Qo’rg’oshin aglomeratini material balansini hisoblash………………..27
Shaxtali pechda eritishning issiqlik balansni hisoblash………………..34
Shaxtali pechning asosiy parametrlarini hisoblash…………………….37
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasida yoritilgan eng muhim muammolardan biri, bu mamlakatning boy mineral-xomashyo resurslaridan ratsional va kompleks foydalanishdir. O’zbekiston metallurgiya sanoatining asosiy va muhim yo’nalishlaridan biri, bu respublika hudidida joylashgan yirik metall saqlovchi konlarni qazib olish va ishlab chiqarishga jalb etishdir va shunga respublikamizda barcha imkoniyatlar mavjud. Bir qator foydali qazilmalar (metallar) bo’yicha O’zbekiston tasdiqlangan zaxiralar va istiqbolli rudalar jixatdan MDH dagina emas, balki butun dunyoda ham etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Metallurgiya deb, ruda va boshqa turdagi metall tarkibli materiallardan metall olish jarayonlarini o‘zida qamrab olgan fan, texnika va sanoat tarmog‘iga aytiladi. Metallurgiya geologiya, konchilik kishi, rudalarni boyitish, metallurgiyaning o‘zi va metallga ishlov berish (quymakorlik ishi, metallarga bosim ostida ishlov berish va b.) lardan iborat bo‘lgan konchilik-metallurgiya sanoatining umumiy zanjirida markaziy bo‘g‘in hisoblanadi.
Ilk marta metall tog‘ jinslarini parchalash, so‘ng olovda qizdirish, shuningdek tog‘ jinsini yorilib ketishi uchun suvda sovutish orqali olingan.
Hozirgi kunga kelib qo’rg’oshin metallurgiyasi qadimiy tarixga ega. Eramizdan avvalgi 5000-7000 yil avval bu metalni tanga ko’rinishida ishlatilganini koramiz.
Xozirgi kunga kelib ushbu metall dunyoda ko’p miqdorda tarqalgan bo’lib uni zamonaviy qurilmalar yordamida olish imkoniyatiga egamiz. Xozirgi kunda qo’llanilib keladigan usullardan biri bu qo’rg’oshin aglomeratini shaxtali pechda eritish jarayonidir.
Ushbu kurs loyixasida biz qo’rg’oshinni fizik va kimyoviy xossalari, olinishi va ishlatilishini, qo’rg’oshin metallurgiyasini o’rganib chiqamiz. Asosiysi biz 100 kg aglomeratni nazariy jixatdan shaxtali pechda eritib undan xosil bo’ladigan mahsulotlarni hisoblab chiqamiz.