Internetda ishlash asoslari va elektron pochta



Yüklə 4,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/31
tarix22.12.2023
ölçüsü4,28 Mb.
#190018
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta



III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
76
III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA 
ELEKTRON POCHTA 
O‘QUV MAQSADI
Bu bobda Siz:
Internetning asosiy tushunchalari;
brauzer dasturlari va qidiruv 
tizimlarining farqlari;
Internetda ma’lumotlarni izlash 
usullari;
axborotlarning ishonchliligini 
aniqlash;
axborotlarni izlash madaniyati;
mualliflik huquqlari masalalari va 
mualliflik huquqi litsenziyalari;
fishing, bulling, firibgarlik kabi 
internet xavf-xatarlari;
Internetga tobelik va uni bartaraf 
etish yo‘llari;
elektron pochta va uning 
imkoniyatlarini bilib olasiz.
KO‘NIKMA
VOSITALAR
Google Chrome
Internet Explorer
Bob yordamida Siz:
brauzer dasturlari orqali axborotlarni qidirish;
qidiruv tizimlari bilan ishlash va ularda axborot 
qidirish;
Internetdagi ma’lumotlarni saqlab olish;
grafik, audio va videoma’lumotlarni izlash va yuklab 
olish;
elekron pochta qutisini yaratish;
elektron pochta orqali xabar almashish;
Internet xavf-xatarlaridan saqlanishni bilib olasiz.


77
TAYANCH TUSHUNCHALAR
17-dars. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI
Insonlarning kompyuterlararo ma’lumot almashish ehtiyoji Internetning yaratilishiga sabab 
bo‘ldi. Internet turli yangiliklarni о‘qish, ma’lumotlarni olish, manbalardan foydalanish, elektron 
kutubxonalar va dunyodagi eng yirik muzeylar kataloglarini kо‘rib chiqish, internet-dо‘konlardan 
mahsulot xarid qilish, onlayn konferensiyalar о‘tkazish, radio va telekanallarni onlayn kо‘rish, 
shuningdek, ularning yozib olingan arxiv yozuvlari bilan tanishish imkonini berdi.
Asosiy tushunchalar
Ikki yoki undan ortiq kompyuterning simli yoki 
simsiz bog‘lanishi 
kompyuter tarmog‘i
deb 
ataladi. Eng katta kompyuter tarmog‘i bu – 
Internetdir. 
1983-yil 1-yanvardan boshlab ARPANET 
(axborot uzatishni tadqiq qiluvchi agentlik) 
о‘zining zamonaviylashtirilgan, barcha 
tarmoqlar bilan aloqa o‘rnata oluvchi va Internet 
deb nomlanuvchi tarmoq apparat hamda 
dasturiy ta’minotini ishga tushirdi.
Internet
dunyoning bir nuqtasidan 
ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini 
beruvchi, yagona standart asosida faoliyat 
yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari 
majmui. 
Internetdan kompyuter, mobil qurilma, televizor, 
avtomobil, о‘yin konsoli, musiqa markazlari 
va boshqa qurilmalar orqali foydalanish 
mumkin. Internet ma’lumot almashish imkonini 
beruvchi axborot makoni bо‘lib, u dunyo bо‘ylab 
millionlab kompyuterlarni birlashtiradi. 
ARPANET 
(Advanced Research Projects 
Agency Network)
– 1969-yilda yaratilgan, 
ma’lum bir masofada joylashgan to‘rtta 
kompyuterni ulash imkonini beruvchi birinchi 
kompyuter tarmog‘i.
Internet 
(
Inter
connected 
Net
works) – 
“birlashgan tarmoqlar” so‘z birikmasining 
qisqartmasi.
Provayder 
(ingl. yetkazib beruvchi)
– 
Internetga ulanish va u bilan bog‘liq boshqa 
xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot.
WWW 
(
W
orld 
W
ide 
W
eb – butun jahon 
o‘rgimchak to‘ri)
– Internet orqali foydalanish 
mumkin bo‘lgan veb-sahifalar majmui.
Modem 
– telefon tarmog‘i, kabelli 
televideniye va radioaloqani о‘z ichiga olgan 
aloqa kanallari orqali signallarni uzatish va 
qabul qilish uchun kompyuterga ulangan 
qurilma.
Butunjahon Internet tarmog‘iga ulanish uchun 
provayder
deb nomlangan kompaniyalardan 
foydalaniladi. Shuningdek, bunday kompaniyalar 
Internetga uyali telefonlar orqali ulanish 
imkonini ham beradi. Buning uchun aloqa kanali 
va modem kerak bо‘ladi. 

Yüklə 4,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin