G‘ovak temir olish jarayonlari turli agregatlarda: shaxtali, quvurli, tunnelli, mufelli, yallig‘ qaytaruvchi, elektr isitish pechlarida, davriy harakatli retortlarda, konveyerli mashinalarda, qaynovchi qatlamli reaktorlarda va b.larda gazsimon yoki qattiq tiklagichdan foydalanish bilan mo'tadil haroratlarda amalga oshiriladi. Ba'zida bu agregatlar komplekslarga birlashtiriladi, ular, ko‘pincha, suyuq metall (cho‘yan yoki po‘lat) olish uchun elektropechlar (elektrodomnali yoki yoyli) bilan birlashtiriladi.
G‘ovak temir, ko‘pincha, po‘lat temir-tersakka yuqori darajali toza qo‘shimcha sifatida, shuningdek, temir-tersakning tanqisligi yoki narxi yuqoriligi uchun uning o‘rnida qo‘llaniladi. Lekin, temir-tersak narxining oshishi g‘ovak temirga bo‘lgan qiziqishning asosiy sababi bo‘la olmaydi. Domnali ishlab chiqarishning va po‘lat temir-tersak yetkazish quvvati yetarlicha bo‘lmagan davlatlarda unga bo‘lgan bir xil talab seziladi. Yevropaning sanoati rivojlangan davlatlarida, Yaponiya va AQSHda g‘ovak temir metall ishlab chiqarishda kam rol o‘ynaydi, bunda temir rudasi, po‘lat temir-tersak va qattiq yoqilg‘i ancha arzonligicha qolmoqda, bu g‘ovak temir ishlab chiqarishga qaraganda, juda past xarajatlarda cho‘yan ishlab chiqarilishini ta'minlamoqda. G‘ovak temir ishlab chiqarish uchun ishlayotgan, qurilayotgan va loyihaviy qurilmalarda foydalaniladigan asosiy jarayonlar shaxta pechlarini qo‘llashda jarayonlar (asosan, Midreks, XiL –III jarayonlari) va davriy harakatli retort (XiL- I, XiL-II) hisoblanadi. Aylanma pechlar va qattiq yoqilg‘idan foydalanishda jarayonlar (SL-RN, Krupp-Ayzenshvam, Kavasaki va b.) oxirgi yillarda, asosan, domna pechlarda foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan, rux, qo‘rg‘oshin va b. aralashmalar hamda kompleks temir rudalari (titan, xrom, nikel, marganes va b.ga boy bo‘lgan) mavjud metallurgik qoldiqlar – changlar va shlamlarni qayta ishlashda sanoatda qo‘llanilishga ega bo‘ldilar. Bevosita tiklashning jahon amaliyotida Midreks va XiL jarayonlarining ko‘p rivojlanganligi ularning eng yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asoslangan (1.1-jadval).