8-amaliy mashg’ulot molekulyar kislorod bilan gaz fazada oksidlash uchun qo‘llaniladigan reaksion jixozlar. Gaz fazada gomogen reaksiyalarni olib boriladigan reaktorlar. Etan va kisloroddan etilen olish reaktori



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix23.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#120706
  1   2   3   4   5
8-AMALIY MASHG’ULOT



8-AMALIY MASHG’ULOT 
Molekulyar kislorod bilan gaz fazada oksidlash uchun qo‘llaniladigan 
reaksion jixozlar. Gaz fazada gomogen reaksiyalarni olib boriladigan 
reaktorlar. Etan va kisloroddan etilen olish reaktori. Gaz-suyuqlik sistemalari 
uchun reaktorlar. Akrilonitril ishlab chiqarish ryeaktori 
 
Gaz fazada oksidlash jarayonlari uchun reaksion jixozlari 
Gaz faza oksidlash reaktorlarini konstruksiyalashdagi asosiy masala-bu issiqlikni 
bartaraf etish muammosidir. Jarayonning yuqori ekzotermikligi bilan kichik 
qiymatga ega ekanligi ushbu muommoni suyuq fazada oksidlashga nisbatan ancha 
jiddiy ekanligini ko‘rsatadi.
Oksidlash bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi jarayonlarni kislorod yoki havo 
etishmaganda olib borish uchun issiqlik almashtirgich moslamasi bo‘lmagan 
adiabatli reaktorlarni qo‘llash mumkin. Bunday sistemalarda ortiqcha olingan 
reagent ajralayotgan issiqlikni o‘ziga qabul qiladi, negaki issiqlik balansi shartida 
ko‘pincha xomashyo reagentini ma’lum xaroratgacha qo‘shimcha isitish talab 
etiladi. Adibat reaktorlarga avvaldan tayyorlangan xom ashyo moddalar 
aralashmasini yuborish yoki uglevodorod va kislorodni (yoki havo) alohida kiritish, 
jumladan oksidlovchini reaktor balandligi bo‘yicha bir nechta joydan berish 
mumkin. Bunda joylarda isib ketishni oldi olinadi (xaroratni ko‘paytirishni (1-rasm). 
Geterogen katalitik jarayonlarda bunday reaktorlarda katalizator bir nechta qatlam 
bilan joylashtiriladi, qatlamlar orasiga qo‘shimcha havo (yoki kislorod) kiritiladi. 
Ortiqcha issiqlikni chiqarish uchun reaktorga suv purkash mumkin, uning bug‘lari
oksidlash mahsulotlari tarkibida bo‘ladi. 
Gaz fazada oksidlash uchun issiqlikni turli xil sovutish vositalari yordamida 
chiqaruvchi trubali reaktorlar keng qo‘llaniladi (1-rasm, b). Reaktorning trubalariga 
geterogen katalizator joylashtiriladi va ular bo‘ylab yuqoridan pastga tomon 
reaksiya aralashmasi harakat qiladi. Trubalar orasida suyuq sovutish vositasi 
bug‘lanadi. Sovutish vositasi sifatida simob, tuzlar suyuqlanmasi bosim ostidagi suv 


kondensatidan foydalaniladi. Issiqlikni chiqishni tezlashtirish va katalizatorni isib 
ketishi va bir biriga
yopishib qolishini oldini olish uchun trubalar diametri 
aslida 25-50 mm kattalikda bo‘lishi kerak. Trubali reaktorlarning afzalligi: reaksiya 
issiqligini samarali chiqarilishi va oksidlash xaroratini keng qiymatlarda boshqarish 
imkoniyatiga ega ekanligida. Shu bilan bir qatorda reaksiya xajmi trubali 
reaktorning umumiy o‘lchamini juda kam qismini tashkil etadi, xarorat esa trubaning 
uzunligi va diametri bo‘yicha deyarli bir xil bo‘lmaydi. 
1-rasm. Molekulyar kislorod bilan gaz fazada oksidlash uchun qo‘llaniladigan 
reaksion jixozlarning turlari: A-adibat reaktor; b-trubali reaktor; v-qo‘zg‘aluvchvn 
qatlamli geterogen katalizatorli reaktor. 
Trubali reaktorlardagi ko‘rsatilgan kamchiliklar tufayli keyingi paytlarda 
sanoat miqiyosida qo‘zg‘aluvchan qatlamli geterogen katalizatorli oksidlash 
reaktorlarini yaratish taqazo etdi. Ushbu reaktorlar kreking jarayonlari uchun 
mo‘ljallangan jixozlarga o‘xshaydi, lekin ularda regeneratorlar bo‘lmaydi, chunki 
oksidlash katalizatorning tez dezaktivlanishi sodir bo‘lmaydi. Bunda reaktor (1-
rasm, v) taqsimlovchi panjara yoki perforirlangan trubalar bilan ta’mirlangan bo‘lib, 
ular xomashyo moddalarni kiritishga mo‘ljallangan. Shuningdek, reaktor sovutish 
trubalari va siklonlar bilan ham ta’mirlangan. Olib ketilgan katalizator zarrachalarini
ushlab qolish uchun, xom ashyo reagentlarni aralashma xolida yoki aloxida kiritish 
mumkin. Qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli reaktorlar ishlab chiqarish quvvati 
bo‘yicha trubali reaktorlardan ustundir, ulardagi umumiy hajm to‘liq foydalaniladi, 


reaksiya issiqligini chiqarishning yaxshi imkoniyatlari mavjud va barcha ishchi 
muxitida bir xil xaroratni yaratish mumkin. Bir xil xaroratni yaratilishiga sabab 
shundan iboratki, qo‘llaniladigan katalizator ham issiqlik tashuvchi, hamda 
reaktorda doimiy aylanish hisobiga jixozdagi issiqlik oqimini sharoitini tekislovchi 
vazifasini bajaradi. Biroq, shu sababga ko‘ra reaksiya massasining sezilarli darajada 
yaxshi aralashishni sodir bo‘lishi kuzatiladi, bu esa konversiya darajasini va jarayon 
selektivligini pasayishiga olib keladi. Ushbu kamchilikni bartaraf qilish uchun 
reaktorlar kaskadidan (bunda har bir bosqichdan keyin tayyor mahsulotni ajratish 
mumkin bo‘ladi) yoki seksiyalarga bo‘lingan reaktorlardan foydalanish tavsiya 
etilgan. Seksiyalangan reaktorlar balandligi bo‘ylab bir nechta taqsimlovchi 
panjaralar orqali bir nechta qismlarga (seksiyalarga) bo‘linadi. 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin