Temir va uning xossalari.
REJA : 1. Temir gruppachasi elementlarining umumiy tavsifi 2. Temir – olinishi, xossalari, birikmalari
D. I. Mendeleyev davriy sistemasining sakkizinchi gruppa yenaki gruppacha elementlari katta davrning urta qismlariga joylashgan uchta triadani uz ichiga oladi. Bular: temir-Te, kobalt-Co, nikel-Ni birinchi triada : ruteniy-Ru, rodiy-Rh, palladiy-Pd ikkinchi triada: osmiy-Os, iridiy-Ir, platina-Pt uchinchi triadani tashqil qiladi. Bu triadalar to'rtinchi, beshinchi,oltinchi davrlarda joylashgan. Bular barchasi D- elementlar jumlasiga kiradi. Birinchi triadadagi elementlar: Fe, Co, Ni o'zaro ximiyaviy xossalari jixatidan o'xshash bo'lgani uchun temir gruppachasi elementlari deyiladi. Ikkinchi va uchinchi triadadagi oltita element platina gruppachasi metallari deyiladi.
Temir gruppachasi
elementlari
elektron konfigurasiyasi
kuyidagicha:
Temir gruppachasi elementlarining
atom og'irliklari, tabiiy barkaror
izotoplari, ularning nisbiy miqdori va
boshqa konstantalari kuyidagi jadvalda keltirilgan:
XOSSALARI
|
Fe
|
Co
|
Ni
|
Atom og'irligi
Yer pustlogidagi og'irlik prosenti
Atom radiusi
Ionlanish energiyasi J, (ekv. xisobida)
EQ2 ionining radiusi, A lar xisobida
EQ3 ionining radiusi,
Suyuqlanish xaroratsi
Normal elektrod potensiali Ye
Tabiiy barkaror izotoplari va ularning
nisbiy og'irlik prosenti
Solishtirma og'irligi
|
55.847
5.10
1.26
7.87
0.80
0.73
1539 С
-0.441в
(Те\Те2+)
54(5.84%)
56(91.86%)
57(2.17%)
58(0.31%)
7.86
|
58.9332
0.004
1.25
7.86
0.80
0.72
1495 С
-0.277в
(Со\Со2+)
59(100%)
8.76
|
58.713
8-10-3
1.24
7.64
0.79
1453 С
-0.25в
(Ni\Ni2+)
58(67.76)
60(26.16%)
61(3.66%)
62(3.66%)
64(1.16%)
8.90
|
Fe-Co-Ni qatorida elementning oksidlanish darajasi kamayadi: temirda oksidlanish darajasining maksimal kiymati +6ga yetadi:kobaltda faqat +3ga kadar, nikelda asosan +2 (va bazan +3) ga kadar bo'ladi. So vaNi ning Q4 valentli xolatlari nixoyatda bekaror. Ularning uchalasi xam kulrang metall bo'lib, rangdor ionli birikmalar xosil qiladi. Ularning turli komplekslari ma'lum. Kompleks birikmalarda bu elementlarning koordinasion sonlari 4 va 6 ga tengdir. Bu elementlarning normal elektrod potensiallarining manfiy kiymatlari Ђe dan Ni ga utganda kamayadi. Fe, Co, Ni-kislorod bilan barkaror birikmalar xosil qiladi. Ularning kislorod bilan xosil qilgan birikmalarining barkarorligi Fe-Co-Ni qatorida chapdan ungga tomon bir oz kamayib boradi. Fe-Co-Nining Me(OH)2 va Me(OH)3 tarkibli gidroksidlari usha metallning tuzlari eritmasiga ishqorlar va oksidlovchilar ta'siridan xosil qilinadi. Fe-Co-Ni nitridlar, umuman unchalik barkaror emas. Bulardan eng barkarori Fe nitriddir. Fe-Co-Ni ning karbidlaridan (Fe3C, Co3C, Ni3C) Fe3C, ya'ni sementit, chuyan va pulatning tarkibiy qismini tashqil qiladi. Umuman bu uch metallning karbidlari metall karbidlar deyiladi. Fe ning ikkita karbidi bor, biri Fe2S ikkinchisi Fe3S. Fe2S bekaror modda, u tezda parchalanib Fe3S ga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |