To‘plovchilar Aminlar va ularning tuzlari


Flotatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 78,13 Kb.
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü78,13 Kb.
#194096
1   2   3   4   5   6   7   8
Flotatsiya jarayoni

Flotatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar

Flotatsiya - universal va yuqori texnologik ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lgan jarayon hisoblanib, uning borishiga ko‘p sonli omillar ta’sir qilishi mumkin. Ularga: dastlabki mahsulotning mineral tarkibi va yirikligi, bo‘tananing zichligi, harorat, reagent tartibi, suvning tarkibi, flotatsiya vaqti, bo‘tananing mashinadagi aeratsiyalanish darajasi va h.k.


Boyitilayotgan ma’danning mineral tarkibiga qo‘llanadigan reagentlarni tanlash, ularning sarfi, va rudadagi komponentlarni ajralish ketma-ketligi tanlanadi. Rudani mineral - petrografik o‘rganish asosida flotatsiyadan oldin hamma mineral komponentlarning tarkibi, o‘simtalarning o‘zaro tuzilishi, begona aralashmalarning oksidlanish darajasi va har qaysi komponentning massa ulushi belgilanadi. Buning asosida reagentlar tanlanadi, yanchish va flotatsiya sxemalari belgilanadi.
Turli xil rudalar turlicha flotatsiyalanadi. Sulfidli minerallarni nosulfid minerallardan flotatsiya usuli bilan oson ajratish mumkin. Sulfidli rudalarning oksidlanishi va tanlab eritilishi natijasida hosil bo‘lgan oksidli rudalarning flotatsion qobiliyati sust bo‘ladi va ular avval sulfidlanmasdan turib flotatsiyalanmaydi.
Flotatsiyada dastlabki mahsulotning yirikligi shunday bo‘lishi kerakki, qimmatbaxo komponent zarrachalari o‘ziga yopishgan puch tog‘ jinslari minerallardan to‘liq ozod bo‘lgan va flotatsiyalanuvchi zarrachalarning o‘lchami havo pufakchalarining ko‘tarilishi kuchiga mos kelishi kerak.
Odatda flotatsiyani zarrachalarning o‘lchami 0,02-0,5 mm orasida olib boriladi. Flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalarining maksimal o‘lchami ularning gidrofobligiga va shakliga bog‘liq. Rudani flotatsiyalash uchun yanchganda shunga erishish kerakki, dastlabki bo‘tana tarkibida flotatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan yirik zarrachalar ham, shuningdek, ajralishni keskin ko‘paytiruvchi va reagentlar sarfini oshiruvchi, o‘lchami 0,02 mm dan kichik bo‘lgan shlamlar ham bo‘lmasin. Bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning massa ulushi 15-40% gacha bo‘lishi mumkin. Flotatsiyaning ba’zi operatsiyalarida suyuqroq bo‘tana ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, ayrim operatsiyalar uchun esa bo‘tana quyultiriladi.
Bo‘tananing zichligi katta bo‘lganda uning pufakchalar bilan to‘yinish darajasi pasayadi, yirik mineral zarrachalarning flotatsiyalanishi yomonlashadi, boyitmaning sifati pasayadi. YUqori sifatli boyitma olinishi talab qilinganda flotatsiya suyuqroq bo‘tanada olib boriladi.
Haroratning ortishi ko‘p hollarda flotatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. Bunda bir qator reagentlarning (ayniqsa, yog‘ kislotalari va sovunlar) eruvchanligi ortib, ularning sarfi kamayadi. Shu bilan bir vaqtda to‘plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatilganda bunday hol kuzatilmaydi va bunda bo‘tanani faqat qish kunlaridagina isitish maqsadga muvofiq.
Flotatsiyada reagentlar tartibi ishlatilayotgan reagentlarning turi, ularning sarfi, jarayonga berilish tartibi reagentlarning bo‘tana bilan ta’sirlashuv vaqti bilan belgilanadi. Reagent tartibi berilgan ma’danning flotatsion qobiliyatini, mineral zarrachalarning yirikligi, suvning tarkibi va h.k. larni o‘rganish borasida olib borilgan tajribalar asosida tanlanadi.
Odatda reagentlar quyidagi ketma-ketlikda qo‘shiladi: muhitning regulyatorlari, so‘ndiruvchilar (faollashtiruvchilar), to‘plovchi va ko‘pik hosil qiluvchilar.
Muhit regulyatorlari tegirmonga yoki chanlarga beriladi. To‘plovchilar esa kontakt chanlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri flotomashinalarga beriladi. To‘plovchi odatda birdaniga emas, balki oz-ozdan qo‘shiladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar flotatsion kameraga beriladi.
Suvning tarkibi - flotatsiya jarayoniga ta’sir qiladi, chunki suv o‘zining tarkibida har xil ionlar, erigan gazlar va boshqa qo‘shimchalarni saqlaydiki, ular muhitning pH ini o‘zgartirib, ko‘pik hosil bo‘lishini yomonlashtiradi va reagentlar sarfini oshiradi. Bo‘tanadagi ionlar kerak bo‘lmagan holda minerallarga aktivligini oshiruvchi yoki so‘ndiruvchi sifatida ta’sir qilishi mumkin.
Flotatsiya vaqti-flotatsiyalanuvchi komponentning boyitmaga ajralish darajasi va boyitmaning sifatini belgilaydi. Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, flotatsiya vaqtining ma’lum bir chegarasi (optimum) bo‘lib, flotatsiya vaqtining optimumdan oshishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki qimmatbaho komponentning boyitmaga ajralishining sezilarsiz darajada ortishi flotatsiya vaqtining ancha uzayishi, boyitma sifatining yomonlashishi va flotatsion mashina ishlab chiqarish unumdorligining kamayishi hisobiga sodir bo‘ladi.
Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi flotatsiya vaqti va boyitishning texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi. Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi ortishi bilan flotatsiya vaqti kamayadi. Biroq, bo‘tanani havo bilan haddan tashqari to‘yintirish ularni qo‘shilishini ko‘paytiradi. Nisbatan yirik pufakchalar katta tezlikda qalqib chiqib, ulardan mineral zarrachalarning ajralish ehtimolini oshiradi. Bo‘tanada mineral zarrachalarni yuqoriga ko‘tarish uchun nisbatan yirik zarrachalar (d = 1mm) ning ham, va mineral zarracha yuzasini faollashtiruvchi mayda pufakchalarning ham bo‘lishi kerak.
Flotatsiyaning samarali ketishiga flotatsion mashinaning ishlash sharoiti ham ta’sir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo‘tananing hajmi va undagi qattiq zarrachalarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo‘lishi kerak.
Flotatsion mashinani haddan tashqari yuklash metalni boyitmaga ajralishini kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi. Mashinaga etarli miqdorda mahsulot solinmasa, buning aksicha, flotatsiya vaqti ortadi va ko‘pikli mahsulotga puch tog‘ jinslari o‘tib ketib, boyitma sifati yomonlashadi.

Yüklə 78,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin