Ma`ruza №2 Mavzu: Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja: 1



Yüklə 67,71 Kb.
səhifə16/17
tarix12.02.2023
ölçüsü67,71 Kb.
#83937
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari

Depressorlar mineral zarracha-suv chegarasida ta’sir qiladi. Depressorlarni bo‘tanadan ko‘pikka utishi kerak bulmagan mineral zarrachalarning flotatsion qobiliyatini susaytirish maqsadida ishlatiladi. Amadda depressorlar sifatida ishqor,ssianidlar, rux kuporosi, natriy sulfid, natriy silikat, organik kolloidlar va x.k. lar ishlatiladi.
Ishqorlarning depressiyalovchi ta’siri metallarning qiyin eruvchi gidrat oksidlarini xosil qilishi bilan bog‘liq. Ishqorlar temir va nikel sulfidlarini depressiyalaydi.
Sianidlarning - depressiyalovchi ta’siri uning to‘plovchini eritishidadir.ssianidlar ruh temir va nikel sulfidlarini depressiyalaydi. Flotatsiya amaliyotida NaCN, KCN, Ca(CN)2 va biroz miqdorda ishqor saklovchi texnik mahsulot-siankotishma ishlatiladi.ssianidlar suvda yaxshi eriydi. Ular suvli eritmalarda kuchli zaxar hisoblangan vodorodssianid ajratib gidrolizlanadi. NaCN + OH- = NaOH + HCN
SHuning uchunssianidlar gidrolizga uchramasligi uchun ishqoriy mux.itda qo‘llaniladi.
Rux kuporosi ZnSO4*7H2O sfalerit (ZnS) depressiyalashda ishlatiladi. Rux kuporosi neytral va ishqoriy muhitda Zn(OH)2 cho‘kmani, soda ishtirokida ZnCO3 cho‘kmasini hosil qiladi, va bu cho‘kmalar sfalerit yuzasiga yopishib uni depressiyalaydi.
Natriy sulfidi Na2S - molibdenit (MoS2)flaH tashkari xamma sulfidlarni depressiyalaydi, suvda natriy sulfid kuchli asos va kuchsiz kislotaning tuzi sifatida gidrolizga uchraidi va kuchli ishqoriy muhitni hosil qiladi.
Natriy sulfidi ko‘prok kushilganda bo‘tana erkin holdagi sulfid S-2 va gidrosulfid HS- ionlari xosil bo‘ladi va ular ksantogenat ionlarini mineral sulfidlashgan yuzasi bilan o‘zaro ta’sirini to‘xtatadi.
Aktivatorlar minerallarning flotatsion qobiliyatini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Ular to‘plovchining mineral yuzasida mahkamlashishiga yordam beradi. Undan tashkari aktivatorlar mineral depressiyalangan bo‘lsa, ularning flotatsion qobiliyatini qayta tiklash maqsadida, hamda minerallarning tabiiy flotatsiyalanish qobiliyati kam bo‘lganda ishlatiladi. Aktivatorlarning ta’siri shundan iboratki, ular mineral yuzasida to‘plovchi oson yutadigan /adsorbsiyalaydigan/ plenkani hosil kdladi yoki mineral zarracha yuzasidan depressorni chetlashtiradi.
Flotatsiya jarayonida aktivator sifatida mis kuporasi, sulьfat kislota, eruvchi sulfidlar (ko‘pincha) va xdvo kislorodi qo‘llanadi.
Mis ko‘porosi - nisbatan ko‘prok tarqalgan aktivatorlardan.
Sfaleritni aktivlashtirishda ishlatiladi.
Sulfat kislotasi - pirit va pirrotinni aktivlashda ishlatiladi. Aktivlashtirish mineral zarracha yuzasida xrsil bo‘lgan temir gidrooksidini eritib yuborishdan iborat.
Natriy sulfidi - rangli metallar oksidli minerallarini sulfidlashtirishda ishlatiladi.
Havo kislorodi sulfidli minerallarning yuzasini oksidlash natijasida va bo‘tanadagi erkin sulfid ionlarini oksidlash natijasida aktivlashtiradi. Sulfidli minerallar yuzasini kattiq oksidlanib ketishi xdm zararli, chunki bunda to‘plovchi ko‘proq sarflanib ketadi.
To‘plovchi, dispressor va aktivatorlarning funksiyasini yaxshi tushunish uchun misol keltiramiz.
Galenit PbS, sfalerit ZnS va pirit FeS2 li rudalarni flotatsiyalashda avval galenit flotatsiyalanadi, sfalerit va piritning flotatsiyalanish qobiliyati depressor qo‘shib (oxak,ssianid yoki rux kuporosi) yo‘qotib turiladi. Qo‘rg‘oshinli flotatsiyadan keyin sfaleritning flotatsion qobiliyati aktivator - mis kuporosi qo‘shib tiklanadi, pirit esa ko‘p miqdorda oxak qo‘shib depressiyalanadi. So‘ngra piritning flotatsion qobiliyati tiklanadi (masalan, sulfat kislotasi kushib) va uni piritli konsentratga flotatsiyalanadi.

Yüklə 67,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin