Metallangan mahsulot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari metallanish jarayoni, uglerod va zararli aralashmalar miqdori hisoblanadi. Metallanish jarayoni metalli temirning umumiy temirga nisbatiga teng: ηmet =Femet/Feumum, 100%.
Po‘latni eritish uchun mo‘ljallangan g‘ovak temir uchun: ηmet =87-97%. Metallanishning past darajasi (87-89%) fosfori yuqori bo‘lgan rudalardan foydalanishda va g‘ovak temirni eritish jarayonida fosforsizlantirishda shlakning kerak bo‘lgan oksidlanishini olish uchun qo‘llaniladi.
Amaliyotda aniqlanishicha,elektropechlarning yuqori quvvatli transformatorlaridan foydalanish devor va gumbazlar qoplamasini elektr yoylar ta'siridan saqlash maqsadida metallangan okatishlarni eritish uglerodni oksidlash reaksiyalari hisobiga shlakni ko‘pirtirish bilan birga kechadi. Bunda metall vannasida shlakli qatlam qalinligi to‘rt-besh martaga ortadi va elektr yoylarni ekranlaydi. Vannaga gazsimon kislorodni puflab, shunday shlakli qatlam hosil qilish mumkin, u bo‘lmagan holatda esa oksidlangan okatishlarni qo‘shish yoki metallanish darajasi past bo‘lgan metallangan okatishlarni qo‘llash mumkin. Bunday texnologiya birmuncha vaqt OEMKda qo‘llanildi, biroq, bu eritishda elektroenergiyaning yuqori sarflanishiga olib keldi.
Hisoblashlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, metallanish darajasining 90% dan 94% ortishi bilan 1 t metall eritishga elektroenergiyaning solishtirma sarfi metallanish jarayonining har bir foiziga taxminan 18kVt∙s tashkil etadi.
Po‘lat olish uchun mo‘ljallangan metallangan mahsulotdagi uglerodning maqbul miqdori metallangan okatishlarning temir oksidlarini tiklashgacha va metallni talab qilingan chegaralarda uglerodlashgacha yetarli bo‘lgan miqdor hisoblanadi. Bu po‘latning ahamiyatli markalarini eritishda muhimdir, chunki okatishlar uglerodini boshqa uglerodlovchilar, ayniqsa, koksning uglerodi bilan taqqoslaganda, unda zararli aralashmalar mavjud emas. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda tabiiy gazdan olingan uglerod narxi koks uglerodiga qaraganda ancha past narxda.
Ayrim holatlarda g‘ovak temirda uglerodning ko‘p miqdori (3,5% gacha) bo‘lishi maqbuldir. G‘ovak temirni eritish vaqtida kislorod bilan uglerodning 3% yondirish 50 kVt∙s/t suyuq po‘latni tejash imkonini beradi. OEMK metallash qurilmalarida buyurtmachining talablari bo‘yicha uglerodning 0,5-2,0 miqdorida metallangan okatishlar olinadi.
Po‘latni eritishda ishlatiladigan g‘ovak temir bo‘laklari yirikligi 3-50 mm chegaralarda bo‘ladi.
Metallangan okatishlarni eritish vaqti τpl ular o‘lchamining R kvadratiga to‘g‘ri proporsional: τpl =AR2, bunda A- doimiy miqdor.
Okatishlarning o‘rtacha o‘lchami kamayishi bilan, masalan, 12 mm dan 10 mm gacha, erish vaqti deyarli 1,5 martaga kamayadi, bu shubhasizki, elektropechlar unumdorligida seziladi, chunki OEMK elektropechlari transformator quvvati bo‘yicha katta zahiraga ega. G‘ovak temirning tuyilma zichligi (zarralar massasining uning tashqi yuzasi bilan cheklangan hajmiga nisbati) ham okatishlarning erish darajasi tezligiga ta'sir etadi va, odatda, zichlik ortishi bilan erish tezligi oshadi. Tuyilma zichlik material g‘ovakligiga bog‘liq, u 50-60% tashkil etadi va dastlabki materiallar g‘ovakligi bilan tiklash natijasida oksidlar hajmi kamayishi yuzaga kelgan. Yuqori darajali g‘ovaklik g‘ovak temirning issiqlik o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, bu Lebedinsk okatishlari uchun 20 ºC dan 100 ºC gacha qizdirishda 1,6 dan 1,0 Vt/(m∙K) gacha o‘zgaradi. Yanchishda metallangan okatishlarning mustahkamligi kuydirilgan okatishlarning xususiyatlariga va shaxta pechlaridagi tiklash haroratlariga bog‘liq, odatda u 500- 1500 N/okatish chegaralarda bo‘ladi. Avval aniqlanganidek, kislorodning temir bilan o‘zaro harakati suv ishtirokida tezroq o‘tadi (zanglash):
Fe+H2O+ 1/2O2 =Fe(OH) 2 +9300 kJ/kg.
Ushbu jarayon reaksiyasi mahsulotlari g‘ovak bo‘ladi va keyingi zanglashdan himoyalashga xizmat qilmaydi. 1 t temirni oksidlashga 0,2 kg kislorod kerak bo‘ladi, u 0,753 azot va 0,4 m3 suv bug‘i bilan kiradi. Namlik bug‘lanishi, azot va okatishlar qizishi hisobga olinsa va issiqlik talafoti hisobga olinmasa, unda 1% Fe ni oksidlashda tizim 60ºCga qizdirilishi lozim. Agar material taxlamiga suv tushsa, unda okatishlar qiziy boshlaydi, natijada metallangan materiallar orqali havo toki hosil bo‘ladi va oksidlash ko‘lami okatishlarni qizdirib (odatda, pastdan yuqoriga), oqim borishi bo‘ylab siljiy boshlaydi. Bu holatda kimyoviy reaksiya issiqligi faqat havo azotini qizdirishga sarflanadi, shuning uchun qatlam harorati doim oshib boradi.Biroq, bu jarayon okatishlarning tashqi ochiq yuzasi orqali issiqlik talafotlari bilan va namlikning ortiqcha miqdori bug‘lanishiga kuchsizlanadi. Okatishlar massasi qancha ko‘p bo‘lsa va taxlam balandligi qancha yuqori bo‘lsa, okatishlar qizishi uchun shuncha qulay sharoit bo‘ladi, chunki issiqlik qaytishi yuzasi kamayadi va oksidlash ko‘lamining siljish yo‘li ortadi, ya'ni, ular oldidagi to‘planish oshadi.
OEMKda o‘tkazilgan ishlar va tadqiqotlar tajribasidan metallangan okatishlarni ko‘p oksidlamasdan va yondirmasdan tashish va saqlash bo‘yicha ma'lum qoidalar ishlab chiqildi.
Okatishlarni temir yo‘l transporti bilan tashishni ochiq yarim vagonlarda va okatish tashigichlarda amalga oshirish mumkin. Faqat quruq okatishlardan foydalanilganda, ular yopiq xopperlarda tashiladi. Agar okatishlar yo‘lda yog‘ingarchilikka duch kelsa va yuza qatlamda namlik miqdori > 5% bo‘lsa, unda nam okatishlarni quruqlaridan ajratib olish va ≤10 m balandlikdagi taxlamga alohida joylash lozim bo‘ladi. Bu materialdan tabiiy yo‘l bilan namlik chiqarilgach, uni quruq mahsulotga ≤10 % miqdorda qo‘shib, po‘lat eritish pechlarida foydalanish mumkin.
Metallangan okatishlarni saqlash uchun zich yopiladigan bunkerlardan, alohida ajratilgan omborxonalardan, ochiq yoki ayvon bilan jihozlangan maydondan hamda har xil mayda taradan (konteynerlardan ) foydalanish mumkin. Okatishlarni uzoq saqlashni zichlangan bunkerlarda inertli atmosfera ostida yoki tabiiy shamollatishli yopiq omborxonalarda amalga oshirgan ma'qul. Ochiq maydonlarda okatishlarni uzoq saqlash mahsulot sifati saqlanishini kafolatlamaydi.