To‘plovchilar Aminlar va ularning tuzlari



Yüklə 78,13 Kb.
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü78,13 Kb.
#194096
  1   2   3   4   5   6   7   8
Flotatsiya jarayoni





Flotatsiya jarayoni


Reja:



  1. Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari
  2. Flotatsiya usullari


  3. Flotatsion reagentlarning tasnifi
  4. To‘plovchilar

  5. Aminlar va ularning tuzlari


  6. So‘ndiruvchilar

Flotatsiya jarayonining fizik-kimyoviy asoslari

Flotatsiya usulida boyitish qadimdan ma’lum bo‘lsa-da, faqat XX asr boshlaridan sanoat miqyosida qo‘llana boshlandi. Xozirgi vaqtda bu usul rangli, qora, nodir metallar rudalarini boyitishning universal usuli hisoblanadi. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarning 90% dan ortig‘i shu usul bilan boyitiladi.


Flotatsiya usulida boyitishning boshqa usullarga nisbatan kengroq qo‘llanilishi uning bir qator afzalliklari bilan tushuntiriladi.

  1. metallning miqdori kam bo‘lgan kambag‘al rudalarni ham qayta ishlash mumkinligi (masalan: mis- 1%, qalay va volfram- 0,1% gacha, molibden- 0,01% gacha va h.k.).

  2. murakkab, masalan, polimetal rudalarni kompleks ravishda qayta ishlashning mumkinligi (masalan, qo‘rg‘oshin, rux, misli polimetall rudalar).

Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqqa asoslanib boyitish usulidir.
Mineral zarrachalarning suyuqlik-gaz chegarasi yuzasida mahkamlanish qobiliyati mineral zarrachalarning suv bilan xo‘llanish qobiliyatiga bog‘liq.
Ho‘llanish - mineral zarrachalar yuzasining suv molekulalari bilan molekulyar tortishish kuchi ta’sirida o‘zaro birikish hodisasidir.
Ho‘llanish zarrachaning erkin yuza energiyasining kattaligiga bog‘liq. Erkin yuza energiyasi qancha katta bo‘lsa, zarracha yuzasi shuncha yaxshi ho‘llanadi, qancha kichik bo‘lsa-shuncha yomon ho‘llanadi. Suv bilan ho‘llanmaydigan yuzalar gidrofob, suv bilan ho‘llanadigan yuzalar esa gidrofil yuzalar deyiladi. (tarjimada suvni yaxshi ko‘ruvchi va yomon ko‘ruvchi yuzalar).
Suyuqlik ichida joylashgan molekulaga uni o‘rab turgan hamma qo‘shni molekulalar bir xil tortishish kuchi bilan ta’sir qiladi. Buning natijasida molekulalarning tortishish kuchi o‘zaro tenglashgan, molekulalarning o‘zi esa muvozanatda turadi.
Suyuqlik yuzasida joylashgan molekula uchun esa molekulyar tortishish kuchlari muvofiqlashmagan. Molekula faqat suyuqlik tomonidan tortilishni his qiladi. Bu kuchlar tenglashmagan va suyuqlik fazasining ichiga yo‘nalgan. YAngi ajralish sirtini hosil qilish uchun molekulalarning tortilishiga qarshi ish sarflash kerak.
1 sm2 ajralish sirtini hosil qilishga sarflanadigan ish sirt tarangligi deyiladi. U "T" harfi bilan belgilanadi va erg/sm2 yoki dm/sm2 larda o‘lchanadi. Sirt tarangligi sirt ajralishi fazasining muhim xususiyati hisoblanadi. Suvning sirt tarangligi 200 da 72,75 dm/sm2 ga teng. Uni suvda har xil moddalarni eritib o‘lchash mumkin. Suvda eriydigan va sirt tarangliligini kamaytiradigan moddalar sirt aktiv moddalar deyiladi. Ular organik birikmalar bo‘lib, molekulasiga bir vaqtning o‘zida ham polyar (ON-, SON, NN2 -), ham apolyar (uglevodorod zarrachalari) gruppalari kiradi. Sirt tarangligini oshiruvchi moddalar sirt-aktiv moddalar deyiladi.

Yüklə 78,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin