Mundarija Kirish Nazariy qism



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə9/17
tarix12.09.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#142854
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
G\'OVAK TEMIR OLISH USULLARI

II. Texnologikqism.

2.1. XiL-III jarayonida g’ovak temir olish jarayonining umumiy tavsifi.

Dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan g‘ovak temirning taxminan 25% XiL usuli bo‘yicha ishlaydigan bevosita tiklash qurilmalarida olinadi.
Energiyaning nisbatan yuqori darajadagi solishtirma sarfiga (17-19 GJ) bog‘liq holda, retortali davriy harakatlanuvchi qurilmalar 1980 yildan boshlab XiL- III usuli bo‘yicha uzluksiz harakatli qurilmalar bilan almashtirila boshlandi. Bunda XiL- I jarayonining tekshirib ko‘rilgan qoidalari va komponentlari saqlanib qolindi, masalan, tiklovchi-gaz olish usuli, uni vodorod bilan boyitish hamda yuqori bosim va yuqori harorat sharoitlarida tiklash jarayonini olib borish.
Hozirgi vaqtda Meksikada XiL usuli bo‘yicha umumiy quvvati 3mln.t/yil bo‘lgan shaxta pechili uchta qurilma ishlamoqda.
XiL usuli bo‘yicha shaxta pechida temir tarkibli material sifatida har xil navli okatishlarni va okatishlarning bo‘laklangan rudali aralashmalarini qayta ishlash mumkin.
HYL (XiL) jarayonida zavodlarda qo‘llaniladigan temir rudali materiallar kimyoviy tarkibi bo‘yicha namunaviy chegaralar quyidagicha:

Fe umum .................... ...................................................65-69%


Bo‘sh jinslar................................................................1,4-7,0%
R..................................................................................0,01-0,1%
S.................................................................................0,001-0,05%
(SiO2 + Al2 O3)............................................................1,1-4,0%
(CaO+ MgO)...............................................................0,1-3,0%
(Na2O+K2O)...............................................................0,05-0,2%
CaO/ SiO2 ...................................................................0,02-1,5
Eng ko‘p foydalaniladigan temir rudalari va okatishlarning kimyoviy tarkibi 2.1-jadvalda keltirilgan.
Shaxta pechining o‘ziga xlos xususiyati shundaki, bunda gaz bosimi kirishda 5,5∙105 Pa ga yetishi mumkin (4.26-rasm). Shuning uchun bosimi pechdagi bosimga teng bo‘lgan yuklash bunkeriga materiallar beriladigan shlyuzlar tizimi talab etiladi. Materiallar yuklash bunkeridan to‘rtta vertikal quvur orqali to‘kilmaning uzluksiz pasayadigan yuzasi bo‘ylab taqsimlanadi. 930ºC gacha qizdirilgan tiklagich-gaz halqali olovbardosh kanal orqali tiklash zonasiga puflanadi. Tiklash qarama-qarshi oqimda bajariladi. Pechdan chiqishda koloshnikli gaz 400-450ºC haroratga ega bo‘ladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin