Mundareja: Kirish Nazariy qism



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/14
tarix02.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#171179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Shahzod aka shaxtali pech

Qotishmalari. Qo‘rg‘oshin asosidagi qotishmalar – antifriksion (qo‘rg‘oshinli babbitlar), tipografik (surma bilan legirlangan va qalay bilan 30% gacha (massa bo‘yicha)) va turli kavsharlar. Tipografik qotishmalar – qotishma markalari Ш1, Ш2 va Ш3; П1 va П2; Mn; Ln va Ln1 va boshqalar.
Qo‘rg‘oshin surmali qotishmalar akkumulyator detallarini, kabellar qoplamasini, list, quvurlarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Ishlatilishi. Eng keng qo‘llaniladigan sohasi akkumulyatorlar ishlab chiqarish, ya’ni ishlab chiqariladigan qo‘rg‘oshinning 1/3-1/4 qismi uning hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ko‘p holatlarda qo‘rg‘oshin H2SO4 bilan ishlashda qo‘llaniladi. Qo‘rg‘oshin bilan H2SO4 sanoatida kamerli va kontakt usulida sulfat angidridi adsorbsiyasida apparatlarning ichki qismi qoplanadi, nitroglitserin olishda, titan to‘rt oksididan pigment olishda va shu kabilarda ishlatiladi.
Unga fosfat, ftorid kislotalari va ko‘plab eritmalar uchun idish sifatida qaraladi. Sovuq bosimlash usulida olinadigan elektr kabellarida himoya qavati sifatida ishlatiladi. Yuqori zichligi, korrozion barqarorligi hisobiga qo‘rg‘oshin tortma og‘irlik uchun va ballast tayyorlashda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshindan izotoplarni transportirovkasi va saqlanishi uchun konteynerlar tayyorlanadi. Qo‘rg‘oshin nitrati kuchli portlovchi moddalar aralashmasini tayyorlashda ham ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin oksidi keng qo‘llaniladigan detanator sifatida ishlatiladi.
Qo‘rg‘oshin perxlorati rudalarni flotatsion boyitishda ishlatiladigan og‘ir suyuqliklar tayyorlashda ishlatiladi (zichligi 2,6 g/sm³), u ayrim holatlarda kuchli portlovchi aralashmalarda oksidlovchi bo‘lib qo‘llaniladi.
Qo‘rg‘oshin ftoridi mustaqil ravishda hamda vismut ftoridi, mis ftoridi, kumush ftoridi bilan kimyoviy tok manbaida katodli material sifatida ishlatiladi.
Qo‘rg‘oshin arsenati va arseniti insektitsidlar texnologiyasida hasharotlarni – xalq xo‘jaligi zararkunandalarini o‘ldirishda ishlatiladi.
Qo‘rg‘oshin borati Pb(BO2)2•H2O, erimaydigan oq poroshok, kartina va laklarni quritishda ishlatiladi, boshqa metallar bilan – shisha va fosforga qoplama sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘rg‘oshin xloridi PbCl2 – oq kristall kukun, qaynoq suvda eriydi, boshqa xloridlar eritmasida va asosan, ammoniy xloridida NH4Cl. U shishlarni davolovchi surgichlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Qo‘rg‘oshin xromati PbCrO4 xromli sariq bo‘yoq sifatida ma’lum bo‘yoqlar tayyorlashda muhim pigment hisoblanadi, farfor va gazlamalarni bo‘yashda ishlatiladi. Sanoatda xromatni sariq pigmentlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Qo‘rg‘oshin nitrati Pb(NO3)2 – oq kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Bu bog‘lovchi cheklangan qo‘llanilishga ega. Sanoatda uni gugurt ishlab chiqarishda, tekstilni bo‘yash va to‘qimachilikda qo‘shimcha shoxlarni bo‘yashda, bezaklashda ishlatiladi.
Qo‘rg‘oshin sulfati PbSO4, suvda erimaydigan oq kukun, akkumulyatorlarda pigment sifatida, to‘quvchilik texnologiyasida qo‘llaniladi.
Qo‘rg‘oshin sulfidi PbS, qora suvda erimaydigan kukun, glinali idishlarni kuydirishda va qo‘rg‘oshin ionlarini aniqlashda ishlatiladi. Chunki qo‘rg‘oshin γ-nurlarni yaxshi yutadi, u rentgenli qurilmalarda va yadro reaktorlarida radioatsion himoya uchun ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinning qotishmalari ham keng qo‘llanilishi bilan kam ahamiyatlidir. Pyuter (qalay va qo‘rg‘oshin qotishmasi), 85-90% Sn va 15-10% Pb tarkibli, yaxshi shakllanadi, arzon va uy sharoitidagi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 67% Pb va 33% Sn, tarkibli kavshar elektrotexnikada qo‘llaniladi.
Qo‘rg‘oshinning surma bilan qotishmalari pul va tipografik shrift ishlab chiqarishda ishlatiladi, qo‘rg‘oshin qotishmalari esa – surma va qalay figurativ quyish va podshipniklar tayyorlashda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinning surma bilan qotishmasi, odatda kabellarga qoplama sifatida va elektrik akkumulyatorlar plastinalari tayyorlashda ishlatiladi. Jahonda kabellarning yuzasida qo‘rg‘oshinning ko‘p qismi yaxshigina namdan himoyalash qobiliyatiga ko‘ra sarflangan vaqtlar ham bo‘lgan. Natijada qo‘rg‘oshinni bu sohadan alyuminiy va polimerlar siqib chiqarishdi.
Qo‘rg‘oshin birikmalari bo‘yoqlar, ranglar, insektitsidlar, shisha buyumlar olishda va benzinga qo‘shimcha sifatida tetraetilqo‘rg‘oshin Pb(C2H5)4 bo‘lib ishlatiladi.
Rentgenli nurlanish apparat ishchilarini himoyalash uchun ishlatiladi.
Qo‘rg‘oshin izotoplarining miqdorini aniqlash bilan birga tog‘ jinslari va minerallar Yoshi absolyut geoxronologiyada ishlatiladi.

Hozirgi paytda dunyo bo‘yicha 4—7 mln t qo‘rg‘oshin ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishning hajmi talablarga bog‘liqdir. Hajm bo‘yicha qo‘rg‘oshin 5-o‘rinda turadi (temir, aluminiy, mis va ruxdan keyin). Qo‘rg‘oshin 30—50 foiz ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqariladi.


Deyarli hamma qo‘rg‘oshin sulfidli rudalardan olinadi. Rudada qo‘rg‘oshinning miqdorligi 0,5 dan 10% gacha uchraydi. Masalan, AQSH rudasida 1,5 foiz Pb. Kanadada 3—4 foiz Pb, Avstraliyada 5—10 foiz, O‘zbekistonda 1,5—2 foiz Pb bor.
Qo‘rg‘oshinning katta hajmda chiqaruvchilar: AQSH (23—25%), Olmoniya (9—10%), Angliya (8—9%), Yaponiya (7—8%), Avstraliya (6,5—7,5%), Meksika (5,5—7,0%), Fransiya (5,5—6,4%), Kanada (5,0—6,0%). Bu davlatlarda dunyoda ishlab chiqariladigan qo‘rg‘oshinning 70—80 % joylashgan. O‘zbekistonda rudaning 1,5— 2% chiqarilishiga qaramay, qo‘rg‘oshin zavodlari qurilmagan.
Qo‘rg‘oshin asosiy iste’molchilari, %: AQSH 29—31; Angliya 8,3—9,3; Olmoniya 8,1—9,3; Yaponiya 8,0; Fransiya 6—7; Italiya 5,6—6,2; Ispaniya 3,5—4,0. Dunyoda ishlab chiqarilgan qo‘rg‘o-shinning 75 foizi shu davlatlarda iste’mol qilinadi. O‘zbekiston o‘ziga kerak bo‘lgan qo‘rg‘oshinni 20 ta davlatlardan eksport qiladi.
Qo‘rg‘oshinni asosan: akkumulator yasash (30—45%), kabel ishlab chiqarish (5—25%), har xil quymalar (6—20%), benzinga qo‘shiladigan tetraetil qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish (6—22%) va boshqalarda ishlatiladi.
Qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo — bu kompleks polimetallik rudalardir. Rudada qo‘rg‘oshindan tashqari, Zn, Cu, Fe, Cd, Bi, Sn, As, Au, Sb, TI, Ge va boshqa elementlar bor.
Qo‘rg‘oshin rudalari, asosan, sulfid shaklida uchraydi. Sulfidli rudalarda asosiy sulfidlar: galenit PbS, sfalerit ZnS, xalkopirit CuFeS2, pirit FeS2, pirrotin Fex–1S, arsenopirit FeAsS2, argentit Ag2S. Sulfidli rudalarda 85—90% dan ziyod qo‘rg‘oshin galenit shaklida uchraydi. Rudalarda qo‘rg‘oshin tarkibi kam bo‘lgani sababli boyitiladi.
Boyitishda qo‘rg‘oshinni ajratib olish darajasi 83—94 foizni tashkil qiladi.
Qo‘rg‘oshin — Mendeleyev davriy jadvalining 4 guruh ele-menti, atom nomeri 82, atom og‘irligi 207,2, zichligi 11,336 g/ sm3, erish harorati 327,4°C, qaynash harorati 1745°C. Ko‘pchilik kimyoviy birikmalarda qo‘rg‘oshin ikki valentli. Qizitish davrida qo‘rg‘oshin yengil oksidlanadi. Oldin Pb2O paydo bo‘ladi, keyinchalik Pb2O = PbO + Pb reaksiyasi natijasida gluot hosil bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin xomashyosini qayta ishlash usullari
Qo‘rg‘oshin konsentratining taxminiy tarkibi, %: Pb 45—50; Zn 4—14; Cu 1—3; S 15—20; Fe 4—15; SiO2—10; Ag 500 g/t gacha. Konsentrat tarkibidan imkon bo‘lgan qayta ishlash usullari kelib chiqadi. Konsentrat tarkibinining tahlili shuni ko‘rsatadiki, moddani taxminan yarmi nometall (S) yoki sig‘im birikmalardan (SiO2, Al2O3, CaO) iborat.
Shuning uchun metallurgik qayta ishlashning asosiy maqsadi:

  1. yuqorida qayd etilgan moddalarni asosiy (Pb, Zn, Cu) va ularning yo‘ldoshi bo‘lgan (Au, Ag, Ca, Bi, Se, Te) elementlardan ajratib olish;

  2. asosiy metallarni bir-biridan ajratib, metallik holatda olish;

  3. xomaki qo‘rg‘oshinni tozalash.

Ushbu jarayonlar pirometallurgik usullar bilan bajariladi. Pirometallurgik jarayonlar qo‘rg‘oshinning erish haroratidan
yuqoriroq haroratlarda oqib o‘tishga mo‘ljallangan. Bunda qo‘rg‘o-shin suyuq holatida erkin shaklda ajralib chiqadi, qolgan elementlar esa nometallik faza tashkil qilib, eritmadan ajratiladi.
Qo‘rg‘oshinni xomashyodan ajratib olinadigan pirometallurgik usullar aglomeratsiya yoki reaksion eritishga asoslangan tiklanish jarayonlari orqali olib boriladi.
Tiklanish eritish quyidagi reaksiyalarning oqib o‘tishiga asoslangan:
PbO + C = Pb + CO (1)
PbO + CO = Pb + CO2 (2)
Jarayon yetarli darajada takomillashgan, faqat uni ro‘yobga oshirish uchun sulfidli mis konsentrati dastlab kuydirilishi kerak.
Bunda qo‘rg‘oshin suyuq holatda xomaki metall shaklda ajralib chiqadi.
Oksidlar tiklanishining ketma-ketligi ularning kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Agar jarayon 1000°C da olib borilsa, quyidagi oksidlar tiklanadi (oksidlar joylashishi ularning elementlardan paydo bo‘lishidagi Gibbs energiyasining o‘zgarishiga bog‘liq): AgO, HgO, CuO, PbO, CnO, FeO, ZnO va boshqalar. Oksidlar CaO, MgO, BaO, Al2O3, SiO2, MnO2 bunday sharoitlarda tiklanishi qiyin.
Shunday qilib, oldindan kuydirilgan qo‘rg‘oshin konsentratini tiklovchi eritish (1) va (2) reaksiyalar natijasida mis kukuni va bir qancha boshqa metallarga boyitilgan xomaki qo‘rg‘oshin olish mumkin. Jarayonning ikkinchi mahsulotida, shlakda hamma boshqa tiklanmagan oksidlar to‘planadi. Rux, kadmiy va boshqa uchadigan metallar jarayon davrida bug‘ holatiga o‘tib, changga o‘tadi.
Tiklovchi eritish ikkita asosiy metallar — qo‘rg‘oshin va ruxni ajratishga imkon yaratadi. Keyinchalik rux shlak va gazdan ajratib olinishi mumkin.
Xomaki qo‘rg‘oshin keyinchalik tozalanadi. Unda erigan hamma metallar xalq xo‘jaligiga kerakli mahsulot bo‘lib ajratib olinishi kerak.
Tiklanish jarayoni juda keng tarqalib, u bilan dunyoda 90 foiz qo‘rg‘oshin olinadi. Shaxtali pechda aglomeratsiya qilingan turli xomashyo tiklanib eritilishi mumkin. Shuning uchun bu usul universal metod deb nomlangan.
Sulfidli konsentratni reaksion eritish jarayoni qo‘rg‘oshin sulfidi va oksidlari o‘zaro bog‘lanishlariga asoslangan:
PbS + 2 PbO = 3 Pb + SO2 (3)
PbS + PbSO4 = Pb + 2 SO2 (4)
Dastlabki sulfidli xomashyodan yetarli oksidlar paydo bo‘lishi uchun konsentrat oldin aglomeratsion kuydirilishi mumkin.
Reaksion eritish juda kam tarqalgan, chunki u boy konsentrat-larni talab qiladi. Undan tashqari konsentratda har xil aralashmalar miqdori judayam cheklangan.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin