Mundarija Kirish Nazariy qism



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/17
tarix12.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#142854
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
G\'OVAK TEMIR OLISH USULLARI





Mundarija
Kirish

  1. Nazariy qism.

    1. G‘ovak temir olish usullari………………………………………………....

    2. G‘ovak temir olishda qo’yiladigan talablar……………….……………….

    3. Shaxtali pechlarda g’ovak temir olish……………………….…………....

    4. XiL-III jarayonida g’ovak temir olish jarayoni……………………………

  1. Texnologik qism.

    1. XiL-III jarayonida g’ovak temir olish jarayonining umumiy tavsifi………

    2. XiL-III jarayonida metallanish jarayonini hisoblash……………..………..

    3. XiL-III jarayonida g’ovak temir olishning material balansini hisoblash…..

    4. XiL-III jarayonida g’ovak temir olishning issiqlik balansini hisoblash…...

  2. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi……………………………………….

Xulosa…………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………

Kirish.


Jahonda qora metallar ishlab chiqarishda temir metallurgiyasining o‘rni haqida birinchi nashrda keltirilgan ma'lumotlar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Va XXI asrda qora metallarning asosiy miqdori “domna pech-konvertor” an'anaviy sxemasi bo‘yicha olinadi va bu miqdor 75-80% dan kam bo‘lmasa kerak. Biroq, domnasiz texnologiyalarning roli to‘xtovsiz oshib boradi, bu XXI asr boshida yangi omillarning paydo bo‘lganligi bilan bog‘liqdir. Barcha metallarning rangli va qora metallarga bolinadi. Qora metallarga asosan temie va uning qotishmalari kiradi. Temir qotishmalaridan eng muximlarini xozirgi zamon mashina uzagining asosi bulgan po`lat bilan cho`yan tashkil etadi. Po`lat bilan cho`yan esa temir- uglerod qotishmalari deb ataladi.
Rudalarni suyuqlantirib ulardan metallar ajratib olish usuli pirometallurgiya usuli deb ataladi. Cho`yan va po`lat, asosan, domna pechlarida temir rudalaridan ana shu usulda olinadi. Cho`yan bilan po`lat ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida temir rudalardan foydalaniladi.
Теmir rudalari. Tarkibida chuyan ishlab chiqarish uchun arziydigan miqdordatemir bulgan tog jinslari temir rudalari deyiladi. Ruda tarkibidagi temir bekorchi jinslar bilan aralashgan oksidlar yoki tuzlar tarzida buladi. Temirning xozirgi vaqtda keng kulamda ishlatiladigan rudalari bilan tanishib chiqamiz.
Qizil temirtosh. Qizil tusli ruda. Unung tarkibida temir Fe2O3 formula bilan ifodalanadigan oksid tarzida buladi. Qizil temirtosh minerali gematit deb ataladi. Rudadagi temir miqdori 55-60% ni tashkil etadi. Qizil temirtosh temir rudalarining eng yaxshilaridan biri, tarkibida oltingugurt va fosfor kam, undan temir oson qaytariladi.
Magnitli temirtosh. Bu ruda qoramtir tusda bulub, magnitabiy xossalarga ega, unung tarkibida temir Fe3O4 formula bilan ifodalanadigan oksid tarzidadir. Magnitaviy temirtoshminerali magnetit deb ataladi. Bu rudada temirning miqdori boshqa rudadagiga qaraganda eng kup bulib, 45-70% ni tashkil etadi. Magnetit temirning boshqa rudalariga qaraganda zich bulganligi uchun undan temir ancha qiyin qaytariladi.
Qo’ng’ir temirtosh. Bu ruda sargish-qongir tusli jins bulib, unung tarkibida temir mFe2O3•nH2O korinishidagi umumiy formula bilan ifodalanadigan oksidlar tarzidadir. Uning tarkibida 35-60% gacha temir buladi. Unda oltingugurt bilan fosfor miqdori temirning boshqa rudalariga qaraganda kuproq. Bu rudadan temir oson qaytariladi.
Cho`yan metallurgiyasida yuqorida tilga olingan rudalardan tashqari, kompleks rudalardan xam foydalaniladi. Kompleks rudalarda esa temir bilan bir qatorda xrom, nikel, titan, vannadiy va bazi boshqa metallar xam buladi. Kompleks rudalar jumlasiga temir marganesli, temir xromli, temir xrom nikelli, temir vannadiy titanli rudalar kiradi.
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng
muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan rasional va kompleks foydalanishdir. O’zbekiston metallurgiya sanoatining asosiy va muhim yo’nalishlaridan biri, bu respublika hudidida joylashgan yirik metall saqlovchi konlarni qazib olish va ishlab chiqarishga jalb etishdir va shunga respublikamizda barcha imkoniyatlar mavjud.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari" asarida O’zbekistondagi konchilik sanoatiga alohida to’xtalib o’tgan. Tabiiy xom ashyo resurslari haqida so’z yuritilar ekan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’ida joylashgan O’zbekiston o’z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay jo’g’rofiy-strategik mavqega ega ekanligi ta’kidlab o’tiladi.
Yuqorida qayd etilgan asarga murojaat qilib, ushbu satrlarni keltirsak:
«O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi" — bu erda mashhur D. I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga kadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali kazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan.
Ma’danchilik sanoatida deyarli barcha qazilma boyliklarni ishlab chiqarish
va qayta eritish keng qo’llaniladi. Biror bir ma’dan olish uchun u qaysi toifadarangli, qora yoki nodir bo’lishidan kat’iy nazar asosiy xom-ashyo ma’dantosh yoki rudadir. Ulardan tashkari qazilma boylik sifatida, o’tga chidamli, olovbardosh
hamda (flyusli) kvarsli ashyolarni xam e’tiborga olish mumkin.
Ruda – bu tog’ jinslardan tashkil topgan bo’lib, tarkibidagi ma’dan (0,351
dan kam bo’lmagan) qancha foizligidan kat’iy nazar ma’danchilik sanoatida qayta ishlash natijasida iqtisodiy samara bera olidagan xom-ashyodir.


  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin