minerallarni saqlovchi mayin tuyulgan ruda zichligi 1 dan kichik (p<1) bo‘lgan ko‘p miqdordagi yog‘ bilan aralashtiriladi. Aralashtirilayotgan vaqtda gidrofob minerallar yog‘ga yopishadi, puch tog‘ jinslarining gidrofil zarrachalari suvda koladi. Minerallarni bir-biridan ajratish suvli muhitda tindirgachlarda amalga oshiriladi. Bu usulni kamchiligi - yog‘ning qimmatligi va ko‘p miqdorda sarflanishi.
2. Plyonkali flotatsiya-mayin tuyulgan ruda suvning yuzasiga asta-sekin beriladi. Gidrofob minerallar suv yuzasida ushlashib kolib, plyonka hosil qiladi, gidrofil zarrachalar esa cho‘kadi.
3. Ko‘pikli flotatsiya mayin tuyulgan ruda bo‘tana xolida minerallarning ho‘llanish xususiyatini oshiruvchi maxsus flotatsion reagentlar bilan qayta ishlanadi. Keyin bo‘tana flotatsion mashinalarda aralashtiriladi va havo yoki gaz bilan to‘yintiriladi. Bunda gidrofob zarrachalar havo pufakchalari bilan to‘qnashib ko‘pikka ilashadi, gidrofil zarrachalar esa flotatsion kamerada qoladi. 
4. Ko‘pikli separatsiya - gidrofil minerallarni ko‘pikli qatlamning o‘zida ajratish.
5. Flotogravitatsiya - minerallarning zichligi farqga asoslanib ajratish jarayoni bo‘lib konsentratsion bilan birgalikda amalga oshiriladi.



Yüklə 67,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin